Viivi Luik
Viivi Luik | |
---|---|
Tavalludi |
6-noyabr 1946-yil |
Ijod qilgan tillari | eston tili |
Fuqaroligi | SSSR Estoniya |
Turmush oʻrtogʻi | Jaak Jõerüüt |
Viivi Luik (6-noyabr 1946-yil, Tänassilma, Harju) — estoniyalik yozuvchi va shoira. Estoniya SSRda xizmat koʻrsatgan yozuvchi (1986).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viivi Luik 1946-yil 6-noyabrda Tänassilma qishlogʻida ishchi oilasida tugʻilgan[1]. Dastlab Tänassilma qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda, Kale (Rõngu volosti) qishlogʻidagi oʻrta maktabda va Tallinda sirtqi oʻrta maktabda oʻqigan. 1965-yildan 1967-yilgacha Tallinda kutubxonachi va arxivchi boʻlib ishlagan[1]. Uzoq vaqt xorij mamlakatlarida (Finlyandiya, Germaniya, Latviya, Shvetsiya) boʻlganini hisobga olmaganda 1967-yildan bu yerda yashab, professional yozuvchi boʻlib faoliyat olib borgan. 1990-yillarda adabiy faoliyati uchun turli stipendiyalar olgan. Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti laureati (1976, 1977, 1983, 1986). Madaniyat sohasidagi Estoniya milliy mukofotlari laureati (1992, 2011, 2019).
Sheʼriyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1962-yilda Viivi Luikning birinchi sheʼrlari tuman gazetasida nashr etilgan. 1965-yilda uning birinchi sheʼrlar toʻplami „Pilvede püha“ („Bulutlar bayrami“) „Yosh mualliflar 1964“ nashriyotida nashr etiladi[2]. Undan keyin boshqa koʻplab toʻplamlari ham chiqa boshlaydi. 1970-yildan Estoniya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Qirq yoshida 400 ga yaqin sheʼr yozgan. 1988-yilda Juhan Smuuli nomidagi Estoniya SSR adabiyot mukofoti bilan taqdirlangan. 1992-yilda madaniyat boʻyicha Estoniya davlat mukofotiga sazovor boʻladi.
Prozasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1985-yil bahorida uning stalinizm davridagi bolaligini samimiy tilda tasvirlangan „Seitsmes rahukevad“ („Yettinchi tinch bahor“) debyut lirik-psixologik romani nashr etiladi[3]. Roman 10 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va yozuvchini Estoniyadan tashqarida ham mashhur qilgan. Olti yil oʻtgach, Viivi Luik oʻzining „Ajaloo ilu“ („Tarix goʻzalligi“) ikkinchi romanini nashr etadi[1]. Ushbu roman yosh eston ziyolilarining 1968-yildagi Praga bahori voqealariga boʻlgan munosabatiga bagʻishlangan[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1974-yilda Viivi Luik estoniyalik yozuvchi va siyosatchi Jaak Jõerüüt (1947-yilda tugʻilgan) bilan turmush qurgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viivi Luik 10 ta sheʼriy toʻplam, 3 ta roman nashr etgan, shuningdek, esselar, radiopyesalar va bolalar kitoblari muallifi.
- „Pilvede püha“ (sheʼrlar toʻplami, 1965)
- „Taevaste tuul“ (sheʼrlar toʻplami, 1966)
- „Hääl“ (sheʼrlar toʻplami, 1968)
- „Lauludemüüja“ (sheʼrlar toʻplami, 1968)
- „Ole kus sa oled“ (sheʼrlar toʻplami, 1971)
- „Pildi sisse minek“ (sheʼrlar toʻplami, 1973)
- „Leopold“ (bolalar kitobi, 1974)
- Rus tilida: „Leopold“ (1978)
- „Salamaja piir“ (hikoya, 1974)
- „Vaatame mis Leopold veel räägib“ (bolalar kitobi, 1974)
- „Põliskevad“ (sheʼrlar toʻplami, 1975)
- „Leopold aitab linnameest“ (bolalar kitobi, 1976)
- „Luulet 1962—1974“ (antologiya, 1977)
- „Maapäälsed asjad“ (sheʼrlar toʻplami, 1978)
- „Tubased lapsed“ (bolalar kitobi, 1979)
- Rus tilida: „Domashniye deti“ (1985)
- „Rängast rõõmust“ (sheʼrlar toʻplami, 1982)
- „Kõik lood Leopoldist“ (bolalar kitobi, 1984)
- Rus tilida: „Vse rasskazi o Leopolde“ (1984)
- „Seitsmes rahukevad“ (roman, 1985)
- Rus tilida: „Sedmaya mirnaya vesna“ (1988)
- „Kolmed tähed“ (bolalar kitobi, 1987)
- „Ajaloo ilu“ (roman, 1991)
- Rus tilida: „Krasota istorii“ (1992)
- „Inimese kapike“ (esse, 1998)
- „Maa taevas: luulet 1962—1990“ (antologiya, 1998)
- „Elujoon: valitud luuletused 1962—1997“ (antologiya, 2005)
- „Kõne koolimaja haual. Artiklid ja esseed 1998—2006“ (esse, 2006)
- „Varjuteater“ (roman, 2010)
- „Ma olen raamat“ (esse, 2010); Xedi Rosma bilan hammualliflikda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „БИОГРАФИЧЕСКАЯ СПРАВКА О ВИЙВИ ЛУЙК“ (2023-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 28-may.
- ↑ Merilai, A. (2013). "Of Hard Joy: Half a Century of Viivi Luik's Creations. Poetry". Interlitteraria 18: 211–225. doi:10.12697/IL.2013.18.1.15. http://ojs.utlib.ee/index.php/IL/article/download/IL.2013.18.1.15/993.
- ↑ Cornelius Hasselblatt: Viivi Luik und der 'Siebte Friedensfrühlingʻ. — baltisches jahrbuch (1986), S. 227—236
- ↑ Cornelius Hasselblatt: Kann Geschichte schön sein? Zur Konstruktion von Vergangenheit in zwei Romanen Viivi Luiks. — Nordost-Archiv. Zeitschrift für Regionalgeschichte. NF VIII (1999), S. 419—433