Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:2020-yilgi Turkiy tillar vikimarafoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2020-yilgi Turkiy tillar vikimarafoni
1-iyun-30-iyun 2020-yil

Loyihaning xalqaro asosiy sahifasiga kirish uchun bosamiz


2020-yilgi Turkiy tillar vikimarafoni, 2020-yil 1-iyun — 2020-yil 30-iyun kunlari tashkillashtiriladigan xalqaro loyiha. Maqsad — Vikipediyaning turk tillarida soʻzlashadigan mamlakatlarida ushbu mamlakatlar va ularning madaniyati haqida maqolalar yaratish va Turkiy tillarida soʻzlashadigan Vikipediyachilar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash. Belgilangan sanalarda eng koʻp ball toʻplagan vikipediyachilar hakamlar hay’ati tomonidan taqdirlanadi. Oʻzbekcha Vikipediyaga oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan har kim oʻz ismini quyidagi ishtirokchilar roʻyxatiga qoʻshishi mumkin. Omad tilaymiz!


Quyidagi bayroqlarni bosish orqali siz yaratilishi kerak boʻlgan maqolalar roʻyxatiga oʻtasiz.
Izoh: Quyidagi roʻyxatda yaratilishi kerak boʻlgan maqolalar keltirilgan.


Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan va yaxshilangan maqolalar roʻyxati
Tanlovda ishtirok etish
  1. Sahifaning pastki qismidagi qatnashuvchilar roʻyxatiga ismingizni qoʻshing.
  2. Quyida keltirilgan mamlakatlar va xalqlarning madaniyati haqida oʻzbekcha Vikipediya maqolalarini yarating.
  3. Nomlarni bosish orqali siz yaratishni taklif qiladigan narsalar roʻyxatiga kirishingiz mumkin.
  4. Roʻyxatdagi narsalar takliflardir; roʻyxatda boʻlmagan boshqa narsalar haqida ham yaratishingiz mumkin. Iltimos maqolalaringiz ensiklopedik ahamiyatga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
  5. Yangi maqolani yaratish oʻrniga siz maʼlumot va manbalarni qoʻshish va rivojlantirish orqali tanlovga qoʻshilishingiz mumkin; ammo, faqat yozish, tahrirlash uslubi, andozalarni qoʻshish kabi hissalar tanlov doirasida baholanmaydi.
Mukofotlar
  • xxx
  • xxx
  • xxx
  • xxx
Tashkilotchilar & Hakamlar
Baholash
Har yaratilgan maqola: 30 ball
3000 baytdan keyin har qoʻshilgan 3000 bayt: 10 ball
Tegishli maʼlumotlar qutisini qoʻshish: 4 ball
3 ta qoʻshilgan manbadan keyin qoʻshilgan har bir manba: 2 ball
Qoʻshilgan har bir turkum: 1 ball
Rasm qoʻllanilgan har bir maqola: 10 ball
Maqolaga qoʻshilgan har bir rasm: 1 ball
Qoidalar
  1. Bu yerda sanab oʻtilgan maqolalar yaratilishi yoki kengaytirilishi kerak.
  2. 2020-yil 1-iyun 0.00 UTC va 2020-yil 30-iyun 23.59 UTC orasida yaratilgan va kengaytirilgan maqolalar hisobga olinadi.
  3. Tanlovda tashkilotchilar va hay’at aʼzolaridan tashqari har bir foydalanuvchi qatnashishi mumkin.
  4. Ishtirok etishni xohlaganlar istagan vaqtda qoʻshilishlari mumkin.
  5. Yaratilgan va kengaytirilgan maqolalar; vikipediya qonunlariga mos va manbalar keltirilgan holda yozilgan boʻlishi kerak.
  6. Loyiha davomida yaratilgan maqolalar kamida 3000 baytdan iborat boʻlishi kerak va mavjud maqolalar kamida 3000 bayt kengaytirilishi zarur..
  7. Yaratilgan maqolada kamida ikkita nufuzli manba boʻlishi kerak.
  8. Yaratilgan yoki qoʻshilgan roʻyxat, jadval, andoza yoki turkumlar tanlov doirasidan tashqaridadir.
  9. Loyihaga hissa qoʻshishning ikkinchi yoʻli rasmingizning Wikimedia Commonsga yuklanishidir. Yuklangan fotosuratlar albatta yuklangandan keyin tegishli maqolaga qoʻshilishi kerak. Bitta maqolaga keragidan ortiq qoʻshilgan fotosuratlar loyiha doirasida baholanmaydi. Agar Oʻikimedia Commonsga yuklangan surat boʻlsa va boshqa maqolalarda foydalanilmagan boʻlsa, u rasm baholanadi. Ushbu sohada eng koʻp hissa qoʻshgan foydalanuvchi xuddi shunday tarzda D&R sovgʻa kartasi bilan taqdirlanadi.
  10. Sovrinni birinchi usulda yutgan foydalanuvchi ikkinchi usulda yutib olishi mumkin.