Vikipediya:Adolat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Vikipediya inshosidir. U erkin uslubda boʻlib, Vikipediya qonun-qoidalariga mos ravishda yozilmagan boʻlishi mumkin.

Agar siz ushbu sahifaga tashrif buyurgan bo'lsangiz, bu Vikipediyadan adolat qidirayotganingizni anglatadi. Siz buni topdim deb hisoblayvering! Ushbu insho sizga qarshi qilingan barcha harakatlarni adolatli jazolashga, sizni qiziqtirgan barcha maqolalarni adolatli nuqtai nazarga olib kelishga va barcha nizolarni adolatli tarzda hal qilishga yordam bermasligi mumkin, biroq sizning vaziyatingizda nima qilish zarurligini tushuntiradi.

Vikipediya ochiq loyiha boʻlib, qarorlar munozara va kelishuv orqali qabul qilinib, oʻzini oʻzi boshqaradigan hamjamiyatdir. Ammo, bu Vikipediyani foydalanish orqali siz qabul qilingan barcha qarorlar bilan maʻqul bo'lasiz, degani emas. Ayrim vaziyatlarda siz boshqa foydalanuvchilarning xatti-harakatlari, Administratorlar, Hakamlik qo'mitasi va ba'zan butun bir jamoaning qarorlariga e'tiroz bildirasiz (ya'ni rozi bo'lmaysiz). Vaqt o'tishi bilan turli xil epizodlar jamlanib, ruhiy charchoqni keltirib chiqarishi mumkin, buning barchasi sizga koʻrina boshlaydi, barchasi sizga qarshi boʻlayotgandek tuyuladi. Barcha administratorlar va vositachilar sizga qarshi boʻlgan tomonni aniq qo'llab-quvvatlayotgandek boʻladi. Ular sizning barcha qoidabuzarliklaringizni diqqat bilan kuzatib borayotgandek va raqib tomoningizni shunga o'xshash qoida buzishlariga e'tibor bermasdan, qoʻsh-qoʻllashadi, uch va ba'zan to'rtta standartli - va umuman olganda, hamma sizning fikringizdan chalgʻitish, sizga tuhmat qilish va sizni loyihadan chetlatish uchun til biriktirayotgandek. Aslida, bunday ehtimollar, umuman bo'lmaydi. Buni bu tarzda qabul qilish sabablari juda oddiy: