Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Asosiy tushunchalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vikipediyada maqolalar oʻziga xos viki-sahifalarda joylashtiriladi. Har bir bunday sahifaning yuqori qismidan quyidagi tugmalar oʻrin olgan[1]:

Vikipediyadan foydalanish va maqolalarni tahrirlash tugmalari
  • Maqola[2]
  • Munozara
  • Mutolaa
  • Tahrirla
  • Tarix
  • Kirish
  • Hisob yaratish

Sahifaning chap yonidagi menyuda esa quyidagi tugmalar joylashgan:

"Bosh sahifa": oʻzbek vikipediyasining bosh sahifasi.
"Tasodifiy maqola": mavjud boʻlgan maqolalardan birini koʻrish.
"Yangi Maqolalar": eng soʻnggi yaratilgan maqolalar roʻyxati.
"Turkumlar": maqolalar har xil turkumlarga boʻlingan boʻlib, tartiblangan tizimni tashkil qilishadi.
"Maqolalar indeksi": maqolalar roʻyxati: A dan Ya gacha.
"Yordam": qidirish, tahrirlash, maqola yaratish uchun „tez yordam“.
"Yangi oʻzgarishlar": vikipediyada sodir boʻlgan eng soʻnggi oʻzgarishlar (tahrirlar).
"Qoidalar": barcha foydalanuvchi va ishtirokchilar amal qilishi shart boʻlgan qoida va yoʻllanmalar..
"Bu yerga ishoratlar": mutolaa qilinayotgan sahifaga bogʻlangan sahifalar roʻyxati. (Vikipediya sahifalari bir biriga ichki ishoratlar orqali bogʻlanadi).
"Bogʻliq oʻzgarishlar": mutolaa qilinayotgan sahifaga bogʻliq boʻlgan sahifalardagi oʻzgarishlar roʻyxati.
"Fayl yuklash": tasvir yoki media fayl yuklash sahifasi (koʻrsatmalar bilan).
"Maxsus sahifalar": maxsus xizmat sahifalari roʻyxati.
"Bosma uchun versiya": sahifaning bosma uchun qulay versiyasi (viki-asboblarsiz).
"Doimiy havola": sahifaning ayni paytda mutolaa qilinayotgan versiyasiga doimiy havola.

Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha imkoniyatlar[3]

[manbasini tahrirlash]

Sahifani kuzatuv roʻyxatingizga(-dan) qoʻshish/oʻchirishSahifani kuzatuv roʻyxatingizga qoʻshish/Sahifani kuzatuv roʻyxatingizdan oʻchirish: foydalanuvchi istalgan vikipediya sahifasini oʻz kuzatuvi ostiga olishi mumkin, shundan soʻng ushbu sahifada sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar uning „Kuzatuv roʻyxati“da aks topadi.
Izoh: Foydalanuvchi yaratgan yangi sahifalar avtomatik ravishda uning kuzatuv roʻyxatiga qoʻshiladi.


Koʻchirish“: sahifa nomini oʻzgartirish uchun ishlatiladi. Ochilgan oynada sahifaning yangi nomi va nom oʻzgartirish sababi koʻrsatilishi lozim. Barcha maʼlumotlar yangi nom ostidagi sahifaga oʻtkaziladi, eski nom ostidagi sahifadan unga yoʻnaltirish (REDIRECT) yaratiladi.

Foydalanuvchi sahifangiz“ va „Suhbat sahifangiz“ (Login va Suhbatim tugmalari): har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchiga ikkita maxsus sahifa taqdim etiladi:

  • shaxsiy sahifa (ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar uchun);
  • munozara sahifasi (lohiya doirasida boshqa ishtirokchilar bilan suhbatlashish uchun).

Moslamarim“:

Kuzatuv roʻyxatim“:foydalanuvchi kuzatuvi ostidagi sahifalardagi soʻnggi oʻzgarishlar roʻyxati.

Hissam“:foydalanuvchi yaratgan maqolalar (sahifalar) va roʻyxatdan oʻtgandan boshlab qilgan barcha tahrirlar roʻyxati.

  1. Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar uchun qoʻshimcha tugmalar mavjud.
  2. Qaysi nomfazodagi sahifa mutolaa qilinayotganiga qarab, bu joyda Andoza, Turkum, Fayl, Vikipediya, Portal, Foydalanuvchi tugmalaridan biri boʻlishi mumkin.
  3. Administratorlarda bir necha maxsus imkoniyatlarga ega: batafsilroq bu yerda oʻqing