Vikipediya:Besh ustun
Qiyofa
(Vikipediya:BESHUSTUNdan yoʻnaltirildi)
Vikipediyaning asosiy prinsiplarini quyidagi beshta ustun orqali ifoda etish mumkin:
Vikipediya ensiklopediyadir: u oʻz ichiga umumiy va maxsus ensiklopediya va almanaxlar xususiyatlarini oladi. Vikipediya betartib axborot uyumi emas.Vikipediyaga faqat aniq ensiklopedik maqolalar yigʻilishi zarur. | ||
Vikipediya betaraf nuqtai nazarga egadir: yaʼni, Vikipediya maqolalarida biror bir nuqtai nazar himoya qilinmaydi. Agarda bir masala xususida koʻpgina nuqtai nazarlar mavjud boʻlsa, biz ularning barchasini keltirib oʻtamiz, ammo birortasiga yon bosmaymiz. Bunda mavzuga aloqador obroʻli manbalarga ishoratlar keltirish zarur. Agar biror bir maqolaning betarafligi yuzasidan bahs paydo boʻlsa, bu haqda oʻsha maqolaning munozara sahifasida fikrlar aytib oʻtilishi kerak. | ||
Vikipediya erkindir: yaʼni, Vikipediyani ishlatish bepuldir, bunda uni istalgan shaxs tahrir qilishi mumkin. Barcha matnlar GNU Free Documentation License (GFDL) ostidadir va tegishli tarzda nusxalanishi hamda tarqatilishi mumkin. Vikipediya maqolalariga bir kishi xoʻjayin boʻla olmaydi; siz yozgan maqola keyinchalik boshqalar tomonidan beayov tahrir qilinishi mumkin. Vikipediyaga mualliflik huquqlarini buzuvchi yoki GFDL'ga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar qoʻshmang. | ||
Vikipediyada odob-axloq qoidalari mavjuddir: Vikipedist birodarlaringizni hurmat qilingiz, garchi siz ular bilan baʼzi masalalarda chiqishmasangiz ham. Muloyim boʻling. Birovga nisbatan shaxsiy adovat, kin, gʻaraz saqlamang. konsensusga kelishing; tahrir urushlaridan saqlaning; boshqa foydalanuvchilar bilan orani ochiq qilishga vaqt sarflab oʻtirmang, yodda tutingki, Oʻzbek Vikipediyasida atigi 292 913 ta maqola bor, va biz hali koʻp mehnat qilishimiz kerak. Yaxshilikni koʻzlab ish tuting, birovlardan ezgu niyat kuting. Ochiq va mulozamatli boʻling. | ||
Vikipediyaning shu besh ustundan boshqa qoidalari yoʻqdir: bu yerda keltirilgan besh qoidadan boshqalariga koʻpda eʼtibor beravermang. Maqolalarni yozish va tahrirlashda jasur boʻling, tahrirlashdan huzur olabilishingiz kerak, aslo mavjud qoidalardan siqilish emas. Biror nimani buzib qoʻyishdan qoʻrqmang. Barcha maqolalarning barcha versiyalari saqlanib qoladi, kerak paytda istalgan maʼlumotni tiklash mumkin, shuning uchun Vikipediyaga zarar yetmaydi. Lekin unutmang - bu yerda nimaiki yozsangiz, barchasi kelajak avlodlar uchun saqlanib qolgusidir. |