Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Bilgiquti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bilgiquti – Vikipediyaning desktop versiyasida maqolaning yuqori oʻng qismida, mobil versiyada esa maqola kirish qismining birinchi xatboshisidan keyin joylashadigan paneldir. Unda sahifa mavzusiga oid asosiy faktlar beriladi. Bilgiqutida rasmlar va xaritalar ham kiritilishi mumkin.

Bilgiqutilar deyarli har doim andoza imkoniyatlaridan foydalanadi. Andozalar parametrlardan tashkil topadi. Toʻgʻri ishlashi uchun andoza sahifaga kiritilganda parametr qiymatlari koʻrsatilishi kerak. Bu har bir bilgiqutiga maqola mavzusiga tegishli maʼlumotlarni koʻrsatish imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir maqola ichida minimal miqdorda kod yozish imkonini beradi.

Bilgiqutining maqsadi — maqoladagi asosiy faktlarni umumlashtirish, lekin ularni almashtirish emas. Bilgiquti oʻquvchiga bir qarashda asosiy faktlarni bilish imkonini beradi. Bilgiqutilar bir nechta qismlardan iborat, ammo maʼlumotlar iloji boricha qisqa formatda taqdim etilishi va keraksiz kontentni istisno qilishi kerak. Maqola ichidagi boʻlimlarga havola berilmaydi. Ushbu vazifani mundarija taʼminlaydi.