Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Dars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:DARSdan yoʻnaltirildi)

Vikipediyani tahrirlash darsiga marhabo!

[manbasini tahrirlash]

Bu yerda Vikipediyadagi sahifalarni qanday tahrirlash (oʻzgartirish) mumkinligini oʻrganishingiz mumkin.

Vikipediya ochiq ensiklopediyadir. Uni har kim, shu jumladan siz ham tahrirlay olasiz. Lekin qanday qilib?

Tahrir tugmalari.

Qoralama sahifasini ochib, tahrir tugmasini bosing. Bunda Tahrirlash sahifasi ochiladi. U yerdagi katta matn maydoniga bir nima yozib, maydon ostidagi Saqla tugmasini bosing. Natijada tahrirlayotganingiz sahifa ochilib, unda siz tergan va saqlab qolingan matn koʻrinadi.

Koʻrib chiqish

[manbasini tahrirlash]
Tahrir oynasi tagida:
Qisqa tavsif maydoni;
Bu kichkina tahrir va Sahifani kuzat tasdiqlari;
Saqla, Koʻrib chiqish hamda Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmalari.

Saqla tugmasining yonida Koʻrib chiqish tugmasi ham bor. U nega kerak? Izoh: Koʻrib chiqish tugmasi sizning tahriringizni oʻsha sahifada qanday koʻrinishi mumkinligini koʻrsatadi, lekin saqlamaydi.

Oʻzgarganlarni koʻrsat

[manbasini tahrirlash]

Koʻrib chiqish tugmasi yonida Oʻzgarganlarni koʻrsat tugmasi borligini sezgan boʻlsangiz kerak. Uning vazifasi nima? Bu tugma sizning joriy tahriringiz va avvalgi tahrir orasidagi farqni, yaʼni siz nimalarni oʻzgartirganingizni (yoki oʻzgartirmoqchi boʻlganingizni) belgilab koʻrsatadi.

Qisqa tavsif

[manbasini tahrirlash]

Saqla tugmasini bosishdan avval Qisqa tavsif maydoniga aynan qanday tahrir qilganingiz haqida yozganingiz maʼqul (bu majburiy emas, biroq bu boshqa vikipediyachilarning mushkulini oson qiladi). Masalan, „xatoni tuzatdim“, „yangi axborot qoʻshdim“ va hk. Bu tavsif sahifa tarixida sizning foydalanuvchi ismingiz va tahriringiz sanasi yonida koʻrsating Ilk qadam

Matn ustida ishlash

[manbasini tahrirlash]

Kiritayotgan matningiz ustida turli amallar bajarish mumkin.

Qalin va kursiv

[manbasini tahrirlash]

Yozayotgan matningizni qalin yoki kursiv qilishingiz mumkin. Bunda apostroflardan (') foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija
''kursiv'' kursiv

'''qalin'''

qalin

'''''qalin kursiv'''''

qalin kursiv

Sarlavha va ostsarlavha

[manbasini tahrirlash]

Sarlavhalar bilan maqola ichidagi boʻlimlarni ajratishingiz mumkin. Bunda barobar belgilaridan (=) foydalaniladi.

Tergan matningiz Natija

== Sarlavha ==

=== Ostsarlavha ===

Oʻquvchining bir sahifadan boshqasiga osonlik bilan oʻtishi uchun sahifa ichiga ishoratlar qoʻyish mumkin. Bunda ikki tomondan ikkitadan kvadrat qavs ishlatiladi:

[[Vikipediya]] = Vikipediya

Agarda ishoratingiz matni ishora qilinayotgan maqola nomidan boshqacha boʻlsa, tik chiziq „|“ yordamida ishora qilmoqchi boʻlganingiz maqola nomi va ishorat matnini ajratishingiz mumkin:

[[Vikipediya|Ochiq ensiklopediya]] = Ochiq ensiklopediya

Manba koʻrsatish uchun matnda <ref> Siz qoʻymoqchi boʻlgan manba (kitob, sayt, ba hokazo) </ref> sintaksini qoʻying. Matning oxirida Manbalar degan boʻlim yaratib uning ostiga {{manbalar}} andozasini qoʻying. Siz matn ichida koʻrsatgan manbalar avtomatik ravishda Manbalar boʻlimida ketma-ket teriladi.

Agarda Vikipediyadan tashqaridagi boshqa bir resursga ishorat bermoqchi boʻlsangiz, ishorat matnini ikki tomondan bittadan kvadrat qavs bilan yoping. Masalan, BMT haqidagi maqolaga quyidagi havolani qoʻshish mumkin:

[http://www.un.org/ BMTning rasmiy sayti] = BMTning rasmiy sayti

Yana bir misol. Oʻzbekiston Respublikasining hukumati haqidagi maqolaga mana bu havolani qoʻshish mumkin:

[http://gov.uz/uz/ Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali] = Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali

Mana, sahifani tahrirlash asoslarini oʻrganib oldingiz. Agarda savollaringiz boʻlsa, bemalol munozara sahifasida soʻrashingiz mumkin.