Vikipediya:Forum/Takliflar/Nofaol administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nofaol administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish[manbasini tahrirlash]

Oʻzbekcha Vikipediyada tahrir qilmay qoʻygan administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish siyosati hanuzgacha yoʻq va shuning uchun global qoidalarga amal qilib kelamiz. Oʻz qoidalarimizni ishlab chiqadigan vaqt keldi. Xususan, enwikida qabul qilingan qoidalar asosida quyidagi qoidani joriy qilishni taklif qilaman:

  • Bir yildan oshiq vaqt mobaynida umuman tahrir qilmagan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi;
  • Soʻnggi besh yil ichida 100 tadan oz tahrir qilgan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi.

Mezonlar[manbasini tahrirlash]

  • Administratorlar
    • 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini amalga oshirmagan boʻlsa
      • bir oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
      • bir necha kun oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
    • 2-mezon: 5 yil davomida 100 tadan oz tahrir qilgan boʻlsa (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi)
      • 3 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
      • 1 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
    • statusdan mahrum qilish protsessual jarayon ekanligi tushuntiriladi
  • Rasmiyatchilar
    • yuqoridagi siyosat rasmiyatchilarga ham tatbiq qilinadi
    • foydalanuvchiga huquqlari bekor qilingani haqida xabar beriladi.

Nima deysizlar? Nataev munozara 14:40, 29-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman.   Mirzoulugʻbek |@  01:38, 3-Noyabr 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman — yaxshi taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 18:56, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Malikxan munozara 22:02, 13-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  4.  Roziman. Mirishkorlik (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  5.  Roziman. — Kagansky munozara 17:51, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]
  6.  Roziman. — Ibrohimjon 18:37, 19-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Betaraflar[manbasini tahrirlash]

Izohlar[manbasini tahrirlash]

Yuqoridagi mezonlarning hammasiga „maqola nomfazosida“ soʻzlarini qoʻshishni taklif qilaman. Umarxon III (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC).[javob berish]

Boshqa vikilarda qanday? Shartmikin? Nataev munozara 17:40, 17-Dekabr 2023 (UTC)[javob berish]

Xulosa[manbasini tahrirlash]

Tamom, kelishdik. Qoidalarga oʻzgartirish kiritildi. Nataev munozara 16:30, 20-Yanvar 2024 (UTC)[javob berish]