Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediyaning foydalanuvchilarni tekshiruvchilar asbobi va foydalanuvchilarni tekshiruvchilar guruhi logotipi.

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar asbobi Vikipediyadagi kichik foydalanuvchilar guruhi tomonidan foydalaniladi. Ushbu asbob foydalanuvchilarga Vikipediya serverlaridan, Vikipediyadagi foydalanuvchi hisobidan foydalaniladigan IP-manzillarni hamda foydalanuvchi tomonidan IP-manzil haqida serverda saqlanadigan boshqa texnik maʼlumotlarni aniqlash imkonini beradi.

Vikipediyaning foydalanuvchilarni tekshiruvchilar jamoasi ikki yoki undan ortiq hisoblar bir shaxs yoki bir guruh shaxslar tomonidan boshqarilayotganini aniqlash, Vikipediyani buzuvchi yoki haqoratli xatti-harakatlardan himoya qilish uchun mazkur vositadan foydalanadi.

Foydalanuvchilarni tekshiruvchilar oʻzbekcha Vikipediyani tahrirlashda foydalanuvchi hisobi tomonidan foydalanilgan barcha IP manzillar roʻyxati, IP manzil yoki diapazon orqali yoki IP-manzil yoki diapazondan qilingan barcha tahrirlar roʻyxatini (bu IP manzil yoki diapazonda boʻlgan hisoblar boʻyicha tahrirlarni oʻz ichiga oladi) koʻra olishi mumkin. Shuningdek, IP manzil yoki diapazondan foydalangan barcha foydalanuvchi hisoblari roʻyxatini ham koʻra oladi. Shuningdek, ular foydalanuvchilarni tekshiruvchilar harakatlari jurnalini Maxsus:FoydalanuvchilarniTekshiruvchilarJurnali sahifasida koʻrishlari mumkin.

m:CheckUser