Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Kichik tahrir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Vikipediya:KICHIKdan yoʻnaltirildi)
Oʻzbekcha Vikipediyaning kichik tahrir qismi (sariq rangda belgilangan),

Vikipediyada kichik tahrirlar koʻpchilik foydalanuvchilar tomonidan ahamiyatsiz deb hisoblanishi mumkin boʻlgan tahrirlardir. Maqolani tahrirlashda roʻyxatdan oʻtgan har qanday foydalanuvchi tahrir oynasi ostidagi tegishli darchani belgilab, oʻz tahririni kichik deb belgilash imkoniyatiga ega. Oʻzgartirish jurnallarida bunday tahrirlar k oʻlaroq koʻrsatiladi.

Tahrirlarning ahamiyatini baholash tahrirchining oʻz ixtiyorida.

Kichik tahrirlarga quyidagilar taalluqli:

Kichik tahrirlarga quyidagilar taalluqli emas:

  • maqola mazmuniga oid har qanday tahrirlar (hatto bir nechta soʻz qoʻshilsa ham);
  • maqolani oʻchirishga berish;
  • bahsli maqolalarda tahrirni bekor qilish. Tahrirlash urushi boʻlsa, hech qanday tahrirni ahamiyatsiz deb hisoblash mumkin emas, chunki ular baʼzi foydalanuvchilar uchun bunday boʻlmasligi mumkin.

Kichik tahrirlarni koʻrsatish

[manbasini tahrirlash]

Foydalanuvchilar sozlamalarda yoki tahrir oynasining oʻzida soʻnggi tahrirlar va kuzatuv roʻyxatidagi kichik tahrirlarni yashirishi mumkin. Sozlamalar boʻlimidan tahrirni avtomatik tarzda „kichik tahrir“ deb belgilab ketish buyrugʻini yoqish mumkin.

Agar tahriringiz kichik deb belgilangan boʻlsa, unga kamroq foydalanuvchilar qiziqadi va muhim tahrir oʻtkazib yuborilishi mumkin. Shuning uchun „kichik tahrir“ katagiga belgi qoʻyishdan oldin boshqa foydalanuvchilar haqida oʻylang.

„Kichik tahrir“ bandini hadeb ishlatavermang!

[manbasini tahrirlash]

Asosiy tahrirlarini kichik deb belgilagan tahrirchi yomon misol boʻladi. Gap shundaki, kichik tahrir belgisining mavjudligi koʻplab ishtirokchilarni (ayniqsa, tasdiqlangan, tajribali foydalanuvchilarning eʼtiborini) chalgʻitishi mumkin, natijada ular muhim tahrirlarga eʼtibor bermaydilar.

Ayrim tahrirchilar tajribalilarga taqlid qilib, koʻpincha „kichik tahrir“ ni ahamiyatsiz deb belgilashadi, shuning uchun ularning har qanday tahririni — belgi bilanmi yoki belgisizmi, tekshirish tavsiya etiladi. „Kichik tahrir“ belgisi, ayniqsa, sahifaning biror qismini oʻchirishda zararli boʻlishi mumkin.