Vikipediya:Maqolalarni nomlash (jugʻrofiy nomlar)
Qiyofa
(Vikipediya:MNJNdan yoʻnaltirildi)
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Oʻzbek lotin yozuvida jugʻrofiy nomlar, xususan, originali lotin yozuvida yoziladigan nomlar imlosi boʻyicha qoidalar ishlab chiqilmagan[izoh 1]. Oʻzbekcha Vikipediyada quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
- Oʻzbek lotin yozuvidagi nufuzli manbalarda keng qoʻllanilgan jugʻrofiy nomlarni oʻsha manbalardagidek yozamiz. Masalan, koʻplab oʻzbek lotin yozuvidagi manbada Kaliforniya deb yozilgan. Ammo oʻzbekcha manbalarda uchramaydigan jugʻrofiy nomlarni aslidek yozamiz. Masalan, Mittelwihr.
Jugʻrofiy nom | Aslidek yozilganda | Translit qilinganda | ||
---|---|---|---|---|
Yozilishi | Manbalar | Yozilishi | Manbalar | |
Oʻzbekcha manbalarda keng qoʻllanilgan | New York | Yoʻq | Nyu-York | |
Canada | Yoʻq | Kanada | ||
Oʻzbekcha manbalarda oz yoki umuman uchramaydi | Mittelwihr | Yoʻq | Mittelvir | Yoʻq |
Esino Lario | Yoʻq | Ezino-Lario | Yoʻq |
Koʻp maʼnoli jugʻrofiy nomlar
[manbasini tahrirlash]Oʻxshash joy nomlari haqidagi maqolalarni bir-biridan farlqash uchun maqola nomida qavs ichida tuman, viloyat yoki mamlakat nomini koʻrsatish mumkin. Masalan, Qorabuloq nomli bir necha qishloq mavjud. Shuning uchun Qorabuloq (Sayram tumani), Qorabuloq (Almati viloyati), Qorabuloq (Stepnogorsk) tarzida ularni bir-biridan farqlaymiz. Shuningdek, Qorabuloq (maʼnolari) nomli alohida sahifa yaratib, u yerda barcha Qorabuloq deb ataluvchi joylar roʻyxatini tuzish kerak.
Izohlar
[manbasini tahrirlash]- ↑ Kirill yozuvida esa bunday muammo yoʻq: OʻzSE, OʻzME kabi koʻplab nufuzli manbalarda jugʻrofiy nomlarni kirill alifbosida koʻrish mumkin. Bundan tashqari, kirill yozuvida bu mavzuda qator kitob chop etilgan, jumladan, „Geografik nomlar lugʻati“, (Toshkent, 1961), „Geografik nomlar imlosi“ (Toshkent, 1962), „Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati“ (Toshkent, 1977), „Geografik nomlar siri“ (Toshkent, 1985), „Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha“ (Toshkent, 2020) kitoblari. Shuningdek, koʻplab lugʻatlarga, jumladan, ikki jildi „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ga ga jugʻrofiy nomlar roʻyxati ilova qilingan.