Vikipediya:Markaziy Osiyo oyligi
Qiyofa
BOSH SAHIFA | META | 2021 | 2022 |
Vikipediya Markaziy Osiyo oyligi — bu vikimarafon boʻlib, har yili fevral oyida oʻtkaziladi. Marafon davomida Markaziy Osiyo bilan bogʻliq mavzularda maqola yaratiladi. Marafonning maqsadi Oʻzbekcha Vikipediyada Markaziy Osiyo haqida keng qamrovli kontent yaratishdir. Marafonda Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalariga hissa qoʻshib kelayotgan yoki hissa qoʻshishni istagan har bir foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin.
Qoidalar
[manbasini tahrirlash]- Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnasha oladi
- Marafonga quyidagi talablarga javob beradigan maqolalar kiritiladi:
- Maqola biror Markaziy Osiyo mamlakatlariga bagʻishlangan boʻlishi kerak
- Maqola siz tomondan yaratilishi kerak (Kengaytirilgan maqolalar ham hisobga olinadi. Kengaytma, kamida 1 250 baytdan va kamida 100 ta soʻzdan iborat boʻlishi shart)
- Maqola kamida 1 250 baytdan va kamida 100 ta soʻzdan iborat boʻlishi shart
- Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi shart
- Maqolada kamida 2 ta manbalar boʻlishi shart
- Maqola avtomatik tarjimaga ega boʻlmasligi shart
- Maqolada „original tadqiq“, „betaraflik“, „manbasiz maqola“ va boshqa tanqidiy andozalar boʻlmasligi shart
- Maqola roʻyxat shaklida boʻlmasligi shart
- Maqola mazmunli boʻlishi shart