Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Oʻchirishga/O‘zbekiston bolalar tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Natija: Munozarada qatnashgan foydalanuvchilar fikrlariga binoan sahifa oʻchirishga qaror qilindi.

O‘zbekiston bolalar tashkiloti (tahrir | munozara | tarix | himoya | oʻchirish | ishoratlar | kuzatuv | qaydlar | koʻrishlar)
(Manbalar izla: Google (kitob · yangiliklar · akademik · erkin tasvirlar · WRS) · FENS · JSTOR · NYT · VP kutubxonasi)

EA ga ega emas Terpaso1 (munozara) 07:05, 2024-yil 24-sentyabr (UTC)[javob berish]

Kamalak, Yoshlar ishlari agentligi kabi yaratilgan maqolani EA ga ega emas deb xulosa qilishga ayni sabab nima? Bu tashkilot. Va Oʻzbekiston bolalari hayotida muhim ahamiyat kasb etishidan kelib chiqib EAga ega deb hisoblaymiz. @Terpaso1 Gaffarov737 (munozara) 12:53, 2024-yil 24-sentyabr (UTC) ✔ Qoldirilsin[javob berish]
Assalomu alaykum. Vikipediyaning qaysi qoidasida tashkilot boʻlganlarni barchasi EAga ega deb yozilgan ekan? Oʻzbekiston bolalari hayotida muhim ahamiyat kasb etishiga asosli manbalaringizni keltira olasizmi? Bitta loyihaga manba berib, EAga ega deyishingiz lozim. Maʼlumot uchun, siz aytgan maqolalarning birida 12 ta, ikkinchisida 13 ta. Ammo O‘zbekiston bolalar tashkiloti maqolasida tashkilotning tuzilishi va Rahbar va bolalar loyihasi haqida manbalar bor. Agar tuzilishi va bitta loyihasi haqida maqola EAga ega boʻlsa, yana minglab tashkilotlar haqida maqola kiritsa boʻlardi.

Yuqoridagi asosli faktlarni inobatga olgan holda, fikrimcha maqola X Oʻchirilsin

Vaalaykum assalom. Siz aytayotgan tashkilotlarning tashkil etilganiga necha yil boʻlganini bilasizmi? Shu oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar orqali birida 12 ta yana birida 13 ta manba keltirilgan. Va hali tashkil etilganiga 5 oy boʻlgan tashkilotning manbalari 9 ta ekanligi oʻchirish uchun asosiy sabab deb keltirilishi juda kulguli. Qanchadan-qancha ikki qatorli axlat maqolalar vikipediyani bejab turgan bir paytda ushbu maqolani „oʻchirish kerak“ deb koʻrsatilishini nima deb baholashni bilmayapman ochigʻi. „Bitta loyihaga manba berib, EAga ega deyishingiz lozim.“,- deb aytgan ekansiz, bitta loyihaga nechta manba berganimni koʻrdingizmi oʻzi? Bolalar forumi uchun alohida, rahbar va bolalar uchrashuviga alohida manba keltirilgan.✔ Qoldirilsin
https://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:TASHKILOTLAR Bu yerdagi „Asosiy mezonlar“ qismmidagi „Mezonlarni qoʻllash tartibi“da "Manba nufuzlilik standartiga javob bera olishi kerak;" deb keltirilgan. Va men maqolada qoʻllagan manbalar ham bunga mos keladi deb oʻylayman. Shundan kelib chiqib, maqola ✔ Qoldirilsin
Qoida https://uz.wikipedia.org/wiki/Vikipediya:Ensiklopedik_ahamiyat_(tashkilotlar_va_shirkatlar) boʻyicha maqola hech qanaqasiga ham EAga ega emas. Siz aytayotgan „ikki qatorli axlat maqolalar Vikipediyani bejab turgan payt“ deb achinayotgan ekansiz, oʻsha 2 qatorli maqolalarda EA bor. Siz oʻsha aytgan axlat maqolalarni tanqid qilguningizcha, bir nechtasini toʻgʻirlab ham boʻlardingiz. Lekin tashkilotning 1 ta loyihasiga 10 ta manba bergan bilan EAga egaligi aniqlanmaydi. Oʻzingiz 1-aytgan argumentingiz boʻyicha bolalar orasida nufuzli degan fikringizga biron bir manba topib bersangiz EAga egaligini oʻylab koʻrsa boʻladi. Ungacha har qanaqa holatda maqola EAga ega emas va fikri ojizimcha, maqola X Oʻchirilsin Terpaso1 (munozara)
Siz Terpaso heyterlik qilib foyda olasizmi? Tayinlik roʻyxatdan oʻtmay, nomaʼlum profil orqali asossiz va mazmunsiz gaplariz bilan odamni gʻashini keltiryapsiz holos)
Bu maqola qoldirilishi kerak meni fikrimcha. Agar kamchiligi boʻlsa toʻgʻirlanadi, boyitish kerak boʻlsa boyitiladi. Lekin oʻchirib tashlash bilan muammo hal boʻlmaydi. Yaxshisi maqola ✔ Qoldirilsin
Munozarada maqola yaratuvchisining keltirilgan asosli sabablarga javob bermaganliklari sababli, maqola X OʻchirilsinTerpaso1 (munozara) 09:58, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)[javob berish]
@Terpaso1Tashkilotning Telegram sahifasida e'lon qilingan so'rovnomada 2290 ta ariza kelib tushgani va shundan 84 nafar tashabbuskor bolalar saralab olingani, Respublikaning 350 nafar faol sardorlari va vazirlar, rahbarlar bilan loyihalar tashkil etilishi nufuzli tashkilot ekanini anglatmaydimi aslida? Nufuzli tashkilot deganda aqlingiz nimani tasavvur qilyapti shu haqda ayting iltimos. Gaffarov737 (munozara) 12:16, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)[javob berish]
Ushbu tashkilot haqida alohida maqola yozish kerak emas deb oʻylayman. Manbalarni qarab koʻrganda tashkilotning 2024-yil aprel oyida roʻyxatdan oʻtkazilgani va I Respublika bolalar forumini oʻtkazganidan boshqa biror ishi yoritilmagan. Shuningdek, tashkilot yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlar kabi davlat tashkiloti emas, balki nodavlat notijorat shaklda tuzilgan. Hozircha mazkur tashkilot haqida ushbu tashkilot qaysi davlat tashkiloti qoshida tashkil etilgan boʻlsa, oʻshaning maqolasiga alohida boʻlim qoʻshgan maʼqul deb hisoblayman. Ushbu maqola esa oʻchirilishi tarafdoriman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:17, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)[javob berish]
@Laziz Baxtiyorov Assalomu alaykum Laziz aka. Oʻzbekiston bolalar tashkiloti davlat tashkiloti qoshida tashkil etilmadi, Kamalak bolalar tashkiloti negizida tashkil etildi. Bu endi alohida tashkilot boʻlgani bois, maqola yaratgan edim. Fikrimcha, maqolani oʻchirishdan koʻra, yana koʻproq qoʻshimchalar kiritish orqali, sifat darajasini oshirib saqlab qolgan toʻgʻriroq boʻlar edi. --Gaffarov737 (munozara) 12:09, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)[javob berish]
Hozirgi holati hamda mavqeida EAga ega emas. Kelajakda balki ega boʻlar. Oʻsha vaqtda yaratgan maʼqul. 5 oy oldin tuzilgan istalgan NNT haqida maqola yarataverish maʼqullanmaydi. Tayinli ishlari haqida ham maʼlumotlar mavjud emas. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:29, 2024-yil 25-sentyabr (UTC)[javob berish]

Tashkilot hanuz alohida maqola yaratilishiga arziydigan biror muhim faoliyat koʻrsatgan emasligi yaqqol koʻrinib turibdi. Shunday ekan Kamalak (tashkilot) sahifasi ichidagi alohida boʻlim sifatida kiritilgani yaxshiroq. Hozirgi holatida saqlab qolmagan maʼqulligi bois  Oʻchirildi. Alpasli (munozara) 11:24, 2024-yil 10-oktyabr (UTC)[javob berish]


Yuqoridagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.