Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlari/The World Without Us
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 17:39, 20-Iyul 2023 (UTC)
Ushbu maqolani tarjima qilib TMga nomzod qilib koʻrsatyabman. Koʻrib chiqib baho bersangiz hammaga rahmat. Mrjavokh1r (munozara) 17:39, 20-Iyul 2023 (UTC)
- Bu nomzod TM nomzodlik sahifasida 20.07.2023 sanasida paydo boʻldi. Xulosa chiqarishda chalgʻimaslik uchun 20-iyulni hisobga olamiz. Jamshid Nurqul (munozara) 09:23, 20-Iyul 2023 (UTC)
- Adashib ketilgan. Toʻgʻirlab qoʻydim. Mrjavokh1r (munozara) 09:53, 20-Iyul 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]"The World Without Us" kitobi muallifi Alan Weisman.
Vikifikator tegmagan joylari bor shu kabi. Ibrohimjon (munozara) 09:19, 20-Iyul 2023 (UTC)
- ? Mrjavokh1r (munozara) 10:15, 20-Iyul 2023 (UTC)
- Rasm tagidagi soʻzda Ibrohimjon (munozara) 11:19, 20-Iyul 2023 (UTC)
- Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 13:44, 20-Iyul 2023 (UTC)
- Nega manbalar soni kam enwikidan? Hammasini olib oʻtish kerak. Ibrohimjon (munozara) 09:15, 21-Iyul 2023 (UTC)
- Bitta manba takror koʻrsatilgan: 16 va 63. — Kagansky munozara 13:56, 22-Iyul 2023 (UTC)
- Toʻgʻirlandi. Mrjavokh1r (munozara) 20:07, 22-Iyul 2023 (UTC)
- Toʻgʻirlanmadi. Mana bunaqa qilib tuzatilmaydi. — Kagansky munozara 10:46, 23-Iyul 2023 (UTC)
- Toʻgʻirlandi. Mrjavokh1r (munozara) 20:07, 22-Iyul 2023 (UTC)
- Bitta manba takror koʻrsatilgan: 16 va 63. — Kagansky munozara 13:56, 22-Iyul 2023 (UTC)
- Nega manbalar soni kam enwikidan? Hammasini olib oʻtish kerak. Ibrohimjon (munozara) 09:15, 21-Iyul 2023 (UTC)
- Bajarildi Mrjavokh1r (munozara) 13:44, 20-Iyul 2023 (UTC)
- Rasm tagidagi soʻzda Ibrohimjon (munozara) 11:19, 20-Iyul 2023 (UTC)
Nima sababdan maqolani toʻliq tarjima qilmay va barcha manbalarini koʻrsatmay statusga nomzod qilyapsiz oʻzi? — Kagansky munozara 10:48, 23-Iyul 2023 (UTC)
- Maqola toʻldirildi va barcha manbalar olib oʻtildi. Mrjavokh1r (munozara) 17:10, 24-Iyul 2023 (UTC)
- Snoskalardagi betlar orasiga br joyda tire boshqasida chiziqcha koʻrsatilgan. Tire qilib chiqish kerak. — Kagansky munozara 03:48, 31-Iyul 2023 (UTC)
- Tuzatildi Mrjavokh1r (munozara) 05:50, 31-Iyul 2023 (UTC)
- Snoskalardagi betlar orasiga br joyda tire boshqasida chiziqcha koʻrsatilgan. Tire qilib chiqish kerak. — Kagansky munozara 03:48, 31-Iyul 2023 (UTC)
Jamshid Nurquldan fikrlar:
- Avvalo nominatsiya uchun tashakkur lekin imloviy va uslubiy xatolaringiz bor: „maʼdaniyat“ deb yozgan ekansiz. Bu soʻzda tutuq belgisi boʻlmaydi. Maqola matnini qayta oʻqib chiqing. Quyida aytim xatolaringizni sanab oʻtaman:
- „Kitob asosan muallifning shaxsiy fikrlariga asoslanib yozilgan boʻlib, unda shaharlar va uylarning qanday yomonlashishi, texnogen artefaktlar qancha davom etishi va qolgan hayot shakllari qanday rivojlanishi haqida maʼlumot keltirilgan“ — bu yerda (qalinlashtirilgan matnda) nima demoqchi boʻlgansiz? Texnogen artefaktlar nima va qolgan hayot shakllari deganda nimani tushunish mumkin? Yerda hayot tugaganidan keyin texnogen chiqindilarning qancha vaqtda chirib bitishi va tirik qolgan hayot shakllari… deyish mumkinmi shuni, nima deb oʻylaysiz?
- „Kitob Time va Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi top 10 real voqealarga asoslangan kitoblari oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi.“ — Kitob Time hamda Entertainment Weekly jurnallarining 2007-yildagi real voqealarga bagʻishlangan 10 ta kitob roʻyxatida 1-oʻrinni egallagan.
- „Yerning aholi punktlarining qisqarishi oqibatlarini oʻrganish gʻoyasi oʻnlab yillar davomida ilmiy-fantastik romanlarda muntazam ravishda aytilgan“ — Yerdagi aholi punktlarining qisqarishi oqibatlarini oʻrganish gʻoyasi oʻnlab yillar davomida ilmiy-fantastik romanlarda muntazam ravishda eslab oʻtilgan.
- „The World Without Us“ kitobida nisbatan koʻproq ekologik muammolar yoritilgan" — „The World Without Us“ kitobida asosan ekologik muammolar yoritilgan.
- "Muallif Alan Weisman „The World Without Us“ kitobni yozishdan oldin toʻrtta kitob yozgan edi" — Muallif Alan Weisman „The World Without Us“ asarini yozishdan oldin toʻrtta kitob chop ettirgan.
- „…tabiat qanday gullab-yashnaganligi va New Yorkshahrining atrof-muhiti tabiati qanday ifloslanayotganligi tasvirlangan…“ — xato, bunaqa xatoli maqolalar statusga loyiq boʻlolmaydi.
- „…uning Los-Anjeles Times jurnali uchun yozgan…“ — Los-Anjeles Times — bu inglizcha yozilganmi yo oʻzbekchami? Anjeles oʻzbekcha, Times inglizcha, gibrid xullas.
- "23 betlik bibliografiya qismida uning Los-Anjeles Times jurnali uchun yozgan (Antarktida ozon teshigidagi „Naked Planet“ va Maya sivilizatsiyasi haqida) "The Real Indiana Jones" ikkita maqolasi chop etildi" — shu yerda nima deyilgan? Yoki qavs oldinroq yopilib qolganmi?
- „Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniyaga davlatlariga sayohat qilgan“ — shu qalinlashtirilganlaridan biri ortiqcha.
- „Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniyaga davlatlariga sayohat qilgan. Kitobda keltirilgan akademiklar bilan intervyular oʻtqazildi. Jumladan: Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi biologi E. O. Wilson, plastmassa chiqindilar boʻyicha arxeolog William Rathje, oʻrmon botanigi Oliver Rackham, halokatga uchragan Mayya sivilizatsiyasi boʻyicha antropolog Artur Demarest, evolyutsiya boʻyicha paleobiolog Duglas Ervin va faylasuf Nik Bostrom.“ — shu yerda nima deyilgani ancha tushunarsiz chiqqan, faylasuf Nik Bostrom deb yozilgan-da, gap tugagan. Gapning maʼno, maqsadi yoʻq. Shu gapni olib qisqaroq qilaman, lekin maʼno chiqmaydi — „Kitobda keltirilgan akademiklar bilan intervyular oʻtqazildi. Jumladan: E. O. Wilson, William Rathje, Oliver Rackham, Artur Demarest, Duglas Ervin, Nik Bostrom.“, menimcha Nik Bostromdan keyin nimadir soʻz qoʻshish kerak yoki gapni mana bunday tarzda tuzish kerak: „Qoʻshimcha tadqiqotlar qilish uchun Weisman Angliya, Kipr, Turkiya, Panama va Keniyaga sayohat qilgan, akademiklar bilan intervyular oʻtkazgan. Koreyaning tashlab ketilgan harbiy zonasi biologi E. O. Wilson, plastmassa chiqindilar boʻyicha arxeolog William Rathje, oʻrmon botanigi Oliver Rackham, Mayya sivilizatsiyasi boʻyicha antropolog Artur Demarest, evolyutsiya boʻyicha paleobiolog Duglas Ervin va faylasuf Nik Bostrom shular jumlasidandir“.
- Bir yerda „Kappadokiya“, boshqa joyda „Kapadokiya“ deb yozgansiz.
- „Mannahatta loyihasini ishlab chiqqan Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati va New York botanika bogʻi aʼzolari bilan suhbatlarda Weisman mahalliy oʻsimliklar parklardan va omon qolgan invaziv turlardan tarqalib qaytishini, agar odamlar kalamushlar va tarakanlarni oziq-ovqat va issiqlik bilan taʼminlamasa nobud boʻlishini tahmin qiladi“ — gapning oʻzida xatolik bor lekin eng xatoli soʻzlar qoraytirildi. Manhatta loyihasimi yo Manhattan loyihasi, New York emas, Nyu York deb yozsangiz boʻlaveradi, tarakan oʻzbek adabiy tilida suvarak boʻladi, tahmin emas taxmin.
Bular hali men aytib oʻtgan kamchiliklar, aytilmagani hali koʻp. Maqola matnini toʻliq qayta oʻqib chiqing va oʻzgartiring. Qoʻl uchida maqola yozib status olishni oʻylamang! Jamshid Nurqul (munozara) 20:27, 31-Iyul 2023 (UTC)
- Avvalo fikrlar uchun tashakkur, taʼkidlangan xatoliklar toʻgʻirlandi. Maqola matni toʻliq qayta oʻqib chiqilyapti. Mrjavokh1r (munozara) 12:50, 1-Avgust 2023 (UTC)
- Xatolaringiz koʻp haliyam: "Weismanning taʼkidlashicha, suv tomchilari miltillab atrofidagi tomga tushgan vaqtda yogʻochni yemirishini aytib oʻtgan" — shu gapni "Weismanning taʼkidlashicha, suv tomchilari miltillab atrofidagi tomga tushgan vaqtda undagi yogʻochni yemiradi", deyish mumkin edi menimcha. Lekin umumiy kontekstda gapning maʼnosini tushunib boʻlmaydi, miltillab, atrofdagi tom, yogʻoch shu soʻz va jumlalar bir-biri bilan bogʻlanmagan. Bu gapni oʻqigan insonda "Tom oʻzi shifer, cherepitsa yoki tunukadan boʻlsa, bu yerda yogʻoch nima qilyapti?" - degan savol tugʻiladi. Maqoladagi har bir gapga aniqlik kiriting. Jamshid Nurqul (munozara) 21:53, 2-Avgust 2023 (UTC)
Qoʻshimcha fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Avvalo maqola hajmi TM statusi uchun ancha kichik. Shuningdek unda koʻplab orfografik, vikipedik va grammatik xatolar mavjud.
- Eng avvali maqolaning preambula qismi juda qisqa. Uni maqola asnosida kengaytirish kerak.
- Eng boshidanoq vikilashtirilmagan "The World Without Us" soʻzi esa juda hunuk koʻrinadi koʻzga.
- Bir qancha tillarda kitob muqovasi bu nima degani? Jumla oʻzbek oʻquvchisi uchun juda tushunarsiz.
- Grupperning kitobni audio variantiga nisbatan samimiy va muvozanatli, tushkunlikka tushirishi mumkin boʻlgan mavzuni tinglashni toʻxtatib boʻlmaydigan audio kitobga aylantirdi Bu jumladan maʼno anglamadim. Kitob ham muvozanatli va samimiy boʻladimi yoki tushkunlikka tushirishi mumkinli mavzuli birnima boʻladimi? Jumlani jonlilarga qoʻllaniladigan sifatlardan yasamaganingiz maqul. AT ekanligi yaqqol sezilib qolgan.
- There Will Come Soft Rains Sara Teasdalening 1920-yilgi sheʼri. Ingliz tilini uncha tushunmagan inson uchun juda tushunarsiz jumla.
- H/X bilan bogʻliq imlo xatolar mavjud.
- xip-xop qanday yoʻnalish ekan-aaa??
- Muallifning tavsiyasi boʻyicha, kitobni fantaziya sifatida oʻqish nazarda tutilgan Bu nima degani? Men sizga meni fantaziyam boʻyicha maqolani qayta tahrirlang desam shunaqa qila olasizmi? Jumlani gʻalizliklarini yoʻqoting.
- asarlarlarimizni bu nima degani? 2x lar koʻoʻoʻoʻp deganimi? Toʻliq matnni qayta koʻrib tahrirlang!
- Koʻplab xatboshilar manba bilan tasdiqlanmagan. Xatboshilar soʻnggidagi gap albatta manba bilan tasdiq topishi lozim.
Maqola TM statusi uchun ancha chatoq holatda. Gʻaliz jumlalari juda koʻp. Unutmang sizning maqolangiz bosh sahifaga chiqilganda u umuman xatoliklarni akslantirmasligi kerak. Uni Oʻzbek tilini biladigan eng osdda odam ham oʻqib tushunishi, oʻzbekcha savodi boʻlmagan inson esa rasmiylashtirishdan xato topa olmasligi talab etiladi. Maqolani toʻliq qayta tahrirlang. AT gʻalizliklarini yoʻq qilmaguningizcha bu maqola bosh sahifaga chiqishga noloyiqligicha qolaveradi. PanPanChik #yozish 14:27, 2-Avgust 2023 (UTC)
- osdda? sodda ✅ Ibrohimjon (munozara) 16:15, 2-Avgust 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Kitob haqidagi mavzu maqolada maksimal darajada ochib berilgan. EnWikidagi maqola bilan solishtirganda tuzilishi va manbalarni koʻrsatishda jiddiy kamchiliklar kuzatilmaydi. Tarjima qilgan muallifiga rahmat! — Kagansky munozara 04:04, 30-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman Kamchiliklarni kuztamadim. MrShaxas #Munozaracha 09:50, 30-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Programmer (munozara) 20:31, 30-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Ibrohimjon (munozara) 01:43, 31-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman Wikisurgery94 (munozara) 18:12, 31-Iyul 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]- Qarshiman. Hamji YMga tortadi. YMga nomzod qilinishi kerak. Salazarov 02:38, 22-Iyul 2023 (UTC)
- Assalomu aleykum avvalambor maqolani koʻrib chiqqaningiz uchun tashakkur. Aynan biror joyda berilganmi TM statusli maqola qancha hajmda boʻlishi kerakligi? Oldingi safar ham ushbu maqolani statusli maqolaga nomzod qilib koʻrsatganimda maqolani qayta koʻrib chiqib aynan TM ga qoʻyish kerakligi aytilgandi. Mrjavokh1r (munozara) 07:24, 22-Iyul 2023 (UTC)
- Mrjavokh1r; Yaqinda TM olgan maqolalar bilan hajmini solishtirib koʻring. Salazarov 15:29, 23-Iyul 2023 (UTC)
- Assalomu aleykum avvalambor maqolani koʻrib chiqqaningiz uchun tashakkur. Aynan biror joyda berilganmi TM statusli maqola qancha hajmda boʻlishi kerakligi? Oldingi safar ham ushbu maqolani statusli maqolaga nomzod qilib koʻrsatganimda maqolani qayta koʻrib chiqib aynan TM ga qoʻyish kerakligi aytilgandi. Mrjavokh1r (munozara) 07:24, 22-Iyul 2023 (UTC)
- Qarshiman, sababi, maqola "Tanlangan maqola" statusiga koʻrsatilar ekan, unda odatdagi oddiy maqolalardan koʻzga tashlanadigan xatoliklar boʻlmasligi kerak. Mazkur maqolada esa ham uslubiy, ham imloviy xatoliklar yetarlicha. Misol uchun, nomlar sanalarkan qoʻshtirnoqqa olinmagan, tavtologiyalar koʻp, tarjima jarayonida gʻalizliklar yetarlicha. TM statusiga mos emas. Kamol Azzam (munozara) 13:05, 3-Avgust 2023 (UTC)
- Qarshiman — Yuqoridagi fikrlarim eʼtiborsiz qoldirilgan. Maqola gʻalizliklari saqlanib qolgan. Uni qayta tahrirlab soʻng statusga qoʻyish kerak. PanPanChik #yozish 17:19, 3-Avgust 2023 (UTC)
- Yuqoridagi fikrlarga keltirilgan xatolar hammasi toʻgʻirlangan edim. Faqat bu yerda javob yozolmagandim. Mrjavokh1r (munozara) 17:56, 3-Avgust 2023 (UTC)
Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarilmadi — maqola matni juda achinarli ahvolda, oʻzbek tili qoidalariga mos holda yozilmagan. Hozirgi holatida hech bir statusga mos emas. Jamshid Nurqul (munozara) 19:16, 3-Avgust 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.