Vikipediya:WikiStipendiya III marafoni/Asosiy marafon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BOSH SAHIFA TELEGRAM YOUTUBE


Asosiy marafonlar bosqichi 3 turdan iborat boʻlib, unda jamoaviy ishtirok etiladi

  • Marafon OTM talabalari oʻrtasida musobaqa koʻrinishida tashkil etilib, har bir OTMdan kamida bitta jamoa ishtirok etishi mumkin;
  • Marafon har biri 45 kun davom etadigan 3 turdan iborat boʻlib, har bir tur yakunida eng yaxshi natija koʻrsatgan jamoalar WikiOromgohda qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritadi;
  • Oromgoh mobaynida eng yaxshi natija koʻrsatgan 10 ta jamoa Grandfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi;
  • Shunday qilib, har bir tur yakunida 10 ta jamoa Grandfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Yoʻnalishlar[manbasini tahrirlash]

Yangi maqola — Vikipediyada avval mavjud boʻlmagan mavzuda maqolani noldan yaratish. Mazkur maqola boshqa tildagi Vikipediyalarda ham mavjud boʻlmasligi yoki oʻta qisqa maqola oʻlaroq kiritilgani uning „yangi maqola“ boʻlishining asosiy mezoni sanaladi. Bunda jamoalar u yoki bu ensiklopedik ahamiyatga molik mavzuda maqola yaratishlari mumkin.

Tarjima maqola — Vikipediyaning boshqa tillarida mavjud boʻlgan maqolani oʻzbek tiliga oʻgirish orqali maqola yaratish. Bunda maqolaning kamida bitta xorijiy tilda mavjud ekanligi maqolaga „tarjima maqola“ sifatini beradi. Bunda jamoada xorijiy tilni biluvchi ishtirokchining boʻlishi juda muhim.

„Tahrir“ yoʻnalishida oʻzbekcha Vikipediyada mavjud maqoladagi xatolarni toʻgʻrilash yoki mavzusini boyitish nazarda tutilgan. Bu avvaldan yaratilgan maqolalar sifatini yaxshilash, oʻzbekcha Vikipediyaning teranligini oshirishga hissa qoʻshish demakdir.

„Foto“ yoʻnalishida oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalarni sifatli va asosiy mavzusiga doir fotolar bilan boyitish nazarda tutilgan. Bunda jamoalar oʻzlari kiritgan yoki avvaldan mavjud maqolaga oid suratni Vikiomborga yuklashlari va mazkur surat avval Vikiomborda mavjud boʻlmaganligi muhim. Mualliflik huquqi bilan himoyalangan fotosuratlarni plagiat qilib yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ballar toʻplanishi[manbasini tahrirlash]

Jamoalar „Yangi maqola“, „Tarjima maqola“, „Tahrir“ va „Foto“ yoʻnalishlari boʻyicha ballar toʻplab borishadi.

Mazkur 4 ta yoʻnalish har bir jamoa uchun taalluqli boʻlib, ularning har 4 yoʻnalishni imkon qadar birdek toʻldirib borishlari zarur boʻladi. Masalan, faqat tarjima maqolalar yaratib, boshqa yoʻnalishlarda faollik koʻratmaslik marafon qoidalariga zid holatdir.

Har oy soʻnggida har 4 yoʻnalish boʻyicha yetarlicha ball toʻplagan jamoalar marafonni davom etish imkonini qoʻlga kiritgan sanaladi.

Oy soʻnggida u yoki bu kriteriya boʻyicha belgilangan minimumni bajarmagan jamoa mazkur kamchilikni keyingi oyda toʻldirish majburiyatini oladi. Jamoalarda har yangi oydan boshlab tarkibda oʻzgarishlar amalga oshirish orqali oʻz ichki muhitini yaxshilab olish imkoni mavjud. Keyingi oyda ham „kamomat“ qayd etilgan taqdirda bunday jamoa marafondan chetlashtiriladi.

Qoʻshimcha ballar[manbasini tahrirlash]

Jamoada 4 ta yoʻnalish boʻyicha har oylik minimum ballarni toʻplashdan tashqari qoʻshimcha ballarni qoʻlga kiritishlari ham mumkin.

4 yoʻnalish boʻyicha maʼlumot joylash marafonda ishtirokni davom ettirish huquqini saqlab qolish uchun majburiy boʻlsa, qoʻshimcha ballar uchun harakat qilish ixtiyoriydir.

Qoʻshimcha ballarni quyidagi yoʻllar bilan qoʻlga kiritish mumkin:

  • „Statusli maqola“ — jamoa tashabbusi bilan maqolaning statusga ega boʻlishi jamoaga qoʻshimcha ballar olib keladi. Yaʼni, maqola yaratilgani, tarjima qilingani yoki uning ustida tahrir qilingani uchun berilgan balldan tashqari uning statusli maqolaga aylangani uchun qoʻshimcha ballar beriladi;
  • „Dolzarb maqola“ — har oy boshida mazkur oyda marafon boshlanganidan uning yakuniga qadar dolzarb deb topilgan mavzular eʼlon qilinib, maxsus sahifadagi jadvalga muntazam ravishda kiritib boriladi. Mazkur mavzularda yaratilgan maqolalar jamoalarga maqola uchun olingan balldan tashqari mavzu dolzarbligi sababli ham qoʻshimcha ball keltiradi;
  • „Ayollar“„WikiAyollar“ loyihasi doirasida ayollar mavzusiga oid yaratilgan maqolalarga qoʻshimcha ball beriladi.

Parallel loyihalar[manbasini tahrirlash]

„Asosiy marafonlar“ bilan parallel ravishda Paramarafon va WikiNations loyihalari amalga oshiriladi.