Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Hazrati Imom majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.

Nominator(lar): Creobek (munozara) 17:59, 28-Dekabr 2023 (UTC)

XVI—XX asrlarga oid Toshkent shahrida joylashgan meʼmoriy yodgorlik Hazrati Imom majmuasi haqidagi maqolani XM statusiga nomzod qilib koʻrsatyapman. Ushbu maqola bilan yaqindan tanishgan holatda oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingizni soʻrab qolaman. Creobek (munozara) 17:59, 28-Dekabr 2023 (UTC)

Maqola meʼmorchilik mavzusida yozilgan. Shu sababli arxitekturaga xos kitoblardan snoska keltirib qoʻyilsa ham yaxshi ish boʻladi. Kagansky munozara 19:42, 11-Yanvar 2024 (UTC)
Assalomu alaykum  Bajarildi Creobek (munozara) 19:09, 17-Yanvar 2024 (UTC)

Manbalar va adabiyotlarda xatoliklar bor:

  1. Bir manbada „Ikromiddin Ostonaqulov 2015, s. 356.“ deyilgan. Xuddi shu manbani toʻliq tushuntiruvchi „Adabiyotlar“ boʻlimida esa „Ikromiddin Ostonaqulov. Oʻzbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari. 3-kitob. Toshkent viloyati va Toshkent shahri. Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015 – 356 bet. ISBN 978-9943-335-74-5.“ deb yozilgan. Bu yerda xato snoskada koʻrsatilgan 356 raqamida. Siz u yerda kitobning necha betli ekanini emas, siz foydalangan maʼlumot nechanchi betdan olinganini yozishingiz kerak. 356 betli kitobning 356-betidan maʼlumot olib yozishingiz imkonsiz.
  2. Boshqa bir manbada „ Davlat ilmiy nashriyoti 2009, s. 252.“ deyilgan, bu ham boʻlmagan gap. „Adabiyotlar“ boʻlimida „Davlat ilmiy nashriyoti. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent, 2009 – 252 bet.“ deb yozgansiz, aslida bu yerda ikkita xato bor: birinchisi yuqoridagidek, snoska va kitobning umumiy betlari soni bir xil boʻlib qolgan, ikkinchisi Oʻzbekistonda, umuman dunyo boʻyicha ham „Davlat ilmiy nashriyoti“ nomli nashriyot yoʻq. Oʻzingiz foydalangan kitobning nashriyot qismiga yaxshilab qarang. Nima deb yozilgan ekan? Siz nashriyot nomini tashlab ketib, uning turini yozib qoʻygansiz. Bunday xatoliklar mavjud maqolalar hech bir statusga loyiq koʻrilmaydi.
  3. Yana, „Davlat ilmiy nashriyoti 2009, s. 252.“ va „OʻzME“ degan manbalar bitta emasmi? Chunki „Davlat ilmiy nashriyoti 2009, s. 252.“ ustiga sichqonchani etganda „Adabiyotlar“ boʻlimida „Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi“ degan yozuv koʻkaryapti, „OʻzME“ning kengaytirilgan shakli qanday ekani hammamizga maʼlum. Imkon boricha shu „OʻzME“ degan manbani tushunarliroq (kengaytirilgan nomi, nashriyoti, jildi, beti bilan) yozing. Bunaqa tushunarsiz va xatoli manbalarning maqolada boʻlishi siz u manbalarga umuman qaramagansiz, degan shubhani koʻpaytirishi mumkin. Men hali manbalar qismidagi oʻzim koʻrgan xatoliklarni sanadim, maqolaning bezatilishi va matnini oʻqib koʻrib, ular boʻyicha keyinroq fikr bildiraman.

Hurmat bilan, Jamshid Nurqul (munozara) 21:41, 18-Yanvar 2024 (UTC)

yuqorida aytilgan fikrlarga qoʻshimcha ravishda shuni aytish mumkinki, maqolaga juda oz manba ilova qilingan. manba masalasiga jiddiy qaraladi. ammo, shuni ham tan olish kerakki, maqola koʻrinishi aʼlo darajada. maqolani statusga olib chiqish uchun hali yetarli imkoniyat bor. Alpasli (munozara) 21:54, 18-Yanvar 2024 (UTC)
Fikrimcha, XM talablariga mos. Snoskalarni statusli maqolaga mos tarzda yozilsa yaxshi ish boʻladi. – Kagansky munozara 12:59, 31-Yanvar 2024 (UTC)
Assalomu aleykum, barcha fikrlaringizni inobatga olgan holda maqolani bugun toʻgʻirlab chiqaman. Creobek (munozara) 17:15, 31-Yanvar 2024 (UTC)
Shuncha paytdan beri tuzatmabsiz, tuzatgan paytingiz xabar bering, vaqt oʻtyapti. Vaqt oʻtaversa nominator qiziqishini yoʻqotdi, deb xulosalab yuborilishi mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 13:01, 2-Fevral 2024 (UTC)
Oʻzgartirishlar kiritdim, Muhammad Solihning „Tarixi jadidayi Toshkand“ kitobi pdf variantini topsam yana qoʻshimchalar kiritaman. Creobek (munozara) 12:58, 5-Fevral 2024 (UTC)
Tarixi jadidayi Toshkand asaridan ham ma‘lumotlar qo‘shildi. Creobek (munozara) 14:21, 5-Fevral 2024 (UTC)
„Бугун – Тошкент ислом институти ташкил топган кун“ (uz). muslim.uz. Qaraldi: 5-fevral.“ deb nomlangan manba 3 marta takrorlangan (9, 10, 11-manbalar) shularni bitta manbada birlashtirilsa maʼqul ish boʻlardi. Jamshid Nurqul (munozara) 17:03, 5-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarildi Creobek (munozara) 13:40, 6-Fevral 2024 (UTC)
"Adabiyotlar" boʻlimida tozilgan "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent, 2009 — 252 bet" yozuviga tushunmadim. 12 jildli OʻzME kitoblari 2000-2005-yillar orasida chiqarilgan boʻlsa, undan keyin bu kitob chiqarilmagan. 2009-yilda qanaqa milliy ensiklopediya chiqarilgan boʻlishi mumkin? Shunga aniqlik kiriting, balki qaysidir kitob "Oʻzbekiston Milliy ensilopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti"da chop etilgandir, nashriyot bilan ensiklopediya adashtirib yuborilgandek tuyulyapti. Jamshid Nurqul (munozara) 11:14, 7-Fevral 2024 (UTC)
Adashib ketibman  to‘g‘irlandi Creobek (munozara) 06:30, 15-Fevral 2024 (UTC)
Togʻirlanmagan. Jamshid Nurqul (munozara) 20:04, 23-Fevral 2024 (UTC)
Turfirmalar sayti nufuzli manba boʻlolmaydi uchun ularni maqoladan yoʻqotish kerak. Yaxshisi nufuzlilaribi bilan alishtirish kerak. — Kagansky munozara 19:45, 6-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarildi Creobek (munozara) 11:17, 7-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarilmadi. — Kagansky munozara 03:24, 19-Fevral 2024 (UTC)
Snoska va manbalarni statusga loyiq tarzda rasmiylashtirish kerak boʻladi. — Kagansky munozara 19:48, 6-Fevral 2024 (UTC)
Maqolaning „Qaffol Shoshiy maqbarasi“ boʻlimida keltirilgan iddaolar manba bilan tasdiqlanmagan. Jamshid Nurqul (munozara) 14:46, 7-Fevral 2024 (UTC)
 Bajarildi Creobek (munozara) 07:10, 9-Fevral 2024 (UTC)
  1. Maqola ustida anchagina mustaqil ishlangani uchun  Roziman. Ibrohimjon 05:10, 31-Dekagbr 2023 (UTC)
  2.  Roziman Maqola uchun nominatorga tashakkur, yaxshigina mustaqil ishlangan maqola, yillarga ichki havolalar qoʻyilmagan, qoʻshib qoʻyish tavsiya qilinadi – Axadjon1 (munozara) 10:57, 2-Yanvar 2024 (UTC).
  3.  Roziman, yaxshi holatda. Alpasli (munozara)
  4.  Roziman -Mirishkorlik (munozara) 15:40, 16-Yanvar 2024 (UTC)
  5.  Roziman – Xoqoni Said yozish 07:51, 18-Yanvar 2024 (UTC)
  1.  Qarshiman. Manbalari chalkashib ketgan. Nominator nomzodlikka qiziqishini yoʻqotgan. Maqola ustida ishlab uni qayta nomzod qilib koʻrsatish mumkin. Hozirgi holatida statusga noloyiq. Kagansky munozara 03:46, 25-Aprel 2024 (UTC)

 Bajarilmadi — Administrator Kagansky taʼkidlaganidek, maqola manbalari chalkashib ketgan, nominatorga manbalarni tuatish kerakligi aytildi va vaqt berildi ammo nominator hech narsani tuzatmadi. Hozirgi holatida ushbu statusga loyiq emas deb topildi. Jamshid Nurqul (munozara) 09:05, 25-Aprel 2024 (UTC)

Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.