Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Prezident maktabi (Andijon)
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Ibrohimjon 17:37, 25-Avgust 2023 (UTC)
Mazkur maqola Andijon shahridagi Prezident maktabi haqida yozilgan. Hurmatli: Kagansky, Jamshid Nurqul, Nataev, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Malikxan, Mirzo Ulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Umarxon III, Alpasli va boshqalar iltimos mazkur maqolani shu statusga yetishida uning qoidalarga xos tarzda toʻliq tayyorlanishiga yordam bering, hamda ovoz berishda ishtirok eting. Fikrlaringizni yozib qoldirishing. Maqoladagi xato va kamchiliklardan ogoh etsangiz ularni imkon darajasida tuzatishga harakat qilgan boʻlar edim. Ibrohimjon 17:37, 25-Avgust 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Assalomu alaykum, VP:IVG bilan yana bir bor tanishib chiqing. – Visola Tangirova(menga yozish!) 04:14, 6-Sentabr 2023 (UTC)
- Vo alaykum assalom. Tanishib chiqib baʼzi kamchiliklar Tuzatildi. Ibrohimjon 06:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Matnda bir qancha aniqlik kiritilishi lozim gaplar mavjud. Jumladan,
- Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati prezident maktabi -> mazkur gap boshidan maktab viloyat matbuot xizmatiga tegishli degan tasavvur hosil boʻlmoqda.
- Maktab 86 mlrd soʻmlik loyiha asosida qurilgan va 7,5 oy vaqt sarflandi -> ushbu gapda nima uchun 7,5 oy vaqt sarflanganiga aniqlik kiritish lozim. gapning ikki qismi bogʻlanishi gʻaliz.
- Shu bilan birga 23 nafar mahalliy oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. -> Mazkur gapdan maktabda xorijiy oʻqituvchilar ham bor, degan xulosa kelib chiqadi. Lekin bunga aniqlik kiritilmagan.
- Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. -> mana shu gap umuman tushunarsiz. STEAM fanlardanmi yoki keltirilgan ikkita fandanmi?
- Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar -> bu gapda kirish imtihoni haqida gapirilganmi yoki matnda nomi keltirilmagan qanaqadir Nizom haqidami?
- Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Unga qadar oʻquvchilar quyidagi 3 ta bosqichdan oʻtishadi -> ikkita sinfga boʻlinish haqida gapirib turib, mavzu keskin oʻzgarib kirish imtihonlariga oʻtib ketilgan. Ushbu fikr tugallanmagan.
- Sahifa toʻligʻicha maqolaga emas, koʻproq maʼlumotnoma-yoʻllanmaga oʻxshab qolgan.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar tuzatilsa, ovoz berish natijalariga qarab status berish masalasini koʻrib chiqish mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:53, 13-Sentabr 2023 (UTC)
- Fikrlar uchun rahmat. Tez orada manbalarga tayangan holda aniqlik kiritaman. Ibrohimjon 10:18, 14-Sentyabr 2023 (UTC)
- @Laziz Baxtiyorov siz aytgan kamchiliklar Tuzatildi. Ibrohimjon 11:03, 18-Sentyabr 2023 (UTC)
- Baraka toping, zoʻr mavzuni tanlabsiz. Kamchiliklar bor lekin hali. Quyida yozilganidek, aynan shu maktab haqida yana qoʻshimcha manba va maʼlumot qoʻshsangiz soz boʻladi. Shuningdek, maqolada ichki havolalar oshiqcha koʻp ishlatilgan. Masalan, „tahririyat“ kabi keng maʼnoli soʻzlarni koʻkartirish shart emas. Faqat tor maʼnodagi tushunchalarni toʻrtburchak qavsga olish yetarli boʻladi. Nataev munozara 19:11, 5-Oktyabr 2023 (UTC)
- Maktab yangi ochilganligi uchun hali koʻp maʼlumotlar yoʻq ekan va aynan boshqa maktablardan ajrab turadigan jihatini topolmayapman.
- Yana maʼlumot qidirib koʻraman. Ibrohimjon 01:40, 6-Oktyabr 2023 (UTC)
- Baraka toping, zoʻr mavzuni tanlabsiz. Kamchiliklar bor lekin hali. Quyida yozilganidek, aynan shu maktab haqida yana qoʻshimcha manba va maʼlumot qoʻshsangiz soz boʻladi. Shuningdek, maqolada ichki havolalar oshiqcha koʻp ishlatilgan. Masalan, „tahririyat“ kabi keng maʼnoli soʻzlarni koʻkartirish shart emas. Faqat tor maʼnodagi tushunchalarni toʻrtburchak qavsga olish yetarli boʻladi. Nataev munozara 19:11, 5-Oktyabr 2023 (UTC)
- @Laziz Baxtiyorov siz aytgan kamchiliklar Tuzatildi. Ibrohimjon 11:03, 18-Sentyabr 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman – Umuman olganda Oʻzbekiston prezident maktablariga oid maqolalar ichida nisbatan toʻliqrogʻi boʻlibdi. AnvarxonM (munozara) 21:51, 4-sentyabr 2023 (UTC)
- Roziman Axadjon1 (munozara) 17:03, 4-Sentabr 2023 (UTC)
- Roziman – Ergashev Akobir (munozara) 11:07, 18-Sentyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Nafosatxon Otabekovna (munozara) 09:01, 19-Sentyabr 2023 (UTC)
- Roziman Hasan Alimov (munozara) 11:09, 24-Sentyabr 2023 (UTC)
- Roziman - Elbek (munozara) 09:13, 30-Sentyabr 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]- Qarshiman Maqolaning katta qismida barcha prezident maktablariga xos xususiyatlar haqida soʻz yuritilgan. Shuning uchun barcha prezident maktablari uchun xos boʻlgan maʼlumotlarni Prezident maktablari maqolasiga olib oʻtish tavsiya etiladi. Laziz Baxtiyorov (munozara) 12:03, 5-Oktyabr 2023 (UTC)
- Qarshiman. Maqolaning katta qaismi Prezident maktablari mavzusiga mos keladi. Andijondagi maktab haqida kam ma’lumot keltirilgan. — Kagansky munozara 04:08, 6-Oktyabr 2023 (UTC)
- Xulosa chiqarishingiz mumkin. Ibrohimjon 05:12, 6-Oktyabr 2023 (UTC)
- Qarshiman. Adminstratorlar bildirgan fikrga qoʻshilaman. Maqola tashqi koʻrinishidan xushsifatga tortadi. Lekin mano jihatidan bu fikrda emasman. — Muxriddin Azimov (munozara) 05:03, 6-Oktyabr 2023 (UTC)
Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarilmadi — qarshi ovoz bergan administratorlarning fikrlarida haqiqat bor. Jamshid Nurqul (munozara) 21:54, 30-Oktyabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.