Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Uzbekistan GTL
Qiyofa
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Mrjavokh1r (munozara) 20:45, 24-Sentabr 2022 (UTC)
Maqola mustaqil yaratilgan. Maqola ustida izlanish qilingan rasmiy saytlardan xolda va ishonchli manbalardan olingan manbalar asosida yozilgan Mrjavokh1r (munozara) 20:45, 24-Sentabr 2022 (UTC)
- Maqoladagi barcha iddaolar nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan. Kirish qismi oʻta qisqa. Vikifikatsiyalanmagan, ichki havolalar koʻrsatilmagan. Abzatslar orasiga ortiqcha joy qoldirib ketilgan. Umumiy maʼlumotlar boʻlimini tarkibidagi matnga asosan qayta nomlash zarur. Maqola hozirgi koʻrinishida statusga noloyiqdir. — Kagansky (munozarasi) 12:56, 29-Sentabr 2022 (UTC)
- @Kagansky ogʻa, maqoladagi siz aytgan kamchiliklar tuzatildimi? Jamshid Nurqul (munozara) 11:58, 10-Oktabr 2022 (UTC)
- Muallifi kichik tuzatishlar qilib maqolani tahrirlagan. Lekin yuqoridagi kamchilikning hech biri bartaraf etilmagan. — Kagansky (munozarasi) 15:58, 10-Oktabr 2022 (UTC)
- Assalomu aleykum qoʻldan kelgancha kamchiliklarini toʻldirib chiqdim. Abzatslar orasidagi joylarni olib tashladim. Umumiy maʼlumotlar boʻlimini oʻzgartirdim. Kirish qismiga maʼlumot qoʻshish muammo boʻldi. Vikifikatsiyalanmagan joyi koʻrmadim lekin. Iloji boʻlsa bitta korsatib yuborsangiz @Kagansky ustoz. Oldindan rahmat Mrjavokh1r (munozara) 18:07, 10-Oktabr 2022 (UTC)
- Ikki hafta bo'ldi, xulosa chiqarishimiz kerak. Jamshid Nurqul (munozara) 18:30, 10-Oktabr 2022 (UTC)
- Vaalaykum assalom! @Mrjavokh1r:, yaxshi mavzuni tanlagansiz. Maqola ancha boyitilgan. Lekin, kamchiliklari juda koʻp. Mavzu menga anchagina tanish boʻlgani uchun maqoladagi gaplarni qayerdan copypaste qilib, qisman oʻzgartirish kiritganingizni ham bilaman. Mavzuni obdon oʻrganib chiqib, maqolani yaxshi holatga keltirish kerak. U qisqa, loʻnda va ishonchli maʼlumotlarga boy boʻlishi zarur. Shundan soʻng uni qayta nomzodlikka qoʻysangiz boʻladi. Bunda sizga yordamlashishga tayyorman. Hozirgi koʻrinishida maqola statusga noloyiqdir. — Kagansky (munozarasi) 19:23, 10-Oktabr 2022 (UTC)
- Rahmat izoh uchun. Toʻgʻirlab chiqiladi Mrjavokh1r (munozara) 23:10, 10-Oktabr 2022 (UTC)
- @Kagansky ogʻa, maqoladagi siz aytgan kamchiliklar tuzatildimi? Jamshid Nurqul (munozara) 11:58, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]Qarshilar
[manbasini tahrirlash]- Maqola faqat tarixdan iborat boʻlib qolgan. Shu kungacha, faqatgina tarixdan iborat maqola Xushsifat statusini olganin guvohi boʻlmagan erdim. Boʻlmasam ham kerak. Mavzu yetarlicha yoritilmagan. Ichki havolalar yetarli emas. Yetarlicha nufuzli manbalar bilan tasdiqlanmagan qismlar koʻzga tashlanadi. Xususan, bilgiqutidagi 1 mlrd daromad haqidagi faktga ishora keltirilmagan. Maqola ustida shoshilmasdan, yaxshi ter toʻkib, yanada yaxshilanib kengaytirilishiga tilakdoshman! Biroq, hozircha Qarshiman. MaxiMillian(menga yozish)
- Hozircha Qarshiman. Sababi yuqorida yozilgan. — Kagansky (munozarasi) 19:26, 10-Oktabr 2022 (UTC)
Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarilmadi. Maqola 2 haftadan oritq vaqt davomida yetarlicha ovoz to'plamadi. Maqolani yaxshilab, uni yana qayta ovozga qoʻyish mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 06:54, 11-Oktabr 2022 (UTC)
- Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.