Vikipediya:Xushsifat maqola nomzodlari/Vali Muhammadxon
Asboblar
Amallar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Boshqa loyihalarda
Qiyofa
Vikipediya, erkin ensiklopediya
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator: Umid1108
Maqola oʻzbek hukmdori haqida. Avval yaratilgan maqola nufuzli manbalarga tayanib hozirgi holatigacha yaxshi holatga keltirildi. Oʻz fikringizni bildirib, ovoz berishda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman. Umid1108 (munozara) 17:20, 9-Oktyabr 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Assalomu alaykum Vali Muhammadxon Samarqand yaqinidagi Suyohjirdga noib boʻlgan gapda manba sifatida Alekeseyevning kitobini keltiribsiz, lekin men bu kitobda bu haqida maʼlumot topmadim. Keyin xotini sifatida Oyxonim keltirilgan, ammo Alekesyev Oyxonim xotini emas, balki kanizagi boʻlgani va Imomqulixon uni fatvo orqali oʻz nikohiga olgani, bu esa ular oʻrtasidagi nizoga sabablaran biri ekanligini keltirib oʻtgan. Yana Vali Muhammadxon va Imomqulixon oʻrtasidagi nizolar, Vali Muhammadxonning boshqaruv davri keng ochib berilmagan. Sizga bu haqida maʼlumotlar kiritishda Alekseyevning yuqoridagi kitobi va Mahmud ibn Valining „Bahr ul-asror“ kitobini tavsiya qilaman. Aynan Mahmud ibn Valining kitobida ashtarxoniylar haqida batafsil maʼlumotlar berilgan. Humoyun Qodirov (munozara) 04:34, 10-Oktyabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Bildirilgan fikrlaringiz uchun tashakkur. Samarqand yaqinidagi Suyohjirdda noib boʻlganligi Akbar Zamonovda keltirilgan. Manbasi tahrirlandi. Uning xotini yoki kanizagi boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Sangirova va Alekseyev tadqiqotlaridan olindi. Siz bildirib oʻtgan qolgan masalalar boʻyicha manbalarga tayanib maʼlumot kiritildi va maqola xushsifat kriteriylariga mos holatga keltirildi. Tashakkur! Umid1108 (munozara) 13:51, 16-Oktyabr 2023 (UTC)
- Alim Muhammaddan ichki havolani olib tashlash kerak. Sababi u haqida hozircha maqola yozish uchun yetarlicha maʼlumot yoʻq. — Kagansky munozara 11:15, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur. Alim Muhammaddan ichki havola olib tashlandi. Umid1108 (munozara) 11:38, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
- Nima uchun manbalarni barchasi maqolaga yoʻnaltirilgan? Shuningdek manbalarda faqat tarixchi yoki boshqa muallifning familiyasigina keltirilgan? Mirzoulugʻbek |@ 06:12, 26-Oktyabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur. Alim Muhammaddan ichki havola olib tashlandi. Umid1108 (munozara) 11:38, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
- Alim Muhammaddan ichki havolani olib tashlash kerak. Sababi u haqida hozircha maqola yozish uchun yetarlicha maʼlumot yoʻq. — Kagansky munozara 11:15, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Bildirilgan fikrlaringiz uchun tashakkur. Samarqand yaqinidagi Suyohjirdda noib boʻlganligi Akbar Zamonovda keltirilgan. Manbasi tahrirlandi. Uning xotini yoki kanizagi boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Sangirova va Alekseyev tadqiqotlaridan olindi. Siz bildirib oʻtgan qolgan masalalar boʻyicha manbalarga tayanib maʼlumot kiritildi va maqola xushsifat kriteriylariga mos holatga keltirildi. Tashakkur! Umid1108 (munozara) 13:51, 16-Oktyabr 2023 (UTC)
- Maqolada tushunarsiz jumlar, gaplar qolib ketgan. Birinchi navbatda maqola barcha oʻzbek tilini biluvchilar uchun sodda va joʻn boʻlishi kerak. Quyidagi gaplarni toʻgʻrilash kerak: 1) Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakillaridan biri Vali Muhammadxon tugʻilgan yili aniqlanmagan. Buxoro xonligida humronlik oʻzbek sulolasi axshtarxoniylar vakili Vali Muhammadning tugʻilgan sanasi aniqlangmagan yoki olimlar tomonidan aniqlangamagan. 2) Oilada Vali Muhammaddan tashqari ikki akasi Din Muhammad, Boqi Muhammad va bitta ukasi Alim Muhammad boʻlgan. Vali Muhammadning Din Muhammad, Boqi Muhammad ismli akalari va Alim Muhammad ismli ukasi boʻlgan. 3) Baʼzi manbalarda uning ismi Davlat Muhammad shaklida ham kelgan qaysi manbalarda berilgan, manbasi keltirilishi kerak va Falonchi tarixchi yoki shu manbada uning ismi Davlat Muhammad deb ham keltirilgan. 4) Taxtga kelishigacha boʻlgan davr boʻlimini qayta koʻrib chiqish kerak. akasi qachon uni Marvga hokim qilgan, qachon safaviylar yurish qilgan sanasi haqida maʼlumot berilishi kerak. 5) Mahmud ibn Vali oʻz asarida Vali Muhammadxonni Xoja Hayron maqbarasining bosh ustasi va meʼmori sifatida tilga oladi. Mana shu jumlada qandaydir noaniqlik bor. Hukmdor usta yoki meʼmor boʻlishi mumkinmi? Balki homiy boʻlgan boʻlishi mumkin. 6) Maqolaning oxirida shajara keltirilgan, uni Kelib chiqishi boʻlimiga qoʻyib, ostsarlavha sifatida Vali Muhammadxonning shajarasi deb qayta nomlash kerak va mana bundagi Vali Muhammadxon – Joni Sulton – Yormuhammad – Mangʻishloq Chavaq Sulton – Muhammadxon – Temur Sulton – Qutlugʻxon – Abay – Oʻz Temur – Toʻqay Temur – Joʻjixon – Chingizxon maʼlumotlar bilan birlashtirish kerak. 7) Maqolaning kirish qismiga hukmdorning tugʻilgan yili aniq boʻlmasa, asrni qoʻyish kerak. 8) Maqolada u jumlasi juda koʻp ishlatilgan oʻrnini Buxoro xoni yoki Vali Muhammadxon soʻzi bilan almashtirish kerak. Humoyun Qodirov (munozara) 05:25, 4-Noyabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Bildirilgan fikrlaringiz uchun tashakkur. Baʼzi manbalarda uning ismi Davlat Muhammad shaklida ham kelgan. Ushbu jumla oldin ham maqolada boʻlganligi sababli tegmagan edim. Biror manba topa olmaganim sababli oʻchirib yubordim. Qolgan masalalarni qayta koʻrib chiqib, tahrirlashga harakat qildim. Umid1108 (munozara) 13:35, 4-Noyabr 2023 (UTC)
- 4, 23, 24-manbalardagi {{sfn}} andozasi ishlamayapti. Bir tekshirib koʻrish kerak ekan. Laziz Baxtiyorov (munozara) 03:45, 24-Noyabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Sababi unda статья andozasi ishlatilgan. Shu andoza ishlatilsa yakori ishlamay qoladi. Umid1108 (munozara) 17:07, 24-Noyabr 2023 (UTC)
- Ishlamay turishi ham notoʻgʻrida. Chorasini topish kerak. Eng koʻzga tashlanadigan holat deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:05, 2-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Sababi unda статья andozasi ishlatilgan. Shu andoza ishlatilsa yakori ishlamay qoladi. Umid1108 (munozara) 17:07, 24-Noyabr 2023 (UTC)
- Humoyun Qodirov siz koʻrsatib oʻtgan kamchilik va muammoli holatlarga yetarli darajada tuzatish kiritildimi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:03, 2-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum maqolaning oxirida sulolaning hukmdorlari silsilasi keltirilgan, uni olib tashlash kerak deb hisoblyman, chunki maqola sulola haqida emas, uning vakili toʻgʻrisidadir. Keyin adabiyotlar boʻlimidagi kitob va maqolalarga (agar mavjud boʻlsa) tashqi havolalar berilsa yaxshi boʻlardi 10:53, 2-Dekabr 2023 (UTC) Humoyun Qodirov (munozara) 10:53, 2-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Nufuzli saytlarda ushbu manbalarni yuklash uchun elektron nusxalari keltirilmagan ekan. Agar havolalar boʻlsa menga yuborishingizni soʻrayman. Keyin maqolada koʻrsataman. Umid1108 (munozara) 15:21, 2-Dekabr 2023 (UTC)
- Humoyun Qodirov status berishga loyiq deb oʻylaysizmi yoki hali kamchiliklari bormi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 06:43, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum status bersa boʻladi deb hisoblayman, tarixni yaxshi biluvchi adminlar Jamshid Nurkulov, Kagansky, Mirzo Ulugʻbek, Nataev hamda xulosa chiqaruvchi Alpasli oʻz fikrlarini bildirsa yaxshi boʻlardi Humoyun Qodirov (munozara) 11:12, 6-Dekabr 2023 (UTC).
- kirish qismining oʻzida kichik kamchiliklar koʻrdim va tuzatdim. fikrimcha, kirish qismining oʻzida kamchilik boʻlishi, keyingi boʻlimlarida ham kamchilik boʻlishidan dalolat beradi. maqoladagi gʻaliz jumlalari mavjud qismlarni biroz tahrir qilib status bersa boʻladi deb oʻylayman. Alpasli (munozara) 11:32, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Avvalo fikr bildirganingiz uchun tashakkur. Baʼzi kamchiliklarni tuzatishga harakat qildim. Umid1108 (munozara) 12:27, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Kirish qismidagi qizillarni tezlikda tuzatsa boʻladimi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:04, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Balxga tegishli boʻlgan obyektlar boʻyicha maqola yozish uchun manbalar yetarli emas. Yetarlicha maʼlumot topganimdan soʻng albatta maqola yaratib qoʻyaman. Umid1108 (munozara) 18:39, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Unda qizillarni vaqtincha olib tursak boʻladimi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:31, 7-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Balxga tegishli boʻlgan obyektlar boʻyicha maqola yozish uchun manbalar yetarli emas. Yetarlicha maʼlumot topganimdan soʻng albatta maqola yaratib qoʻyaman. Umid1108 (munozara) 18:39, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Kirish qismidagi qizillarni tezlikda tuzatsa boʻladimi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 18:04, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalom aleykum. Avvalo fikr bildirganingiz uchun tashakkur. Baʼzi kamchiliklarni tuzatishga harakat qildim. Umid1108 (munozara) 12:27, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- kirish qismining oʻzida kichik kamchiliklar koʻrdim va tuzatdim. fikrimcha, kirish qismining oʻzida kamchilik boʻlishi, keyingi boʻlimlarida ham kamchilik boʻlishidan dalolat beradi. maqoladagi gʻaliz jumlalari mavjud qismlarni biroz tahrir qilib status bersa boʻladi deb oʻylayman. Alpasli (munozara) 11:32, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum status bersa boʻladi deb hisoblayman, tarixni yaxshi biluvchi adminlar Jamshid Nurkulov, Kagansky, Mirzo Ulugʻbek, Nataev hamda xulosa chiqaruvchi Alpasli oʻz fikrlarini bildirsa yaxshi boʻlardi Humoyun Qodirov (munozara) 11:12, 6-Dekabr 2023 (UTC).
- Assalomu alaykum maqolaning oxirida sulolaning hukmdorlari silsilasi keltirilgan, uni olib tashlash kerak deb hisoblyman, chunki maqola sulola haqida emas, uning vakili toʻgʻrisidadir. Keyin adabiyotlar boʻlimidagi kitob va maqolalarga (agar mavjud boʻlsa) tashqi havolalar berilsa yaxshi boʻlardi 10:53, 2-Dekabr 2023 (UTC) Humoyun Qodirov (munozara) 10:53, 2-Dekabr 2023 (UTC)
- Humoyun Qodirov siz koʻrsatib oʻtgan kamchilik va muammoli holatlarga yetarli darajada tuzatish kiritildimi? Laziz Baxtiyorov (munozara) 07:03, 2-Dekabr 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman. Yaxshi mavzuda maqola yozibsiz. Qizil havolalar biroz bisyor ekan. Boshqa kamchiliklar tuzatilibdi. Yoqimli tahrirlar tilab qolaman — Muxriddin Azimov (munozara) 17:35, 16-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Foydali maqola yaratilibdi. Taxtga kelishigacha boʻlgan davr boʻlimida valiahti soʻzidagi t harfini d ga oʻzgartirib qoʻyish kerak. Sitora Oblakulova (munozara) 05:55, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Maqola mustaqil va manbalar asosida yaratilibdi. Nominatorga omad! Ravshanov Uktamali (munozara) 12:30, 18-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Maqola XM statusi qoidalariga mos ravishda yozilgan va mustaqil ravishda manbalar orqali boyitilgan. Keyingi ishlaringizda omad tilab qolaman! Doniyor Yóldoshev (munozara) 13:48, 19-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Ajoyib maqola uchun muallifga tashakkur!!! Ibrohimjon 14:26, 24-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman. XM kriteriylariga mos Ahror Akramovich (munozara) 08:08, 30-Oktyabr 2023 (UTC)
- Roziman. Ajoyib maqola uchun. --Creobek (munozara) 12:00, 3-Noyabr 2023 (UTC) -->
- Roziman.Maqola goʻzal yozilgan. Muallifdan boshqa tarixga oid maqolalarni ham yaratishini kutib qolamiz. Mirzoulugʻbek |@ 12:20, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Avvalroq menda tarixi bilan bogʻliq boʻlim boʻyicha kichik eʼtirozli joylar bor edi. Ular ham @Humoyun Qodirov: bildirgan kamchiliklardan keyin tuzatilibdi. Maqola hozirda XM kriteriylariga mos holatda. Roziman. — Kagansky munozara 18:43, 6-Dekabr 2023 (UTC)
- Roziman. Mirzo Ulugʻbek akaning fikrini qoʻllagan holda Oʻzbekiston tarixiga oid yana maqolalarni yaratishni va boyitishni kutib qolamiz. Humoyun Qodirov (munozara) 19:10, 6-Dekabr 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarildi Oʻtgan muddat davomida nominatorga koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etildi. Maqola ushbu status uchun loyiq deb topildi. Jumladan, 10 ta rozi ovoz berildi. Hech kim qarshi ovoz bermadi. Umid1108ga yana bir sifatli maqola uchun tasahkkur aytib, yana shu va yuqori darajadagi maqolalar kutib qolamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 05:55, 7-Dekabr 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.