Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Bofort dengizi
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): PanPanChik #yozish 14:22, 6-Iyul 2023 (UTC)
Mazkur maqola Okeanlar portali doirasida yaratilgan. Shu kunga qadar hayvonot dunyosi, Yaponiyaga aloqador mavzularda bir qator statusli maqolalar yaratdim, endi fokusni Vikipediyamizda hali kashf qilinmagan soha gidrologiyaga ham qaratishni maqul koʻrdim. Statusga berilayotgan mazkur hudud joylashuviga koʻra AQSh va Kanadaning koʻplab nizolariga sabab boʻlgan va haligacha shunday. Hudud oʻzining ekomuhiti va undagi jonivorlar havfsizligi, shuningdek, global isish sababli doimiy muzliklarning erishi xususidagi bir qator muammolarni oʻz ichiga oladi. Garchi bu holat ayni yurtimiz bilan chambarchars bogʻliq boʻlmasa-da, ammo keng jamoatchilikka okean orti voqealari haqida biroz meʼlumot berishni lozim topdim. Hurmatli Vikipediyachilar: Nataev, Kagansky, Nataeva, Malikxan, Mirzoulugʻbek, Umarxon III, Artemev Nikolay, Muxriddin Azimov, Gayrat98, Alpasli, Boboyev1996, Laziz Baxtiyorov, Humoyun Qodirov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov va boshqalar iltimos mazkur maqolani shu statusga yetishida uning qoidalarga xos tarzda toʻliq tayyorlanishiga yordam bering, hamda ovoz berishda ishtirok eting. Fikrlaringizni yozib qoldirishingizni va befarq boʻlmasligingizni soʻrar edim. Maqoladagi xato va kamchiliklardan ogoh etsangiz ularni imkon darajasida tuzatishga harakat qilgan boʻlar edim. Hurmat bilan PanPanChik #yozish 14:22, 6-Iyul 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]- Ayrim joylarda tire oʻrniga chiziqcha, okina oʻrniga apostrof qoʻllanibdi.
- Inson faoliyati boʻlimidagi „Hududdagi qadimgi davrga oid daʼvolar (masalan, 30kya) qadimtarixga ega“ tushunarsizdek. Muzaffar Murodovichmunozara 05:57, 7-Iyul 2023 (UTC)
- Salom! Avvalo fikrlar uchun tashakkur! Siz aytgan kamchiliklar:
- Chiziqchalar tuzatilib chiqdi) Okina bilan bogʻliq muammo esa vikifikatorlandi. Soʻnggi tahrir visual boʻlgani sababli okinalarga olishtirib vikifikatorlashni unutibman)))
- Siz keltirgan jumlaga kelsak, enwikida bu jumlaga qoʻshimcha maʼlumot qoʻshilibdi. Lekin kya nazarimda yangi dunyo davrlari qoʻllanilishidagi tushunarsizliklar mavjudligi sababli bu gapdan voz kechildi. Yana xatoliklar boʻlsa koʻrsatib oʻtsangiz. PanPanChik #yozish 04:39, 10-Iyul 2023 (UTC)
- Salom! Avvalo fikrlar uchun tashakkur! Siz aytgan kamchiliklar:
- Ichki havolalarni koʻrsatish/koʻrsatmaslik bilan bogʻliq kamchiliklarni tuzatib chiqish zarur. Masalan, Shimoliy [[Shimoliy Muz okeani|Muz okeanining]] emas, [[Shimoliy Muz okeani]]ning. EnWikida ichki havola koʻrsatilgan mavzular UzWikida ichki havolasiz boʻlib qolyapti. — Kagansky munozara 20:55, 11-Iyul 2023 (UTC)
- Aytilgan kamchiliklar bartaraf etildi. Ayrim turlarning ilmiy nomlanishi va tarjimasida hatoliklar kuzatilmasligi uchun enwikidan ichki wikilinklarning barchasi toʻliq oʻtkazilmadi. Lekin mavjud va yaratilishi mumkin boʻlgan hudud va jonivor nomlariga ichki havollaar berib oʻtildi. PanPanChik #yozish 14:26, 13-Iyul 2023 (UTC)
Florasi va faunasi boʻlimida:
- Baʼzi qavslar yopilmay qolibdi. (dan oldin boʻshliq boʻlishi kerak. Apostrofli ichki havola bor ekan, toʻgʻrilash kerak. Verguldan oldin boʻshliq boʻlmagani maʼqul. Muzaffar Murodovichmunozara 07:26, 14-Iyul 2023 (UTC)
- Yana qarang boʻlimida qizillar koʻp ekan. Fikrimcha YM statusida bunday boʻlim boʻlmagani yaxshi boʻladi. Sababi, yana qarangdagi ichki havolalar maqola tarkibidagi gaplar ichiga yedirilgan boʻlsa ajoyib ish boʻlar edi. — Kagansky munozara 19:47, 14-Iyul 2023 (UTC)
- Kagansky, ha bu holat oʻzimni ham oʻylantirdi. Lekin baxtga qarshi eng boshida aytganimdek UzWikida gidrologiya haqida deyarli maqola yoʻq. Okeanlar portalini yaratish davomida bunga amin boʻldim. Shu sababli ham yana qarang boʻlimi qizillanib yotibdi. Bu holatda qanday yoʻl tutishga hayronman. Lekin barcha qizil maqolalar yaratilguncha ham kutib oʻtira olmayman va yolgʻiz oʻzim ularning barchasini ham tahrirlab chiqa olmayman. Nimani maslahat bergan boʻlar edingiz? PanPanChik #yozish 13:57, 16-Iyul 2023 (UTC)
- Muzaffar Murodovich, koʻrib chiqib tuzatib qoʻydim. Bu Amerika kestrali maqolasida jonivor nomlari haqidagi fikrimdan keyin oʻz maqolamda qilingan tahrirlar asnosida qolib ketibdi. Eʼtibor uchun rahmat))) PanPanChik #yozish 14:00, 16-Iyul 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman — Ajoyib. Kamchiliklar tuzatilibdi. Lekin qizil havolalar xiyla bisyor ekan. Koʻkartirilsa yanada ajoyib boʻlardi. Muxriddin Azimov (munozara) 18:33, 13-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman. YM talablariga mos keladi. Maqola muallifiga tashakkur. Muzaffar Murodovichmunozara 14:16, 16-Iyul 2023 (UTC)
- Roziman — Yaxshi maqola statusiga mos. Qizil havolalarga kelsak, {{tarjima qilinmagan 5}} andozasidan foydalanishni maslahat beraman. Uni kaminai nokamtariningiz ruscha Vikipediyadan olgan. Umarjon Rahimov (munozara) 14:24, 16-Iyul 2023 (UTC).
- Roziman. YM statusi kriteriylariga mos maqola. Anchagina kamchiliklari tuzatilib sayqallanibdi. Ajoyib! — Kagansky munozara 20:41, 17-Iyul 2023 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarildi — nominatorga tashakkurlar, davomli boʻlsin! Jamshid Nurqul (munozara) 22:00, 17-Iyul 2023 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.