Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Moliyaviy piramida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nominator(lar): Young Economist7 (munozara) 12:04, 28-Dekabr 2022 (UTC)

Maqolada moliyaviy piramida, uning tarixi, oʻziga xos xususiyatlari, moliyaviy piramidaga oʻxshash sxemalar haqida maʼlumot berilgan. Maqolada tarixda sodir boʻlgan moliyaviy piramidalar misol tariqasida keltirilgan. Young Economist7 (munozara) 12:04, 28-Dekabr 2022 (UTC)

Salom! Quyida statusga nomzod maqolaga doir kamchiliklar toʻgʻrisida izohlarimni yozdim:
  1. Maqolaning muqaddima qismi uning qolgan qismining qisqacha mazmuni shaklida yozilishi zarur;
  2. Statusli maqolaning muqaddimasidagi iddaolarga odatda manba (snoska) koʻrsatilmaydi. Sababi ular maqolaning qolgan qismida koʻrsatilgan boʻladi;
  3. Tire belgisini ishlatishdagi xatolarni tuzatish talab etiladi;
  4. Bir yerda „X %“ boshqa yerda „X foiz“ tarzida yozilgan. Ularning barchasini bir xil koʻrinishda yozish kerak;
  5. „Oʻzbekistondagi moliyaviy piramidalar“ boʻlimi ortiqcha. Undagi gaplarni „Piramidalarga misollar“ boʻlimiga kiritish zarur;
  6. „Jeffries, Ian. A Guide to the Economies in Transition, 1996 — 379 bet. ISBN 0-415-13684-9.“ snoskada 2 marta alohida yozilib, takror qoʻllanilgan. Ularni <ref name=""></ref> yordamida birlashtirish kerak boʻladi;
  7. Adabiyotlar boʻlimidagi quyidagi kitoblarga tegishli snoskalarni maqolada keltirish kerak, buning iloji topilmasa, ularni Adabiyotlar boʻlimidan oʻchirish kerak: Frankel, Tamar. The Ponzi Scheme Puzzle : A History and Analysis of Con Artists and Victims. New York: Oxford University Press, 2012. ISBN 978-0-19-992661-9.; Kindleberger, Charles P.; Aliber, Robert Z.. Manias, Panics, and Crashes : A History of Financial Crises, 5th, Hoboken, N.J.: John Wiley & Sons, 2005.; Lewis, Mervyn K.. Understanding Ponzi schemes. Cheltenham, UK: Elgar, 2016. ISBN 978-1786433404.; Чиркова Е. Анатомия финансового пузыря. — M.: Кейс, 2010. — 630 с.;
  8. Adabiyotlar boʻlimidagi quyidagi kitoblarga snoska toʻliq rasmiylashtirilmagan — iddao keltirilgan betlar koʻrsatilmagan: Dash, Mike. Tulipomania: The Story of the World's Most Coveted Flower and the Extraordinary Passions It Aroused. New York: Three Rivers Press, 2011. ISBN 978-0-307-56082-7.; Springer, Marie. The Politics of Ponzi Schemes : History, Theory, and Policy. New York, NY: Routledge, 2021.; Zuckoff, Mitchell. Ponzi's Scheme : The True Story of a Financial Legend. New York: Random House, 2005.;
  9. Umuman, bulardan tashqari kitoblardan keltirilgan boshqa snoskalarda ham shu holat kuzatiladi. — Kagansky (munozarasi) 16:24, 29-Dekabr 2022 (UTC)
    Assalomu alaykum! Sizning maslahatlaringiz asosida quyidagi o'zgarishlar qilindi:
    1. Muqaddima qismi o'zgartirildi;
    2. Muqaddima qismdagi snoskalar olib tashlandi;
    3. Xato qo'yilgan tirelar olib tashlandi;
    4. Barcha X % lar o'zrniga X foiz qo'yildi;
    5. Bo'lim o'chirildi;
    6. Xato tuzatildi;
    7. Чиркова Е. Анатомия финансового пузыря. — M.: Кейс, 2010. — 630 с adabiyoti olib tashlandi, qolgan adabiyotlarga snoskalar keltirildi;
    8-9. Iddaolar keltirilgan betlar ko'rsatildi. Young Economist7 (munozara) 04:51, 6-Yanvar 2023 (UTC)
    Ajoyib! Koʻrsatilgan betlar orasiga chiziqcha oʻrniga tire qoʻyib chiqish kerak boʻladi. — Kagansky (munozarasi) 07:51, 7-Yanvar 2023 (UTC)
    Koʻrsatilgan betlar orasiga chiziqcha oʻrniga tire qoʻyildi Young Economist7 (munozara) 10:42, 7-Yanvar 2023 (UTC)

Qizib ketish va qulash
„Tarixi“ boʻlimida „1637-yil fevral oyida qizib ketgan bozor quladi va kafolatlanmagan lola shartnomalarini sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida koʻp yillik sud ishlari boshlandi.“ deb yozilgan, shu gapdagi „qizib ketgan bozor quladi“ jumlasining maʼnosi nima? Kimdir bozorda olov yoqib uni qizdirib qulatganmi? Qizish deganda nimani tushunish lozim? Shu jumlani oʻzbek tilida normal maʼno anglatadigan boshqa jumla bilan almashtiring. Jamshid Nurqul (munozara) 21:43, 8-Yanvar 2023 (UTC)

„Qizish“ va „qulash“ gʻaliz soʻzlar hisoblanmaydi. Qarang: https://en.wikipedia.org/wiki/Overheating_(economics) va https://en.wikipedia.org/wiki/Stock_market_crash . Rus tilida ham „Перегрев экономики“ va „Падение (обвал) рынка“ wikida qoʻllaniladi va nufuzli manbalar tomonidan tasdiqlangan https://www.imf.org/external/pubs/ft/fandd/rus/2008/12/pdf/fd1208r.pdf. Shunday boʻlsa-da, oʻzbek tilida oʻquvchi uchun tushunarliroq jumlaga almashtirdim Young Economist7 (munozara) 06:12, 9-Yanvar 2023 (UTC)
O'zbek tilida nima g'aliz, nima g'aliz emasligini menga o'rgatmang! Qayerda o'qigansiz atamalar kalka tarjima qilinadi deb? Masalan, ruschadagi Плоскогубцы комбинированные maqolasini o'zbekchaga "Kombinatsiyalashgan tekislablar" deb tarjima qilasizmi? O'zbek tili ustozingizning padariga salomimni yetkazib qo'ying! Jamshid Nurqul (munozara) 10:40, 10-Yanvar 2023 (UTC)

 Bajarilmadi. Ikki hafta davomida birorta ham ovoz toʻplay olmadi. Jamshid Nurqul (munozara) 10:45, 10-Yanvar 2023 (UTC)

Ushbu sahifada boshqa tahrir qilinmasligi lozim.