Vikipediya:Yaxshi maqola nomzodlari/Murgʻob tumani
- Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Nominator(lar): Janob Mirzaolim (munozara) 11:20, 4-Iyul 2024 (UTC)
Ushbu maqola Tojikistonning sharqidagi tumani haqida. Murgʻob mamlakatning ham eng sharqiy, ham eng yirik tumani sanaladi. Maqolada tuman haqida yetarlicha yoritilgan. Maqolaning ruscha varianti yaxshi maqola statusini olgan. Sizlardan ushbu maqola bilan tanishib chiqib, unga Yaxshi maqola statusini berishingizni soʻrayman. Janob Mirzaolim (munozara) 11:20, 4-Iyul 2024 (UTC)
- Salom! Maqola bilan tanishib chiqdim. Nima sababdan ikkala maqolangizda ham maʼmuriy birlik jumlasini ishlatgansiz? Ushbu maqolada esa maʼmuriy birlik, tuman. Ikkovidan birini tanlagan maʼqul menimcha. Bundan tashqari, Etimologiyasi qismidagi "yaylovdan oqib oʻtuvchi daryo yoki suv" bu qoʻshtirnoq ishlatiladimi uzwikida? Bularni inoabatga olasiz degan umiddaman. Komilhuja 10:26, 8-Iyul 2024 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Baʼzi xatoliklarga koʻzim tushdi:
- Etimologiyasi qismi vikifikatsiyaga muhtoj.
- Geografiyasi qismida manbalar bilan xatolik bor:
- Tumanning maydoni 37 265 ming km²[4] boʻlib, bu koʻrsatkich bilan Togʻli-Badaxshon tumanlari orasida birinchi oʻrinda turadi.
Hozircha koʻzim tushganlari shular Xoqoni Said yozish 17:49, 7-Iyul 2024 (UTC)
Koʻp qismida sonlar bilan ishlashdagi xatoliklarni, ayrim gʻaliz jumlalarni imkon qadar toʻgʻrilab qoʻydim. Biroq „Murgʻob tumani tarkibiga 1 ta shaharcha, 5 ta jamoat va 18 ta qishloq kiradi“ gapidagi jamoat aynan qanday hududni anglatishini tushunolmadim. Tojikiston maqolasida ham bunday nomdan foydalanilmagan ekan. Shu soʻzni jamoat markazi yoki boshqa tushunarliroq jumla bilan alishtirish kerak, menimcha. Sitora Oblakulova (munozara) 04:44, 15-Iyul 2024 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Bajarilmadi — Berilgan muddat davomida maqola uchun hech kim ovoz bermadi, bir nechta foydalanuvchi maqoladagi kamchiliklarni keltirib oʻtsa ham nominator u kamchiliklar tuzatilgan yoki tuzatilmaganini maʼlum qilmadi. Maqola tarixiga qaralganida]] nominator maqolani soʻnggi bor 2023-yilning 26-dekabrida tahrir qilgani, yaʼni maqola nomzodligi davrida tahrir qilmaganini koʻrish mumkin. Nominator ovoz berish jarayonlariga qiziqishini yoʻqotgan deb ayta olamiz. Jamshid Nurqul (munozara) 13:06, 18-Iyul 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.