Vikipediya munozarasi:Rasmiyatchilikka soʻrovlar
Imkon borida rasmiyatchilarni koʻpaytirib olish
[manbasini tahrirlash]- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
@Abdulla, Azim, Uzgen, va Casual: va @Nataev, Amir.Temur, Xusinboy Bekchanov, va Sociologist:; @Umarxon III, Farsizabon, ITPRO.UZ, va MrErgashev: Men yakkayu yagona rasmiyatchimiz borligidan foydalanib, ushbu huquqni yana boshqa foydalanuvchilarga ham berilishligini taklif qilaman. Bu hozirgi rasmiyatchimiz yaxshi faoliyat yuritmayapti degani emas. Chunki rasmiyatchi ikkita yoki uchta boʻlsa, uzoq muddat ichida biri boʻlmasa ikkinchisi, yoki boshqasi boʻlishi mumkin. Shunday qilib, uzwikining metaga boʻlgan bogʻliqligi (admin, bot yoki boshqa huquqlarni berish) ancha kamayib turadi. Hozircha rasmiyatchimizning biz bilan aloqalari bor. Lekin yana qancha muddat uzwiki bilan aloqada boʻlib turarlar bunisi qorongʻu.
Masalan, rasmiyatchisi yoʻq vikilugʻatni olsak. Admin boʻlish uchun avval har doim „ovoz bering“, keyin metaga yozish, metadagilar ham 6 oy, 1 yilga adminlik huquqini beradi tamom. Keyin yana, agar foydalanuvchi xohlasa, shu ish boshidan takrorlanadi.
Xullas, ikki yoki uchta rasmiyatchi bir birlariga xalal bermaydilar. Yuqoridagi fikrlarimdan kelib chiqib quyidagi ikki foydalanuvchiga rasmiyatchi huquqini berilishini taklif qilaman (albatta, foydalanuvchilar oʻzlari rozi boʻlishsa). Kimda yana boshqa takliflari boʻlsa, marhamat. --Ximik1991 (munozara) 13:17, 1-Mart 2016 (UTC)
Menimcha, hamma hayron shekilli, yoki {{ping}} yaxshi ishlamaganga oʻxshaydi. Bir haftadan oshiq vaqt oʻtdi, lekin hech bir reaksiya boʻlmadi.
Nomzodlikka qoʻyilgan foydalanuvchilar, iltimos, oʻzlaringning roziliklaringni bildirib qoʻyinglar. --Ximik1991 (munozara) 11:23, 9-Mart 2016 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.