Kontent qismiga oʻtish

Viktor Bugayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Viktor Antonovich Bugayev (1908.6.10, Smolensk — 1974.2.4, Moskva) — meteorolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), geogr. fanlari doktori (1960), professor (1962). Smolensk universitetining fizikamat, fakultetini tugatgan (1930). Novosibirsk (193035), Oʻzbekiston obhavo byurosi boshligʻi (193540), Toshkent geofizika rasadxonasida katta ilmiy xodim (1940—46), direktor (1946—52), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika va mexanika instituti direktori (1952—57). 3Antarktika ekspeditsiyasi aerometeorologiya guruhi boshligʻi (1958—59), Sobiq Ittifoq gidrometeorologiya markazi direktori (1966—73), 1973-yildan Moskva universiteti meteorologiya va iklimshunoslik kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari obhavoni qisqa va uzok, muddatga oldindan prognozlashning ehtimollik usullari masalalariga bagʻishlangan. Dinamik iklimshunoslik toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos solgan. Jahon obhavo xizmatini tashkil etish tashabbuskorlaridan biri. AQSH meteorologiya jamiyatining faxriy aʼzosi (1972). Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutiga B. nomi berilgan (1975).

  • Texnika sinopticheskogo analiza i prognoza, L., 1947.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ocherki razvitiya gidrometeorologii Sredney Azii, L., 1993.