Viktor Ivanovich Belyayev
Viktor Ivanovich Belyayev | |
---|---|
Tavalludi |
28-aprel (11-may) 1902 yoki 1902 Тoshkent, Тurkiston o‘lkasi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
7-may 1976 yoki 1976 Leningrad, RSFSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR RSFSR Rossiya imperiyasi |
Sohasi | arabshunos |
Ish joylari | SSSR Fanlar akademiyasining Kitoblar, hujjatlar va xatlar instituti, SSSR FA Iqtisodiyot institutining qo‘lyozmalar bo‘limi, Akademik I.Yu. Krachkovskiy nomidagi arabshunoslik kabineti, Leningrad davlat universiteti Sharq fakulteti |
Taʼlimi | Leningrad davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Akademik rahbarlari | Krachkovskiy Ignatiy Yulianovich |
Mashhur shogirdlari | A. A. Dolinina, O. B. Frolova, P. G. Bulgakov, A. B. Xalidov, Ya. B. Grunntfest, S. M. Basiyeva, P. A. Gryaznevich. |
Mukofotlari |
Viktor Ivanovich Belyayev (28-aprel [11]-may 1902, Toshkent, Rossiya imperiyasi — 7-may 1976, Leningrad, SSSR) — sovet arabshunos tarixchisi, arab qoʻlyozmalari boʻyicha mutaxassis. Filologiya fanlari nomzodi, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi advokat bo‘lgan. 1921-yilda Turkiston Sharq institutiga o‘qishga kirib, arab tilini o‘rgangan. 1923-yilning kuzida Leningrad davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakultetining etnologiya-lingvistika bo‘limiga o‘qishga kirib, arab tili va adabiyoti, shuningdek, fors tilini o‘rgangan. 1925-yilda Leningrad davlat universitetini tamomlagan[1].
Universitetni tugatgach, Osiyo muzeyiga stajyor sifatida qabul qilingan (1926-1929). 1933-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Kitoblar, hujjatlar va xatlar institutiga ishga kirgan. Arab numizmatik kolleksiyalari, arab paleografiyasi va papirologiya yodgorliklarini o‘rgangan. 1936-yil oxirida bu institut Tarix instituti bilan birlashtirilgan, shu munosabat bilan Belyayev Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar bo‘limiga ishga o‘tgan. U yerda islom fondi qoʻlyozmalarining tavsifi bilan shugʻullangan, arab tili idorasida ishlagan. Turkmaniston tarixiga oid arab manbalarini tarjima qilish bilan shugʻullangan. 1937-yil boshida filologiya fanlari nomzodi bo‘lgan[1].
1939-1940-yillarda Sovet-Fin urushida qatnashgan. Yarador bo‘lgach, institutda yana ilmiy ish bilan shug‘ullangan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida Belyayev Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda dastlab Kalugada, keyin Toshkentda ijodiy safarda bo‘lgan[1].
1945-yil 15-apreldan 1950-yilgacha SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar boʻlimi mudiri. Belyayev qoʻlyozma materiallarini saqlashda toʻliq tartib oʻrnatgan, uning ishtiroki va rahbarligida institut qoʻlyozmalarining koʻplab kataloglari tuzilgan. 1951-yilda I.Yu. Krachkovskiy vafotidan keyin Belyayev SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti arabshunoslarining Leningrad guruhiga rahbar etib tayinlangan, keyinchalik bu institut akademik I. Yu. Krachkovskiy nomidagi arabshunoslik kabinetiga aylantirilgan[1].
1959-yil oxirida Leningrad davlat universitetining Sharq fakultetiga arab filologiyasi kafedrasi mudiri lavozimiga o‘tkazilgan. 1963-yil oktabr oyida professor ilmiy unvonini olgan[1].
Qohira arab tili akademiyasining muxbir aʼzosi (boshqa bayonotga koʻra — faxriy aʼzosi). Sharqshunoslarning xalqaro qurultoylarida ishtirok etgan[1].
1940-yildan Belyayev ,,Abbosiylar xalifaligi tarixchisi as-Suliy (X asr)" nomli doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. Sharqshunoslik arxivida saqlanayotgan hujjatlarga ko‘ra, Belyayevning dissertatsiya ustida ishlashiga og‘ir turmush sharoiti to‘sqinlik qilgan. Olim keksa qaynotasi va kasal rafiqasi bilan 1 xonali kommunal kvartirada yashagan. Belyayev ishlagan as-Suliyning arabcha matni tarjimasini uning shogirdi Anas Xolidov yakunlagan[1].
Publikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- as-Suli, Abu Bakr Muhammad. Kitob al-Avroq / Krit. tekst, per. na rus. yaz. V. I. Belyayeva i A. B. Xalidova; predisl., primech. i ukaz. A. B. Xalidova. — SPb.: Sentr „Peterburgskoye vostokovedeniye“, 1998. — 592 s. — (Pamyatniki kulturi Vostoka: Sankt-Peterburgskaya nauchnaya seriya. V).
- Koran. Perevod i kommentarii I. Yu. Krachkovskogo / Redaktor V. I. Belyayev. [Predisloviye V. I. Belyayeva i P. A. Gryaznevicha]. — M., 1963.
- Koran. Perevod i kommentarii I. Yu. Krachkovskogo / Pod redaktsiyey V. I. Belyayeva [Predisloviya V. I. Belyaeva i P. A. Gryaznevicha]. — 2-e izd. — Glavnaya redaksiya vostochnoy literaturi izdatelstva „Nauka“, 1986. — 727 s.
- Mes A. Musulmanskiy Renessans / Per. s nem., predisl., bibliogr. i ukazatel D. Ye. Bertelsa. Otvetsvenniy redaktor V. I. Belyayev. — 2. — M.: Glavnaya redaksiya vostochnoy literaturi izd. „Nauka“, 1973. — 473 s.
- Petrushevskiy I. P. Islam v Irane v VII—XV vekax (kurs leksiy) / Otvetsvenniy redaktor V. I. Belyayev. — L.: Izdatelstvo LGU, 1966.
- Mikluxo-Maklay N. D. Opisaniye tadjikskix i persidskix rukopisey Instituta narodov Azii. Vipusk 2. Biograficheskiye sochineniya / Otvetstvenniye redaktori I. A. Orbeli, V. I. Belyayev. — M.: IVL, 1961.
- Mixaylova A. I. Katalog arabskix rukopisey Instituta narodov Azii i Afriki Akademii Nauk SSSR. Vipusk 2. Geograficheskiye sochineniya / Otvetsvenniy redaktor V. I. Belyayev. — M.: IVL, 1961.
- Gibb X. A. R. Arabskaya literatura. Klassicheskiy period. [Arabskaya literatura. Perevod s angl. A. B. Xalidova; Musulmanskaya istoriografiya. Perevod s angl. P. A. Gryaznyevicha] / Otvetsvenniy redaktor V. I. Belyayev. — M.: Izdatelstvo vostochnoy literaturi, 1960.
- Xalidov A. B. Katalog arabskix rukopisey Instituta narodov Azii Akademii Nauk SSSR. Vipusk 1. Xudojestvennaya proza / Otvetsvenniy redaktor V. I. Belyayev. — M.: IVL, 1960.
- Mikluxo-Maklay N. D. Opisaniye tadjikskix i persidskix rukopisey Instituta vostokovedeniya. Vipusk 1 / Otvetsvenniye redaktori V. I. Belyayev, D. I. Tixonov. — M.—L.: Izdatelstvo Akademii Nauk SSSR, 1955.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Винников И. Н., Долинина А. А. „Виктор Иванович Беляев (к семидесятилетию со дня рождения)“, . Учёные записки ЛГУ им. А. А. Жданова. № 374. Серия востоковедческих наук. Востоковедение, I. К 70-летию профессора В. И. Беляева. Л.: Издательство ЛГУ — 3—14-bet.
- Miliband S. D. Vostokovedi Rossii: XX — nachalo XXI veka: biobibliograficheskiy slovar: v 2 knigax / otv. red. V. M. Alpatov. — IV RAN; INION RAN. — M.: Vostochnaya literatura, 2008. — T. 1: A—M. — 968 s. — ISBN 978-5-02-036365-6.
- Dolinina A. A., Dzevanovskiy V. M. Viktor Ivanovich Belyaev (1902—1976). Jizn i tvorchestvo (po fondam Arxiva vostokovedov Instituta vostochnix rukopisey RAN) // Rossiya i Palestina: nauchnie i kulturnie svyazi (po materialam arxivnix, rukopisnix, knijnix i muzeynix fondov). — SPb.: BAN, 2018. — S.15—37. ISBN 978-5-336-00236-2.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Грушевой А. Г. „Виктор Иванович Беляев“. ИВР РАН. Qaraldi: 2014-yil 7-sentyabr.
- Krivonojenko A. F., Rostovsev Ye. A. Belyaev Viktor Ivanovich // Setevoy biograficheskiy slovar istorikov Sankt-Peterburgskogo universiteta XVIII—XX vv.