Viktor Kalmikov
Viktor Kalmikov |
---|
Viktor Petrovich Kalmikov (1908-yil 18-noyabr, Toshkent – 1981-yil 7-mart[1]) sovet meʼmori. Havodagi shahar „Saturniy“ loyihasi muallifi. RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Kinematografiya boshqarmasi meʼmori hamda SSSRda kinoteatrlarni loyihalash va qurish boʻyicha bosh mutaxassis[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kalmikov 1908-yil 18-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.
Viktor Kalmikov 1930-yil Moskva Oliy Sanʼat va Texnika Institutini tugatgan[3].
Viktor Petrovich 20–30-yillardagi sovet romantizmining koʻzga koʻringan vakili edi. U shahar arxitektorlari uyushmasi ARU aʼzosi boʻlgan[3].
Kalmikov havodagi kelajak shahri loyihasining muallifi („Saturniy“ loyihasi, 1930-yil). U butun dunyo boʻylab havoga koʻtarilgan va ekvator boʻylab Yer tezligida aylanadigan halqa shahar yaratishni taklif qilgan[3].
Keyinchalik RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi qoshidagi Kinematografiya boshqarmasida meʼmor boʻlib ishlagan. Bundan tashqari SSSRda kinoteatrlarni loyihalash va qurish boʻyicha bosh mutaxassis boʻlgan. SSSRning turli shaharlarida 1935-yildan 1940-yilgacha qurilgan 60 ta kinoteatrdan 50 tasi Viktor Petrovich Kalmikov[3] loyihasi boʻyicha qurilgan.
1941-yilda Kalmikovning „Arxitektura i proyektirovaniye kinoteatrov“ nazariy asari nashr etildi[4].
Meʼmor 1981-yil 7-martda vafot etgan.
Mashhur loyihalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viktor 1931-yil Kashirada Rodina kinoteatrini loyihalashtirgan.
1935-yil Derbentda ham „Rodina“ kinoteatriga boshchilik qilgan, ammo keyinchalik teatr buzib tashlangan.
Viktor 1935–1955-yillarda Saratovda, 1936-yil Nalchikda „Pobeda“ kinoteatrini hamda 1937-yil Taganrogda „Oktyabr“ kinoteatri loyihasini chizgan.
Meʼmor Kalmikov 1937-yilda Oryolda „Rodina“ kinoteatri va 1937-yilda Tverda „Zvezda“ kinoteatri layihasini yaratgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Архитекторы Приенисейской Сибири. Конец XIX — начало XXI века. Иллюстрированный биографический словарь. 540 имен, 2004.
- ↑ „Калмыков Виктор Петрович (1908–1981)“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Xan-Magomedov S. O. Viktor Kalmikov. – M.ː RIP-xolding, 2011. – 160 s. – ISBN 978-5-91566-029-7.
- ↑ Kalmikov V. P. Arxitektura i proektirovanie kinoteatrov. – M.ː Izd. Akademii arxitekturi SSSR, 1941. – 116 s.
- ↑ „КАЛМЫКОВ Виктор Петрович“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.