Viktor Mixaylov
Viktor Konstantinovich Mixaylov (1932-yil 8-mayda Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati Lisogorskiy tumanidagi Uritskoy qishlogʻida tugʻilgan — 2003-yil 23-sentabrda Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasida vafot etgan) — sovet davlat va xoʻjalik arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viktor Mixaylov 1932-yilda Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati Lisogorskiy tumanidagi Uritskoy qishlogʻida dunyoga kelgan.
- 1957-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
- 1954-yilda Saratov qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash institutini (muhandis-mexanik) tamomlagan.
- 1954-1965-yillarda — Jarqoʻrgʻon mashina-ekskavator stansiyasi bosh muhandisi, bosh mexanigi, Oʻzbekiston SSR Glavvodstroy „Surxonvodstroy“ qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi (Oʻzbekiston SSRning janubiy hududida istiqomat qilib suv xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlari, maishiy ob’ektlar, qurilishiga rahbarlik qilgan) lavozimlarida faoliyat olib borgan.
- 1965-1982-yillarda — KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning Surxondaryo viloyat qoʻmitasi qurilish va sanoat boʻlimi mudiri, KPSS Surxondaryo viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotibi vazifasida ishlagan.
- 1982-1986-yillarda — Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari;
- 1986-1998-yillarda — Oʻzbekiston SSR uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri boʻlib faoliyat olib borgan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 8-, 9-, 10- va 11-chaqiriqlari deputati. SSSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq deputati.
- 1972-1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzosi;
- 1983-1986-yillarda Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Byurosi aʼzosi hisoblangan.
Viktor Mixaylov 2003-yilda Toshkentda vafot etgan. U shahar markazidagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi — Konstantin Aleksandrovich Mixaylov, Saratov viloyatidagi Mashina-traktor stantsiyasi va sovxoz direktori lavozimlarida ishlagan.
Onasi — Mixaylova Olga Lukinichna.
Turmush oʻrtogʻi — Mixaylova Mariya Ivanovna (ilgarigi familiyasi Brosalova).
Katta oʻgʻli - Mixaylov Aleksandr Viktorovich, qurilish muhandisi.
Kenja oʻgʻli — Mixaylov Vyacheslav Viktorovich, muhandis-gidravlik, iqtisod fanlari nomzodi, iqtisod fanlari professori (PhD).
Oʻgʻil nabirasi - Konstantin, qiz bola nabirasi — Aleksandra.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oktabr inqilobi“ ordeni;
- „Qizil Bayroq“ ordeni (3);
- „Shon-sharaf belgisi“ ordeni;
- „Doʻstlik“ ordeni;
- „SSSR davlat chegarasini himoya qilishdagi xizmatlari uchun“ medali;
- Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan „Jasoratli mehnati uchun“ medali;
- „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi“;
- „SSSR VDNK“ (Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasi) oltin medali;
- „SSSR VDNX“ kumush medali sohibi(3karra);
- 1992-yili „Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi“ bilan taqdirlangan[1]
- 1995-yilda "Do‘stlik" ordeni bila mukofotlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 8 may 1992 года № УП-400 «О награждении тт. Искандарова И., Латипова Х., Михайлова В.К. и восстановлении в награде Габрильяна В.Р.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1995-yil 31-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 30-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining to‘rt yilligi munosabat bilan mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР. Девятый созыв. — Ташкент: Издательство «Узбекистан», 1976. — 336 с.
- Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР. Десятый созыв. — Ташкент: Издательство «Узбекистан», 1981. — 339 с.
- Депутаты Верховного Совета СССР. Одиннадцатый созыв. — М.: Издательство «Известия», 1984. — 543 с.
- Ташкент. Энциклопедия. — Ташкент: Главная редакция Узбекской Советской Энциклопедии, 1983. — 416 с.
- Республика Узбекистан: Энциклопедия. — Ташкент: Издательство «Комуслар Бош тахририяти», 1997. — 656 с.
- Газета "Правда Востока", №5 (22171). — Ташкент: типография издательства ЦК Компартии УзССР, 1990.
- Газета "Народное слово", №57 (1067). — Ташкент: ГСП, 1995.
- 8-mayda tugʻilganlar
- 1932-yilda tugʻilganlar
- 23-sentyabrda vafot etganlar
- 2003-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston maqtov yorligʻi sohiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSR xalq komissarlari va vazirlari
- Oʻzbekiston vazirlari