Viktor Poslavskiy
Viktor Vasilyevich Poslavskiy | |
---|---|
Tavalludi |
10-noyabr 1896-yil Batumi |
Vafoti |
17-may 1979-yil (82 yoshda) --> Moskva |
Istiqomat joylari | Fargʻona, Toshkent, Moskva |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | gidrotexnik, meliorator |
Taʼlimi | Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasi |
Mukofotlari |
|
Viktor Vasilyevich Poslavskiy (1896-yil 10-noyabr, Batumi – 1979-yil 17-may, Moskva) – gidrotexnik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi (1943), VASXNIL (1956) akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950). Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976).
Petrovsk qishloq xoʻjaligi akademiyasi muhandislik fakultetini tugatgan (1923). Oʻrta Osiyodagi yirik irrigatsiya va gidrotexnika inshootlarini loyihalash va ularni qurishda qatnashgan (1923—1933). Katta Fargʻona kanali qurilishi (1939—1940), Farhod GES loyihasi (1942—1949) bosh muhandisi, Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1949—1950). 1950—1963-yillarda turli suv xujaligi va ilmiy tadqiqot muassasalarida ishlagan. Ilmiy ishlari sugʻorish va Oʻrta Osiyo suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga bagʻishlangan, koʻndalang uyurma hodisasiga asoslangan suv olish uzellarining original konstruksiyasini yaratgan[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1896-yil 10-noyabrda Batumida tugʻilgan. 1915-yilda Fargʻonadagi gimnaziyani tugatib, Moskva qishloq xoʻjaligi institutiga oʻqishga kirgan. Birinchi jahon urushi va fuqarolar urushida qatnashgan. 1923-yilda Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan. Oʻsha yildan boshlab Oʻrta Osiyo shaharlaridagi turli suv xoʻjaligi muassasalarida ishlagan, irrigatsiya tizimlari va gidrotexnika inshootlarini izlash, loyihalash, qurish bilan shugʻullangan. Oddiy muhandislikdan bosh qurilish muhandisigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan[2].
Katta Fargʻona kanali bosh uzeli qurilish ishlariga rahbarlik qilgan. 1942-yildan Shimoliy Toshkent kanali qurilishi bosh muhandisi, Farhod GESni loyihalash boʻyicha bosh muhandis. 1949—1950-yillarda Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbarlik qilgan. Bundan tashqari, u Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi (1943) va Butunrossiya qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining (1966) haqiqiy aʼzosi[3], toʻrt yil davomida Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimida ishlagan (1943—47), shuningdek, Toshkent suv xoʻjaligi politexnikumi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida dars bergan. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat etib saylangan[2].
Viktor Poslavskiy Fargʻona vodiysining energetik sugʻorish sxemasini tuzishda faol ishtirok etgan, Oʻrta Osiyodagi eng yirik suv omborlarini loyihalashtirgan, Oʻrta Osiyo va boshqa ittifoq respublikalaridagi suv xoʻjaligi inshootlarini ekspertizadan oʻtkazgan. Gidrotexnika inshootlarini loyihalash boʻyicha bir qator takomillashtirish muallifi boʻlib, ular mahalliy va xorijiy suv xoʻjaligi qurilishida qoʻllangan. Birinchi marta kanallar va inshootlar qurishda polimer materiallardan foydalana boshlagan. 110 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi[2].
1950-yildan Moskvada ishlagan, SSSR Paxtachilik vazirligi Texnik kengashi raisining oʻrinbosari, Ilmiy-texnik kengash raisi, SSSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi Glavvodxozining rahbar oʻrinbosari – bosh muhandisi. 1959-yildan Butunittifoq gidrotexnika va melioratsiya ilmiy-tadqiqot institutida filtratsiyaga qarshi chora-tadbirlar laboratoriyasini boshqargan, 1963-yildan to vafotiga qadar ushbu institutda maslahatchi professor boʻlgan[2].
U 1979-yil 17-mayda vafot etdi va Moskvadagi Golovinskiy qabristoniga dafn qilindi[2]. OʻzME maʼlumotlarida Toshkent shahrida vafot etgan deb koʻrsatilgan[4].
Mukofotlari va faxriy unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976-yil 3-dekabr) – irrigatsiya sohasida fan va amaliyotga qoʻshgan ulkan hissasi uchun hamda sakson yoshga toʻlishi munosabati bilan;
- Lenin ordeni (1970);
- Lenin ordeni (1961);
- Lenin ordeni (1950);
- „Hurmat Belgisi“ ordeni (1939-yil 21-yanvar) – qishloq xoʻjaligidagi yuksak yutuqlari va ayniqsa, paxtachilik rejasini ortigʻi bilan bajarganligi uchun;
- Lenin ordeni (1939-yil 23-dekabr);
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi;
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator;
- Oktyabr Inqilobi ordeni;
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni;
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni;
- Bir qator medallar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Пославский, Виктор Васильевич“ (ru). warheroes.ru. Qaraldi: 20-noyabr 2023-yil.
- ↑ Пославский Виктор Васильевич, 35-tom (ru), Moskva: Katta Rossiya ensiklopediyasi, 2004—2007. Qaraldi: 20-noyabr 2023-yil.
- ↑ Poslavskiy Viktor // P—Poʻstloqxoʻrlar. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2000—2005 — 367-bet. Qaraldi: 20-noyabr 2023-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 10-noyabrda tugʻilganlar
- 1896-yilda tugʻilganlar
- 17-mayda vafot etganlar
- 1979-yilda vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- „1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlanganlar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Kishilar
- Batumida tugʻilganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlanganlar
- Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining kumush medali bilan taqdirlanganlar
- Birinchi jahon urushi qatnashchilari (Rossiya)
- Rossiyadagi fuqarolar urushi qatnashchilari
- Gidrotexniklar
- SSSR melioratorlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigatorlar
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari