Kontent qismiga oʻtish

Viktor Reshetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Reshetov Vasilevich
Tavalludi 23- mart (10-mart) 1910-yil
Vafoti 3-mart 1979-yil (68 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Sohasi Filologiya
Ish joylari Toshkent davlat pedagogika instituti, RSFSR APS Milliy maktablar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi rus tili va adabiyoti instituti
Taʼlimi SAGU
Ilmiy darajasi Turkolog olim, oʻzbekcha-ruscha lugʻatlar muallifi sifatida tanilgan.

Viktor Vasilevich Reshetov (1910-yil 10.3, Toshkent — 1979-yil 3.3) — sovet filolog-turkologi, turkiyshunos olim, filologiya fanlari doktori (1952-y), professor (1953-y).

1959-yil 10-dekabrdan RRSFSR Pedagogika fanlari akademiyasining akademigi. 1967-yil 9-avgustdan SSSR Pedagogika fanlari akademiyasining akademigi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964-yil).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Reshetov 1910-yil 3-oktabrda tugʻilgan.

  • 1926-yildan SAGUda tahsil olgan.
  • 1931-yilda SAGU Sharq fakultetining adabiy-lingvistik (turkshunoslik) boʻlimini tamomlagan.
  • 1959-yilgacha SAGU filologiya fakulteti dotsenti.
  • 1933-1934-yillarda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti aspiranturasida oʻqigan.
  • 1934-1960-yillarda A. S. Pushkin nomidagi Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy kotib, tilshunoslik boʻlimi mudiri, direktor oʻrinbosari va direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Professor Reshetov shuningdek, 1935-1959-yillarda Toshkent davlat pedagogika institutining Chet tillari kafedrasini ham boshqargan.

  • 1960-1963-yillarda Moskvadagi RSFSR APS Milliy maktablar instituti direktori va „Russkiy yazik v natsionalnix shkolax“ jurnalining bosh

muharriri lavozimida ishlagan.

  • 1963-yildan Oʻzbekiston Respublikasi rus tili va adabiyoti instituti rektori boʻlgan.

Viktor Reshetov 1979-yil 3-martda Toshkent shahrida vafot etgan va markazdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.

Ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilmiy ishlari turkiy tillar, asosan, oʻzbek tili va uning fonetikasi, grammatikasi, dialektologiyasi, oʻzbek va rus tillarini oʻqitish metodikasi va boshqa masalalarga bagʻishlangan. R. respublika oliy va oʻrta maktablari uchun koʻplab oʻzbek tili darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratgan.

  • Oʻzbek tili grammatikasi. l boʻlim, T.— Samarqand, 1934
  • Qisqacha oʻzbekcharuscha lugʻat, T., 1936
  • Fonetika. Oʻzbek tili fonetikasiga doir baʼzi masalalar, T., 1953
  • Uzbekskiy yazik. ch. 1 (Vvedeniye. Fonetika), T., 1959
  • Oʻzbek dialektologiyasi (hamkorlikda), T. 1962, 1978.