Viktoriya Bulitko
Viktoriya Bulitko | |
---|---|
Tavalludi |
25-yanvar 1983-yil |
Fuqaroligi | Ukraina |
Kasbi | Aktrisa, qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis, musiqachi |
Faoliyat yillari | 2000–h. v. |
Mukofotlari | Kiyevska pektoral, „Yil odami 2012“ (Ukraina mukofoti) |
Viktoriya Sergeyevna Bulitko (ukraincha: Вікторія Сергіївна Булітко;1983-yil 25-yanvar, Zaporojye, Ukraina SSR, SSSR) – Ukraina televideniyesi, kino va teatr aktrisasi, qoʻshiqchi. „Kiyevska pektoral“ teatr mukofoti sovrindori (2011). „Tansi z zirkami“ Ukraina shousining bronza medali sovrindori (2019) . Diesel Show komediya guruhi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1983-yil 25-yanvarda Zaporojye shahrida oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan[1].
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]23-sonli maktabning fizika-matematika sinfini tamomlagan.
2000-yilda Zaporojye milliy universitetining teatr fakultetiga teatr va kino aktrisasi ixtisosligi boʻyicha oʻqishga kirgan[1][2].
Teatrda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2000—2008-yillar – teatr boʻlimida oʻqishning birinchi yilidanoq -Zaporojye akademik yoshlar teatrida ishlay boshlagan va 10 ta spektaklda rol oʻynagan.
- 2008-yil – Kiyevga koʻchib oʻtgan va bir qator televizion hamda kino loyihalarida faol ishtirok eta boshlagan[1].
- 2008—2016-yillar – Podolsk shahridagi Kiyev akademik drama teatrida aktrisa boʻlib faoliyat olib borgan[3]. 2018-yildan beri mehmon aktrisa sifatida ishlab kelmoqda[4][5].
Yumoristik rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetni tugatgandan soʻng, Viktoriya va uning hamkasbi Olga Kiyashko „Xalva“ duetini tashkil qilganlar, shahardagi STEM festivallari, Mer bubogi, KVN va boshqa festivallarda qatnashganlar[2]. Duet Yaltadagi „Zolotoy krolik“ festivalida uch marta (2005, 2006, 2007) gʻolib boʻlgan[3][6].
2007-yilda Viktoriya ICTV kanalidagi „Posledniy komik“ shousida ishtirok etgan[7]. 2010-yilda Viktoriya va Olga „Noviy kanal“ dagi „Krasotki“ eskiz shousida ishtirok etishgan[8].
2011-yilda Viktoriya „Devchonki iz Jitomira“ KVN jamoasiga qoʻshiqchi aktrisa sifatida taklif qilingan. Yurmaladagi „Golosyashiy KiViN-2011“ yubiley festivalida jamoa „Bolshim KiViNom v tyomnom“ bilan taqdirlangan[9]. Shu yerda Marina Poplavskaya bilan ilk musiqiy dueti „Zona, Shengen zonasi“ qoʻshigʻini kuylagan. Keyinchalik ular „Dizel-studio“ da birga ishlashda davom etganlar.
Dizel-studio
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yildan buyon „Dizel Studio“ bilan ishlaydi[2]. Studiyaning: „Dizel-shou“, „Na trox“, „Vijivannya bud-yakoyu sіnoyu“, „Papanki“ va „Dizel-night“ loyihalarida ishtirok etadi.
2019-yilda „Tansi z zirkami“ shousining finalida uchinchi oʻrinni egallagan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teatrdagi rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teatr na Podole (2008—2016-yillar, 2018, 2022-yil) | ||
spektakl | rol | rejissyor |
---|---|---|
Vechno jiviye | Veronika Bogdanova (bosh rol) | Vitaliy Malaxov |
Proshlim letom v Chulimske | Valentina (bosh rol) | Vitaliy Malaxov |
La Bonne Anna, ili Kak soxranit semyu[10] | Anna (bosh rol) | Igor Slavinskiy |
Na dne | Nastya | Vitaliy Malaxov |
Vernisaj na Andreevskom[11] | Anna | Vitaliy Malaxov |
Otkuda berutsya deti[12] | Janna | Vitaliy Malaxov |
Shest Chyornix svechey[13] | Vendi | Vitaliy Malaxov |
Opera Mafiozo | Oliviya | Vitaliy Malaxov |
Lyuksemburgskiy sad | Shansonnier | Igor Slavinskiy |
Myortvie dushi | Manilova Liza | Igor Slavinskiy |
Igri Oligarxov | reklamachi ayol | Vitaliy Malaxov |
Predchuvstviye Mini Mazaylo | Tanya Almazova | Vitaliy Malaxov |
Zapiski yunogo vracha | qiz | Vitaliy Malaxov |
Zaporojskiy teatr molodyoji (2000—2008-yillar) | ||
spektakl | rol | rejissyor |
Loj na dlinnix nogax | Olga Chigolella | Gennadiy Fortus |
Doxodnoe mesto | Stesha | Vitaliy Denisenko |
Xrustalnoe serdse | Nitonisyonka | Inna Yanovskaya |
Mese Amilkar | Virdjiniya | Gennadiy Fortus |
Teremok | Mishka | Vladimir Golyak |
Bezimyannaya zvezda | oʻquvchi qiz | Vitaliy Denisenko |
Tri porosyonka | Nif-nif | Anatoliy Tixomirov |
Priklyucheniya v strane MDD | bangi ayol | Gennadiy Fortus |
Musiqiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „BULITKA“ guruhining vokalisti, barcha qoʻshiqlar muallifi (matn va musiqa)
- Turli teleloyihalar uchun koʻplab kompozitsiyalar muallifi (ICTV, STB, K1 va boshqalar)
Mukofot va yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2019 – Dmitriy Dikusar bilan „Tansi z zirkami“ finalchisi. 3-oʻrinni egallagan. Loyihada eng yaxshi partnyor sifatida „xalq sevgisi“ unvoniga sazovor boʻlishgan[14].
- 2013 – „Yil yangi avlodi“ nominatsiyasida Ukrainaning „Yil odami“ mukofoti (2012) laureati.
- 2012 – „Dobriy Teatr“ festivali. A.Vampilov spektakli asosida sahnalashtirilgan „Minulogo lіta v Chulimsku“ spektaklidagi Valentina roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“[15].
- 2012 – Teatrdagi ovoz berish yoʻli bilan „Veryu!“ gʻolibi gʻolibi[16]. Vitaliy Malaxov rahbarligida sahnalashtirilgan „Minulogo lіta v Chulimsku“ spektaklidagi Valentina roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“.
- 2012 – „Kievska pektoral“ 20 yillik teatr mukofoti laureati.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Биография“. 2013-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Гранишевская Е. „Актриса Виктория Булитко: «Если хочешь чего-то добиться, нужно пахать!»“ (ru) (2017-yil 18-avgust). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
- ↑ 3,0 3,1 „Архивированная копия страницы актрисы на сайте Театра на Подоле“. 2015-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Булитко на сайте театра“. 2018-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
- ↑ Каратеева Анастасия. Известная запорожская юмористка предстала в неожиданном театральном образе // газета «Индустриальное Запорожье» : газета. — 2018. — 9 января. Архивировано 22 mart 2018 года.
- ↑ „В эти дни в Ялте завершается Международный фестиваль юмора “Золотой кролик”“ (ru) (2007-yil 13-avgust). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
- ↑ „Закончились съемки реалити-шоу "Последний комик"“ (ru). Сегодня (2007-yil 13-noyabr). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
- ↑ „На Новом канале покажут скетч-шоу о блондинках, продавщицах и женах олигархов“ (ru). КомментарииУА (2010-yil 21-dekabr). 2018-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-mart.
- ↑ „Golosyaщiy KiViN 2011“. Mi znaem, kto poymal svoyu golosyaщuyu ptitsu udachi!
- ↑ Володарский Юрий. Соло для служанки // Еженедельник «2000» : газета. — 2011. — 25 февраля (№ 8(547)). Архивировано 5 mart 2018 года.
- ↑ „Что увидит зритель в новом театральном сезоне“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
- ↑ „Маша Ефросинина покажет, откуда берутся дети“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-fevral.
- ↑ „Ведьмы на Подоле: шабаш средней руки“. 2010-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-avgust.
- ↑ „Четыре танца за жизнь: как прошел суперфинал "Танців з зірками"“ (ru). ТСН.ua (2019-yil 25-noyabr). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-may.
- ↑ „Энергодарский фестиваль «Добрый театр-2012». Победители“. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-avgust.
- ↑ „Итоги театрального голосования «Верю»“. 2012-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Viktoriya Bulitko haqida turkum mavjud |