Vin siljish qonuni
Vin siljish qonuni — Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan oTgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to ‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
bu formulada — absolyut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi toʻlqin uzunligidir, T — temperaturasi, b — oʻzgarmas kattalik boʻlib, Vin doimiysi deyiladi: b=2.9·10-3 m·K
Formuladan ko‘rinadiki, qora jismning temperaturasi — T qancha yuqori boʻlsa, shuncha kichikroq qiymatga ega boʻladi. Vin qonuni siljish qonuni ham deyiladi va bu qonun tajribalarda tasdiqlangan. Vin qonunini yana quyidagicha taʼriflash mumkin: absolut qora jism nurlanish spektrida maksimal energiyaga to ‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi absolut temperaturaga teskari proporsionaldir. Vin qonuni asosida qizigan jismlaming (metallar, erituvchi pechlar, atom portlashidan hosil boMadigan bulutlar va boshq.) spektriga qarab ulaming temperaturasini aniqlashning optik pirometriya usuli ishlab chiqilgan. Shu usuldan foydalanib birinchi marta Quyosh sirti temperaturasi o‘lchangan. Yer sirtiga keladigan Quyosh nurlari energiyasining maksimumi to‘lqin uzunligi =0,47 mkm boʻlgan koʻzga koʻrinadigan sohaga to‘g‘ri keladi. Vin qonuniga asosan Quyosh sirtining absolyut temperaturasi ~6160 K ga teng.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- G.Ahmedova „Atom fizikasi“
- R.Bekjonov „Atom va yadro fizikasi“