Kontent qismiga oʻtish

Vincent Gigante

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vincent Gigante

Vincent Gigante – Amerikaning Nyu-York va boshqa yirik shaharlaridagi jinoyatchilarni nazorat qiluvchi mashhur mafiya yetakchisi boʻlgan. U maktabni 9-sinfda tashlab ketib, boks bilan shugʻullanishni boshlagan. 17 yoshida jinoiy guruhlarga qoʻshilib qolib, shundan keyin jinoyat olamiga kirgan. Avvaliga choʻqintirgan ota, keyinchalik esa konsolyeri (maslahatchi) darajasiga erishgan.

Vincent oʻzining gʻalati xatti-harakatlari bilan mashhur boʻlgan. Nyu-York koʻchalarida choʻmilish xalatida sayr qilib yurgani uchun „Jinni Boss“ ha

mda „Pijamalar qiroli“ laqablarini olgan. Ammo bu – oʻzini ruhiy kasaldek koʻrsatish maqsadida qilingan simulyatsiya edi xolos. Shu orqali u 40 yil davomida qamoq jazosiga tortilmagan.

Vincent 1997-yilda 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Biroq, u qamoqdan turib ham oʻgʻli Vincent Espozito orqali jinoiy guruhlarni boshqarishda davom etgan va oxir-oqibat 2005-yil yurak kasalligidan qamoqda vafot etgan.[1]

Vincent Gigante Nyu-York shahrida italiyalik muhojirlar, soatsoz Salvatore Gigante va tikuvchi Yolanda Gigante oilasida tugʻilgan. Uning toʻrtta aka-ukasi boʻlib, Mario, Pasquale va Ralph, uni uyushgan jinoyatchilik hayotiga kirib kelishiga sabab boʻlganlar. Shuningdek, Janubiy Bronksdagi Avliyo Afanasius cherkovi ruhoniysi va shahar kengashi aʼzosi boʻlgan Lui ismli ukasi ham bor. Ukasi Luining soʻzlariga koʻra, uning laqabi „Chin“ boʻlib[2], onasi uni chinzeeno deb mehr bilan chaqirishi sababli kelib chiqqan. Shu bilan birgalikda, bu Vincent ismining italyancha shakli Vinchenzo ismiga ham aloqador. Gigante Davlat maktabini tamomlagan, 3 yil Gʻarbiy qishloqdagi Manhettanda, keyinchalik toʻqimachilik Oʻrta maktabida oʻqigan, ammo oʻqishni tugatmay tashlab ketgan.

Gigante 1944 – 1947-yillar orasida „Chin“ Gigante nomi bilan mashhur boʻlgan professional yengil vaznli bokschi boʻlgan. U 25 ta jangda gʻolib boʻlib, toʻrt marta magʻlubiyatga uchragan. Uning birinchi professional boks oʻyini 1944-yil 18-iyul kuni Vick Chambersga qarshi Union Cityda boʻlib oʻtgan. Afsuski, bu va keyingi Nikolas Arena bilan 1944-yil 6-oktyabrda boʻlgan janglari ham magʻlubiyat bilan yakunlangan. Uning oxirgi jangi 1947-yil 17-may kuni Bruklindagi Ridgevud Groveda, Sladega qarshi boʻlgan. Bu jangda Vincent Gigante texnik nokautga uchraydi va boksni tark etadi.

Vincentning asosiy qarorgohi New Jerseydagi eski Tappan hududida joylashgan. U 1950-yilda Olympia Grippaga uylanadi va ularning beshta farzandi Andrew, Salvatore, Yolanda, Roseanne va Rita tugʻiladi. Vincentning ikkinchi oilasi ham boʻlib, oʻzining uzoq yillik maʼshuqasi Olympia Esposito bilan Manhattan sharqiy provinsiyasida yashagan. Ularning uch farzandi, Vincent, Lucia and Carmella boʻlgan[3][4]. Vincent koʻp vaqtini Greenwich qishlogʻida onasining uyida oʻtkazishni xush koʻrgan[5].

Jinoiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsmir sifatida Gigante 17-25 yosh orasidagi Prot (tajribali jinoyatchilarga beriladigan unvon turi) ga aylandi. U oʻgʻirlikda ayblanib yetti marta hibsga olinadi, Shuningdek, litsenziyasiz va noqonuniy toʻpponchaga egalik, qimor va bukmekerlik ayblari bilan ham jazoga tortiladi. U, odatda hibsdan jarima bilan qutilib qolar edi.

Vincent Gigante (1960)

1957-yil boshida Genovese Luciano oilasi xoʻjayin Frank Costelloning oʻrniga oʻtishga qaror qiladi. Genovese Gigantega Kostelloni oʻldirishni buyuradi va 1957-yil 2-mayda Gigante Kostelloni koʻp qavatli uyi tashqarisida otib yarador qiladi. Yara yuzaki boʻlsa-da, Costelloni Genovese nafaqaga chiqish va hokimiyatdan voz kechishga majbur boʻladi. Biroq, 1958-yilda Costello unga hujum qilgan insonni taniy olmaganligi toʻgʻrisida guvohlik bergani sabab, Gigante oqlanadi[6].

1959-yilda Gigante Vito Genovese bilan geroin savdosida ayblanib, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan, lekin u besh yildan keyin shartli ravishda ozod qilinadi. Oradan koʻp oʻtmay, u askar darajasidan kapitan unvoniga koʻtarilib, Greenwich qishlogʻi ekipajini boshqaradi. 1969-yilda Gigante New Jerseyda butun huquqni muhofaza qilish kuchlarining besh aʼzosiga pora berishda ayblangan, biroq Gigante advokatlari sudyaga psixiatrlardan uning aqlan zaif ekanligi haqidagi xabarnomalarni taqdim etganidan keyin, bu ayblov bekor qilingan.

1969-yildan beri Gigante psixiatrik kasalliklar sababli 20 marta davolangan. Gigantening „Asosiy davolovchi psixiatri“ Eugene D’Adamo „Vincent Gigante 1969-yildan beri shizofreniya, paranoid bilan ogʻrigan, kasalxonada yotishga sabab boʻladigan oʻtkir alevlenmelar bilan kasallangan“ deb tashxis qoʻygan. Gigantening advokatlari va qarindoshlarining soʻzlariga koʻra, Gigante 1960-yildan beri aqliy nogiron boʻlgan.

Gigante 2005-yil 19-dekabrda Missuri shtatining Springfield shahridagi Federal mahbuslar tibbiy markazida vafot etadi. Uning dafn marosimi vafot etganidan toʻrt kun oʻtgach, 23-dekabr kuni Greenwich qishlogʻidagi Avliyo Entoni Padua cherkovida anonimlik ostida boʻlib oʻtadi.

Gigante vafot etgach uning oilasi yaxshi yashashda davom etadi. Jerry Capeci bergan 2011-yilgi hisobotga koʻra, Gigantening qarindoshlari New Jersey hududidagi kompaniyada ishchi xodim sifatida yiliga qariyb 2 million dollar ishlab topishgan[7].

  1. „Gangster Vinsent Djigante“. Independent (19-dekabr 2005-yil).
  2. „Chin deb nom berilishi“ (jan 11, 2018 at 11:05 pm).
  3. Vincent Gigante, Mob Boss Who Feigned Incompetence to Avoid Jail, Dies at 77 (Wayback Machine saytida December 20, 2019, sanasida arxivlangan), by Selwyn Raab, The New York Times, December 19, 2005
  4. Bekiempis, Victoria; McShane, Larry „'Chin' Gigante's son among five mobsters cuffed in union extortion racket“. nydailynews.com (2018-yil 10-yanvar). 2019-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  5. Raab, Selwyn. „Vincent Gigante, Mob Boss Who Feigned Incompetence to Avoid Jail, Dies at 77“ (en-US). The New York Times (2005-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
  6. https://archive.org/details/unset0000unse_s8f3. 
  7. „Djigante oilasi sohil hududida ishlab 2 million dollar pul topgan“. Huffpost (25-may 2011-yil).