Vinle
Vinle yoki vinélé (fransuzcha: Vignelait — yumshoq fransuz pishlogʻi. Ile-de-France va Burgundy-Franche-Comte[1] hududlarida ishlab chiqariladi.
Oq mogʻorlagan qobigʻi boʻlgan pishloqlar navidan biri.
U qaynatilmagan sigir sutidan tayyorlanadi[2] va yogʻlilik darajasi yuqori boʻlgan pishloqlar turkumiga doir hisoblanadi (triple-crème-uchlik krem, yogʻ miqdori 75 %), chunki pishirish jarayonida pishloqga qaymoq ham qoʻshiladi. Pishloq oʻramasi vazni 500-600 gramm, diametri 13 sm, balandligi 5 sm[3] oʻlchamda boʻladi.
Vinle Burgundy-Franche-Comtéda Arbois fruitière pishloq ishlab chiqarish va sotish boʻyicha kooperativda (Yura departamentidagi Arbois kommunasida joylashgan) tayyorlanadi va ushbu pishloq zavodning brend mahsuloti hisoblanadi[4].
Pishloq Brillat-Savarin pishlogʻiga oʻxshab ketgani bois, Brillat- Savarin Vignelait nomi ham qoʻllanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vignelait (Le) | Les produits laitiers
- ↑ Santa Cruz report Pt. 2 — and a few ?s — California — Chowhound[sayt ishlamaydi]
- ↑ LE VIGNELAIT — Alimentation, vins > Produits du terroir
- ↑ „COFAMI -Home“. 2013-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vignele pishloqining fotosurati
- Pishloqning fotosurati va tavsifi[sayt ishlamaydi] (mavjud havola)(Fransuzcha) )