Vinning siljish qonuni
Vinning siljish qonuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to'lqin uzunliklar boʻyicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o'rgandi. Vin ideal ko`zgusimon idish ichida nurlanishning idish hajmi kichrayotgandagi qisilish protsessini termodinamik nuqtai nazardan qarab chiqdi va harakatlanayotgan ko`zgudan qaytayotgan nurlanishning chastotasi o`zgarishini (Doppler prinsipini) e`tiborga olib, qora jismning nurlantirish qobiliyati
(1)
ko'rishda bo'ladi, degan xulosaga keldi, bu yerda - yorug'likning atrof - muhitdagi (bo`shliqdagi) tezligi, 𝘧 funktsiyasining ko'rinishini aniqlash uchun Vin mulohazalari yetarli bo'lmay qoldi.
Vin erishgan muhim natija nurlantirish qobiliyatining ifodasiga temperaturaning faqat 𝓥/T nisbat ko`rinishida kirishini topishi bo`ldi. Mana shu holning o`ziyoq bizni qiziqtiruvchi funksiyaning ba`zi bir xususiyatlarini oldindan bilishga imkon beradi.Qator tadqiqotchilarning puxta qilib o`tkazgan o`lchashlari tufayli funksiyaning empirik grafigi aniqlandi va Vinning nazariy xulosalari tekshirib ko`rildi.
Tadqiqot metodi turli temperaturadagi absolyut qora jism chiqarayotgan nurlanishning spektr bo`yicha energiya taqsimotini o'rganishdan iborat edi. Tajribalarning sxemasi 1-rasmda berilgan.[1]
Bunda S – muayyan teperaturali absolyut qora jism, - monoxromator, L-nurlanishni R difraksion panjarali monoxramator tirqishiga to`playdigan linza,energiyani sezgir T termoelement yoki bolometr qabul qiladi. Bu tadqiqotlar oqibatida olingan egri chiziqlar 2-rasmda ko`rsatilgan.Ular ni 𝛌 ning funksiyasi sifatida ifodalaydi. ning har bir temperatura uchun maksimumi borligi rasmdan ko`rinib turibdi.Bu maksimumning 𝛌 shkalasidagi vaziyatini aniqlash uchun munosabatdan foydalanib ,Vin qonunining ifodasida 𝓥 dan 𝛌 ga o`tamiz, u holda
. hosilani nolga tenglashtirib, maksimumning vaziyati
(2) shartni qanoatlantirishini ko`ramiz.Bundagi b miqdor temperaturaga bog`liq emas.(2) – rasmdagi eksperimental egri chiziqlar bu xulosani tasdiqlaydi va b ni aniqlashga imkon beradi. b ning hozirgi qiymati:
Bu ko`rinishida Vin qonuni siljish qonuni deb ham yuritiladi.Chunki bu qonun temperatura ko`tarila borgan sari funksiya maksimumining vaziyati qisqa to`lqinlar sohasi tomon siljishini ko`rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga binoan, 𝛌/T koordinatalardagi, ya`ni (1) formulaga mos kelgan spektral taqsimot egri chizig`ining maksimumi haqidagi masalani yechish mumkin. Bu funksiyaning maksimumi vaziyatini shartdan aniqlab, uning
munosabatga mos kelishini topamiz, bundagi a miqdor temperaturaga bog`liq emas va o`lchashlarga muvofiq
a=0,5100 cm·grad
egri chiziq maksimumining topilgan vaziyati egri chiziq maksimumining vaziyatidan 1,76 marta farq qiladigan to`lqin uzunlikka mos keladi.[2]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |