Vino-araq sanoati
Vino-aroq sanoati – oziq ovqat sanoati tarmogʻi. Bu tarmoqda uzum va meva hamda rezavor mevalar vinosi, sharbati, shampan vinosi, konyak, etil spirtidan tayyorlangan oʻtkir ichimliklar, har xil aroq turlari, likyor-aroq mahsulotlari (likyorlar, balzamlar va b.) ishlab chiqariladi.
Tokchilik va vinochilik tarixida vino Yunoniston, Finikiya va b. joylarda mil. av. 5-asrdan boshlab tayyorlangani haqida maʼlumot bor. Uning tarixi Sharqda ham mana shu davrlarga. hatto undan ham uzoqqa borib taqaladi. Yunon tarixchisi Gerodot „Tarix“ asari 1-kitobining 204—216 boblarida massaget qabilalari uyushmasining hukmdori Toʻmaris haqida hikoya qilar ekan, Eron shohi Kir // Toʻmarisning mardligiga hiyla bilan javob berganini – uning oʻgʻli Spargapisesni qoʻshini bilan sharob ichirib asir olganligini yozadi.
Oʻzbekiston hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu yerda ham qadimdan uzum sharbatidan shifobaxsh va xush kayfiyat bagʻishlovchi ichimliklar tayyorlanib isteʼmol qilinganligini koʻrsatadi. Dastlabki paytlarda musallas xonaki usulda tayyorlangan. Keyinchalik koʻproq sharbat olish maqsadida maxsus qurilma ixtiro qilingan. Oqqoʻrgʻon tumanidagi Hanqa harobalaridan uzum sharbatini siqib chiqarishga moʻljallangan moslama – tarapan (tosh taxta) topilgan. Tosh taxtadan katta aylananing ichiga savatda yoki qopda uzum boshlari qoʻyilgan. Soʻng ular ustiga ogʻir tosh bosilgan. Yuk ogʻirlashgan sayin uzum sharbati ham koʻpayib, toshga oʻyilgan ariqchalar orqali kichik aylanaga oqib oʻtgan. Bu yerda sharbat tindirilib, tozalanib xumlarga yoki boshqa idishlarga oqizilgan. Baʼzan uzum boshlari ogʻir tosh yordamida emas, balki yogʻoch dastak vositasida ezgʻilanib, sharbati siqib chiqarilgan. Baʼzi joylardan topilgan sharob ichiladigan idishlar sirtiga bu ichimlikni tayyorlash jarayonlari tasvirlangan suratlar ishlangan. Suratlarda press-tarapan, uzumni ezgʻilayotgan odamlar, tol chiviqlaridan yasalgan savat-qoplar aks ettirilgan.
Xonadonlarda uzumdan musallas (may, sharob, chogʻir), sirka, gʻalla donidan boʻza kabi ichimliklar tayyorlangan. Ammo islom dini mast qiluvchi ichimliklar isteʼmol etishni taqiqlagani sababli bu hunarlar keng yoyilmay, anʼanaviy tarzda davom etib kelgan.
Yevropa mamlakatlarida xonaki usulda vino tayyorlash oʻrnini asta-sekin murakkab, ayni chogʻda koʻp miqdorda i.ch. imkoniyatini beruvchi texnologiyalar egalladi, yaʼni vinochilik sanoat miqyosiga koʻchdi. 16— 17-asrlarda – Fransiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliyada, keyinroq Rossiyada V.s. gurkirab rivojlandi. Shampan, konyak, vinoning turli navlari („Xeres“, „Madera“, „Malaga“, „Marsala“, „Portveyn“ va b.) yaratildi. 19—20-asrlarda Gʻarbda vinochilik yana ham yuqori darajada taraqqiyotga erishdi.
Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin V.-a.s. korxonalari Oʻzbekistonda ham paydo boʻla boshladi. Dastlab 1866-yilda sanoatchi-sarmoyador I. I. Pervushin Toshkentga kelib Salor arigʻi boʻyida vino sexini ochdi. Avvaliga dondan, keyin kishmishdan spirt ishlab chiqara boshladi. Ayni vaqtda sifatli vinolar i.ch. uchun xom ashyo bazasini yaratishga kirishdi. Shu maqsadda 1869—70-y.larda Toshkent atrofida 100 ga maydonda uzumning Yevropa navlari ekildi. 1871-yilda 10 ming dal sharob saqlanadigan yertoʻla qurildi. Tez orada I. I. Pervushin sexi kengayib „I. Pervushin va oʻgʻillari“ zavodiga aylandi. 3-d chiqargan „Toshkent qizil vinosi“, „Opporto“, „Sultoni“ hamda „Kagor“ navli vinolar 1872-yilda Moskvada Politexnika, 1879-yilda Parijda Jahon koʻrgazmalarida oltip va kumush medallar bilan taqdirlandi. Hoz. „Toshkentvino“ kombinati shu zavod asosida yuzaga kelgan.
Pervushinlar bilan ayni paytda yana bir boshqa sanoatchi-sarmoyador D. L. Filatov Samarqandda vino zavodini qurgan (1869). Oradan 4 yil oʻtgach, Parij va Antverpenda oʻtkazilgan jahon koʻrgazmalarida „Samarqandlik Filatov bogʻida yetishtirilgan uzumdan tayyorlangan“ vinolarga oltin va kumush medallar berildi. 1885-yilga kelib uning korxonasida yiliga 9 ming dal oq va qizil navli vinolar ishlab chiqarildi. Hoz. kunda bu zavod Oʻzbekistondagi eng yirik vino korxonalaridan hisoblanadi (qarang Samarqand vino kombinata).
19-asr oxirlarida, shuningdek koʻpdankoʻp mayda, asosan xonaki usulda vino ishlab chiqaradigan sharobsozlar (N. I. Ivanov, I. I. Murashko, P. S. Yerin va b.) ham faoliyat koʻrsatishgan.
20-asr boʻsagʻasida Toshkentga ikki tarafdan temir yoʻl olib kelinishi bilan Rossiyadan koʻplab aholi koʻchirib keltira boshlandi. Natijada vinoga boʻlgan talab ham keskin ortdi. Temir yoʻl tufayli Oʻzbekiston vinolarini chetga chiqarishga ham imkon boʻldi. 1912— 13-yillarda Turkistonda vino i.ch. 1 mln. dal ga yetdi. Birinchi jahon urushi va Okt. toʻntarishidan keyin rivojlanayotgan V.-a.s. ta-nazzulga yuz tutdi. Vinochilik korxonalari birin-ketin faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi. 1919-yilda vinochilikni tiklash choralari koʻrildi. Vinochilik korxonalari (50 dan ortiq) davlat tasarrufiga oʻtkazildi. 1922-yilda ular „Turkvino“ davlat birlashmasiga kirdi. 1926-yil yanvarga kelib „Turkvino“ tugatilib „Oʻzbekvino“ davlat tresta tashkil etildi. 1928-yil 30-yanvarda bu trest „Oʻzoziqovqatsanoat“ga birlashtirilib, „Oʻzqishxoʻjsanoat“ davlat tresti tuzildi. 1926-yildan V.-a.s.da ancha jonlanish boʻldi, tokzorlar kengaydi. Mavjud vino korxonalarida uzumni qayta ishlash yaxshilanib, i.ch. quvvati osha bordi. Shu yili va keyingi yillarda Buxoro, Denov, Shahrisabz, Yangiyoʻl, Kitob va 6. joylarda vino-araq zavodlari ishga tushirildi.
30-y.da Oʻzbekistonda vinochilik, tokchilikni oyoqqa turgʻazish, yanada rivojlantirishda kimyogar-prof. M. A. Xovrenkoning xizmati katta. U Oʻzbekistonda qayerda qanday navlar istiqbolli ekanligini, qaysi nav vinolarini i.ch. maqsadga muvofiqligini ilmiy-amaliy jihatdan asoslab berdi. „Oʻzbekvino“ trestining bosh vinochisi sifatida M. A. Xovrenko „Gulyakandoz“, „Shirin“, likyorli „Kaberne“, „Aleatiko“, „Oʻzbekiston“, „Farhod“ navli vinolarning texnologik sxemalarini ishlab chikdi. Bu vinolar birinchi marta Samarqand vino zavodida yetishtirildi. M. A. Xovrenko tashabbusi bilan 1929-yilda Samarqandda toklik va vinochilik tajriba st-yasi tashkil etildi. Vinochilik sohasida mutaxassislar tayyorlashni kuchaytirish maqsadida 1929-yilda Oʻrta Osiyo universiteti qoshida tokchilik va vinochilik kafedrasi ochilib, M. A. Xovrenko unga rahbarlik qildi. Tarmoqqa yetuk mutaxassislar tayyorlashda mazkur kafedraning ahamiyati katta boʻldi.
Ogʻir urush yillarida Toshkent shampan vinosi zavodi ishga tushirildi (1944). 1955—56 ylardan V.-a.s. tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. 1955-yilda Lyublyana sh. (Yugoslaviya)da boʻlib oʻtgan vino mahsulotlari xalqaro yarmarkasiga 20-asrda ilk bor Oʻzbekiston vinochilari 7 xil vino navlari („Farhod“, „Buvaki“, „Shirin“, „Gulyakandoz“, „Aleatiko“, „Yumaloq“, „Oʻzbekiston“) bilan ishtirok etdi. Ularning hammasi kumush medalga sazovor boʻldi. Koʻp oʻtmay „Oʻzbekvino“ tresti qoshida va har bir korxonada mahsulot sifatini nazorat qilib beradigan degustatsiya (chashnachilik) komissiyalarining tuzilganligi tarmoqda bu boradagi ishlarni tartibga solish va izchil asosda yoʻlga qoʻyishda imkoniyat berdi. 1956-yildan tarmoqsa agrosanoat integratsiyasi sari qadam tashlandi. Asosiy mahsulot yetishtiruvchilar – yirik xoʻjaliklar va vino zavodlari birlashtirildi. 1975-yilda tarmoq „Oʻzmevasabzavotuzumsanoat“ birlashmasi tarkibiga kirdi. Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekistonda V.-a.s.ni rivojlantirishda va sifatli navli vinolar yetishtirishda N. S. Sobirov, O. Alimov, O. A. Abdul-layev, A. I. Maxmudov, SV. Vohidov, M. Mirzayev, S. X. Xaydarov, R. B. Saidahmedova va b.ning xizmati katta.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin V.-a.s.da tub oʻzgarishlar boʻddi. Oʻzbekiston hukumatining qarorlari asosida tarmoq davlat monopoliyasidan chiqarilib „Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding“ kompaniyasi tuzildi. Uzumchilikka ixtisoslashgan hududlarda yangi korxonalar va ish joylari tashkil etildi. Vino-araq mahsulotlari i.ch. bilan shugʻullanadigan korxonalar soni 61 taga yetdi. Bulardan 14 tasi qoʻshma va jamoa korxonalaridir (2001). Tarmokning yetakchi korxonalari: „Toshkentvino“, Samarqand vino kombinati, „Shohrud“ firmasining Buxoro vino zavodi, Toshkent shampan vinosi zavodi, „Osiyo“ firmasining Namangan vino zavodi, „Mastona“ aksiyadorlik jamiyatining Qoʻqon vino zavodi, „Yangiyoʻl“ firmasining Yangiyoʻl vino zavodi, „Konvin“ Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korxonasining Gʻazalkent vino zavodi, „Navigul“ Oʻzbekiston-Bolgariya qoʻshma korxonasi (Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani), „Farovon“ Oʻzbekiston-Italiya qoʻshma korxonasi (Toshkent viloyati Zangiota tumani), „Yanis“ Oʻzbekiston-Ispaniya qoʻshma korxonasi (Namangan viloyatining Yangiqoʻrgon tumani), „Parkent shampani“ Oʻzbekiston-Rossiya qoʻshma korxonasi (Toshkent viloyati Parkent tumani) va b.
OʻzRda V.-a.s. tarmogʻi uchun zarur boʻlgan rektifikatlangan etil spirti ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar barpo etildi („Oʻzkimyosanoat“ga qarashli Yangiyoʻl, Qoʻqon va Andijon biokimyo zavodlari). Endilikda, ilgaridan ishlab kelayotgan „Toshkentvino“ va Samarqanddagi „Zarafshon“ zavodlaridagi kuvvatlar hisobga olinsa, yiliga 5,0 mln. dal dan koʻproq spirt i.ch. imkoniyati yaratildi: bu mahsulot turi boʻyicha ham mustaqillikka erishildi, Ukraina, Rossiya va b. davlatlardan spirt keltirishga barham berildi. Oʻzbekiston spirtini eksport qilish imkoniyati yaratildi. Vinochilik tarmogʻidagi tub oʻzgarishlardan yana biri mahsulot turlarini koʻpayganligi va ularning sifati birmuncha yaxshilanganligidir. Sobiq Ittifoq davrida yangi turdagi vinoaraq mahsulotini yaratish va uni hayotga tatbiq qilish juda ham mushkul boʻlgan. Ishlab chiqariladigan mahsulot turlari chegaralab qoʻyilgan edi. Endi esa uzumning turi va uning sifatiga hamda vino ishlab chiqaruvchi zavodning texnologik imkoniyatlariga qarab, Oʻzbekiston iqlim sharoitiga moslashgan texnologik qoidalar yaratildi va shu asosda yangi turdagi mahsulotlar i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Raqobat uchun kerakli omillar yaratiddi. Vino-araq va b. alkogolli ichimliklar i.ch. uchun zarur boʻlgan qoʻllanmalar, Oʻzbekiston davlat standarti va b. normativ hujjatlar „Sharobsoz“ ijodiy markazi tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etiladi. Olib borilgan ijodiy ishlar samarasi oʻlaroq, tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari 150 dan oshib ketdi. Ularning koʻplari mustaqillik tufayli jahon koʻrik va yarmarkalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmokda (50 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallari sovrindori boʻldi). Oʻzbekiston vino-araq mahsulotlari jahonga tanila boshladi. Jumladan 1998-yil Gʻazalkent vino zavodining „Sijjak“, „Oqtosh“, Samarqand vino kombinatining „Oʻzbekiston“, „Gulyakandoz“ vinolari San-Fransisko (AQD1) jahon yaramarkasida „sifatli mahsulot“ sertifikatini oldi. 2000-yil Xoʻjaobod sharob korxonasining „Pino“ tabiiy vinosi Fransiyada boʻlib oʻtgan koʻrgazmada sovrindor boʻlib, maxsus diplom bilan takdirlandi.
Oʻzbekiston vinolari eksporti yildan-yilga ortib bormokda. Shu borada Oʻzbekistonning desert (shirin) va likyor vinolari tahsinga sazovordir. Bular jumlasiga „Oʻzbekiston“, „Aleatiko“, likyorlik „Kaberne“, „Vassargʻa“, „Yumaloq“, „Gulyakandoz“ va „Portveyn“ turidagi bir nechta xil vinolari kiradi. Tabiiy vinolardan esa „Namangan sadafi“, „Qora goʻzal“ („Toshkent-vino“), „Sijjak“ (Gʻazalkent vino zavodi), „Kaberne“ (Qoʻkrn vino zavodi), „Pino“ (Xoʻjaobod zavodi), „Bihishti“ (Buxoro vino zavodi) va shunga oʻxshash boshqa vinolar, „Samarqand balzami“, „Buxoro balzami“ yukrri sifat darajasiga ega. Yangiyoʻl va Samarqand vinochilik korxonalarida ishlab chiqarilayotgan „Oʻzbekiston“, „Shodlik“, „Anhor“. „Samarqand“, „Afrosiyob“ va b. konyaklar oʻzining yuqori sifati bilan ajralib turadi. Bular xalqaro koʻriklarda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan. Bundan tashqari mamlakatda araqning „Toshkent“, „Oʻzbekiston“, „Osiyo“, „Zarafshon“, „Turon“, „Mastona“, „Andijon“, „Toshkent oqshomi“, „Chimyon“ kabi maxsus navlari ishlab chiqarilmokda. V.-a.sda tashkil etilayotgan Koʻshma korxonalar i.ch. hajmini yanada koʻpaytirish imkonini beradi. Oʻzbekistonda 2000-yilda 7,116 mln. dal araq mahsulotlari, 5,65 mln. dal uzum vinosi, 13,67 mln. dal uzum vinosi xom ashyosi, 3,802 mln. butilka shampan vinosi, 131 ming dal konyak ishlab chiqarildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Samarqand vinosi, M., 1971; Buryan N. I., Mikrobiologiya vinodeliya, Yalta, 1997; Vinogradnie vino i konyaki [katalog; sostavitel tvorcheskiy sentr „Sharobsoz“], T., 1999; Spravochnik po vinodeliyu, Simferopol, 2000.
Omonulla Abdullayev.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |