Viriat (sarkarda)
Qiyofa
Viriat (Viriathus) (? - mil. av. 139)— Ispaniyada Rim imperiyasi istibdodiga qarshi mil. av. 147—139 yillarda koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari, capkarda, luzitanlar qabilasi choʻponi. Rim pretori Galba tomonidan (oʻzaro tuzilgan sulhga xilof ravishda) qurolsiz luzitanlarni qatl etish va qullikka olish haqidagi farmon qoʻzgʻolonga sabab boʻlgan. 141 y. V. Rimda mustaqil hokim sifatida tan olingan. 139 y. V.ning Rim konsuli Kvint Serviliy Sepionga sotilgan yaqin safdoshlari V.ni oʻldirishgan. Faqat shundan keyingina Luzitaniya rimliklar tomonidan uzilkesil boʻysundirilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |