Virtual yordamchi
Virtual yordamchi (VA) (inglizcha: Virtual assistant) – foydalanuvchi kiritgan buyruqlar yoki savollar asosida foydalanuvchi uchun bir qator vazifalar yoki xizmatlarni bajaradigan dasturiy taʼminot agenti. Bunday texnologiyalar, asosan, foydalanuvchilar bilan muloqotni osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Oʻzaro aloqa matn, grafik interfeys yoki ovoz orqali boʻlishi mumkin – chunki baʼzi virtual yordamchilar inson nutqini talqin qilishlari va sintez qilingan ovozlar orqali javob berishlari mumkin.
Koʻp hollarda foydalanuvchilar oʻzlarining virtual yordamchilariga savollar berishlari, uyni avtomatlashtirish qurilmalari va media boshqarishlari hamda elektron pochta, ishlar roʻyxati va kalendarlar kabi boshqa asosiy vazifalarni boshqarishlari mumkin va bularning barchasi ogʻzaki buyruqlar yordamida boʻladi[1]. Soʻnggi yillarda toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanilayotgan virtual yordamchilar Apple Siri, Amazon Aleksa, Google Assistant, and Samsung Bixby hisoblanadi[2]. Bundan tashqari, turli sohalardagi kompaniyalar koʻpincha oʻzlarining mijozlarga xizmat koʻrsatish yoki qoʻllab-quvvatlash tizimiga virtual yordamchi texnologiyasini ulab qoʻyadi[3].
2020-yillarda ChatGPT kabi sunʼiy intellektga asoslangan chatbotlarning paydo boʻlishi virtual yordamchi mahsulotlar va xizmatlar sohasiga qiziqish va imkoniyatlarni oshirdi[4][5][6].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radio Rex birinchi ovozli yordamchi boʻlib, 1916-yilda patentlangan va 1922-yilda ommaga taqdim etilgan[7]. Radio Rex it shaklidagi yogʻoch oʻyinchoq boʻlib, uning ismi aytilganda, uyidan chiqqan.
1952 yilda Bell laboratoriyasi „Audrey“ nomli avtomatik raqamni aniqlash mashinasini taqdim etdi. Audrey olti fut balandlikdagi joyni egallagan, katta quvvat sarflagan, kabel aloqalariga ega va murakkab vakuum-trubka sxemalari bilan bogʻliq koʻplab texnik muammolarni koʻrsatgan. Qurilma nutqning asosiy birliklarini, fonemalarni taniy oladi. Bu imkoniyat belgilangan soʻzlovchilar tomonidan aytilgan raqamlarni aniq tanib olish bilan cheklangan. Shuning uchun undan ovozli terish uchun foydalanish mumkin edi, lekin koʻp hollarda tugmani bosib terish ketma-ket raqamlarni aytishdan koʻra arzonroq va tezroq boʻlgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hoy, Matthew B. (2018). „Alexa, Siri, Cortana, and More: An Introduction to Voice Assistants“. Medical Reference Services Quarterly. 37-jild, № 1. 81–88-bet. doi:10.1080/02763869.2018.1404391. PMID 29327988. S2CID 30809087.
- ↑ „Siri vs Alexa vs Google Assistant vs Bixby: Which one reigns supreme?“. Android Authority.
- ↑ „The Magic of Virtual Assistants and Their Impact on Customer Service“.
- ↑ „The One Thing You Should Definitely be Using AI Chatbot for“ (2023-yil 7-aprel).
- ↑ „A.I. Means everyone gets a 'white-collar' personal assistant, Bill Gates says“.
- ↑ „Chat GPT: What is it?“ (en-US). uca.edu. Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.
- ↑ Markowitz, Judith „Toys That Have a Voice“. SpeechTechMag.
- ↑ Moskvitch, Katia „The machines that learned to listen“. BBC. Qaraldi: 2020-yil 5-may.