Vishnevskiy malhami
Qiyofa
Vishnevskiy malhami — qayin daraxtining smolasi (qatroni), kseroform va kanakunjut moyi aralashmasidan iborat malham; antiseptik (yuqumsizlantiruvchi) modda; tarkibini rus xirurgi A. V. Vishnevskiy taklif etgani uchun uning nomi bilan atalgan. Yiringli va yotoq yaralar, shuningdek jarohatlarni davolashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |