Kontent qismiga oʻtish

Visual Studio Code

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Visual Studio Code
MuallifMicrosoft
Chiqarilgan sana14-noyabr, 2015-yil
So‘nggi versiyasi1.67.1 (10-may 2022)
Operatsion tizimMicrosoft Windows, macOS, Linux
Yozilgan til(lar)i14ta tilda[1]
Statusfaol
LitsenziyaMIT litsenziyasi
Vebsayt:code.visualstudio.com

Visual Studio Code (VS Code) — Windows, Linux va macOS uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan kod muharriri. U veb va bulutli ilovalarni platformalararo ishlab chiqish uchun „yengil“ kod muharriri sanaladi. Kodni bosqichma-bosqich ishlab chiqish[2], Git vositalari[3], sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense[4] va refaktoring vositalarini oʻz ichiga oladi. Unda sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud: foydlanuvchi koʻrinishlari, klaviatura yorliqlari va konfiguratsiya fayllari. Dastur foydalanish uchun bepul, ochiq kodli dasturiy taʼminot sifatida ishlab chiqilgan, lekin tayyor yigʻilishlar xususiy litsenziya ostida tarqatiladi[5]

Visual Studio Code Electron'ga asoslangan][6] va Visual Studio Online uchun ishlab chiqilgan Monako[7] veb-muharriri orqali amalga oshiriladi.

Visual Studio Code 2015-yil 29-aprelda Microsoft tomonidan Build konferensiyasida eʼlon qilindi va tez orada beta-talqinda chiqarildi[8]

2015-yil 18-noyabrda Visual Studio Code MIT litsenziyasi ostida chiqarildi va manba kodi GitHub'da chop etildi. Kengaytmalarni qoʻllab-quvvatlash eʼlon qilindi.

2016-yil 14-aprelda Visual Studio Code beta-sinovdan chiqdi.

Imkoniyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Visual Studio Code — bu kod muharriri hisoblanadi. U koʻp tilli foydalanuvchi interfeysiga ega va bir qator dasturlash tillari, sintaksisni ajratib koʻrsatish, IntelliSense, refaktoring, bosqichma-bosqich dasturni ishga tushirish, kod navigatsiyasi, Git-ni qoʻllab-quvvatlash va boshqalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Visual Studio Codeʼning koʻp xususiyatlari GUI orqali mavjud emas, koʻpincha buyruqlar palitrasi yoki JSON fayllari (masalan, foydalanuvchi sozlamalari) orqali amalga oshiriladi.

2018-yildan beri Visual Studio Code uchun ochiq kodli Python kengaytmasi mavjud. U dasturchilarga kodni tahrirlash, bosqichma-bosqich dasturlash va dasturni sinovdan oʻtkazish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Visual Studio Codeʼda plaginlarni qoʻllab-quvvash imkoniyati[20] Visual Studio Marketplace orqali mavjud. Bularga muharrir qoʻshimchalari, qoʻshimcha dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlash, statik kod analizatorlari kiradi.

2019-yil may oyidan boshlab VS Code asosidagi Visual Studio Online muharririning yopiq testi mavjud. U barcha kengaytmalar va IntelliCodeʼni qoʻllab-quvvatlaydi.

  1. „Visual Studio Code Display Language (Locale)“ (en). code.visualstudio.com. 2022-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  2. „Debugging in Visual Studio Code“ (en). 2017-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
  3. „Version Control in VS Code“ (en). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
  4. „IntelliSense in Visual Studio Code“ (en). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
  5. „License - Visual Studio Code“ (en). code.visualstudio.com. 2017-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
  6. „Microsoft’s new Code editor is built on Google’s Chromium“ (en). Ars Technica. 2015-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
  7. „Monaco Editor“ (en). microsoft.github.io. 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.
  8. „BUILD 2015 News: Visual Studio Code, Visual Studio 2015 RC, Team Foundation Server 2015 RC, Visual Studio 2013 Update 5“ (en). 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-oktyabr.