Kontent qismiga oʻtish

Vitali Golod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vitali Golod

Vitali Golod (ruscha: Виталий Голод; 1971-yil 23-iyunda tugʻilgan) — asli sovet fuqarosi, ammo isroillik shaxmatchi. U 1996-yilda FIDE tomonidan berilgan grossmeyster unvoniga ega.

Shaxmat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Golod yoshligidan shaxmat bilan shugʻulangan boʻlsa ham musobaqalarga kech kirib keladi. Dastlabki ishtirok etgan nufuzli shaxmat musobaqasida u goʻlib chiqadi (Golod 1991-yilda Ukraina chempioni boʻlgan). shundan keyin u Isroilga koʻchib oʻtdi.

2004-yilda u Ramat-Avivda boʻlib oʻtgan Isroil chempionatida Sergey Erenburg bilan 1-2-oʻrinlarni egalladi. U Santa Monikada ham gʻalaba qozondi. 

2006-yilda u AQShning Illinoys shtati, Schaumburg shahrida boʻlib oʻtgan bahorgi Shimoliy Amerika FIDE Invitational turnirida gʻolib chiqdi[1] va Monarch Assurance Isle of Man orolida xalqaro turnirida uchinchi oʻrinni egalladi (Aleksandr Areshchenko va Sergey Volkovdan keyin)[2]. Keyingi yili Golod shu orolda Mateush Bartel, Zaxar Efimenko, Yuriy Yakovich, Maykl Roiz va Mixail Kobaliya bilan 1-6-oʻrinlarni egallab, tay-breyk boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi[3].

2010-yil mart oyida u Georgiy Agzamov xotirasiga bagʻishlangan turnirda grossmeysterlar Maksim Turov, Sergey Jigalko va Rinat Jumabayev bilan 1-4-oʻrinlarni egalladi[4]. Toʻrt oy oʻtgach, Golod 43-chi Biel shaxmat festivalida grossmeysterlar Aleksandr Riazantsev, Nadejda Kosintseva, Leonid Kritz, Sebastyan Feller, Kristian Bauer va Sebastyan Maze bilan 1-7-oʻrinlarni egalladi[5]. keyinroq noyabr oyida u Isroil chempionligini ham qoʻlga kiritdi[6].

  1. The Week in Chess 598: Spring North American FIDE Invitational
  2. The Week in Chess 621: 15th Monarch Assurance
  3. Crowther. „TWIC 673: 16th Monarch Assurance Isle of Man“. London Chess Center (2007-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 21-may.
  4. Begmatov. „IV International Georgy Agzamov Memorial“. ChessBase (2010-yil 12-aprel). Qaraldi: 2010-yil 12-aprel.
  5. „43rd Biel Chess Festival: Master Open“. Chess News. ChessBase (2010-yil 31-iyul). Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.
  6. Crowther. „Israel Championships 2010“. The Week in Chess (2010-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 9-oktyabr.