Kontent qismiga oʻtish

Vladas Putvinskis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladas Putvinskis-Pūtvis

1929 yil Vladas Putvinskis portreti tushirilgan otkritka
Tavalludi 6-oktyabr 1873-yil
Vafoti 5-mart 1929-yil(1929-03-05)
(55 yoshda)
Kaunas, Litva
Fuqaroligi Litva
Taʼlimi Halle Universiteti
Kasbi Yer egasi, jamoat faoli, harbiylashtirilgan rahbar
Millati Litvalik
Turmush oʻrtogʻi Emilija Putvinskienė
Bolalari Stasys Putvinskis
Emilija Pūtvytė
Otasi Rapolas Putvinskis
Qarindoshlari Marija Žmuidzinavičienė (singlisi)
Antanas Žmuidzinavičius (kuyovi)
Mukofotlari Litva Buyuk Gertsogi Gediminas ordeni (1928)

Vladas Putvinskis yoki Vladas Pūtvis (1873-yil 6-oktabr – 1929-yil 5-mart) – Litva harbiylashgan yetakchisi, Litva miltiqchilar uyushmasining asoschilaridan biri va birinchi raisi.

Putvinskis singlisi Marija bilan

Putvinskis1873-yil 6-oktabrda oʻsha paytda Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan Rigada, kelib chiqishi Polsha-Litvalik zodagonlar oilasida tugʻilgan[1]. Oila tarixi Buyuk Gertsog Vitautas (1430-yilda vafot etgan)ga borib taqaladi[2]. Putvinskisning otasi Rapolas Pavėžupis va Grauzikaidagi manorlarni meros qilib olgan[2]. Rapolas Putvinskis 1863-yildagi muvaffaqiyatsiz qoʻzgʻolondan keyin Sibirga surgun qilinadi. 1872-yilda unga amnistiya beriladi, lekin Litvaga qaytishga ruxsat berilmaydi. Shu sababli u Rigaga koʻchib oʻtadi va u yerda Platerlar oilasidan Idaliya Broel-Platerga uylanadi[3]. Ularning oʻgʻli Vladas bir yil oʻtib, 1873-yil 6-oktyabrda tugʻiladi. Qizi Mariya (1876–1959) ham Litva jamoat hayotida va Miltiqchilar uyushmasida faol boʻlgan. Keyinchalik u rassom va miltiqchilar raisi Antanas Žmuidzinavičiusga turmushga chiqqan[2].

Putvinskis ilk taʼlimni uyida olgan. Soʻng Šiauliai Julius Janonis Gymnasium (Shyaulyai Yuliy Yanonis gimnaziyasi)ga oʻqishga kiradi[2]. U akademik jihatdan qiyinchilikka duch keladi. Shuning uchun u tabiiy fanlarga urgʻu beradigan Mitauga oʻtgan. Uyerni 1893-yilda tugatgan. U Krakovda aktyorlik sanʼatini oʻrganishni xohlaydi, ammo koʻproq amaliy oʻrganish uchun Germaniyadagi Halle universitetida qishloq xoʻjaligi davom etishga qaror qilgan. Biroq, otasining sogʻligʻi yomon boʻlgani sababli, u atigi ikki semestrdan keyin oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻladi. U Litvaga qaytib, Pavėžupisga joylashadi va oilasining mulklarini egallaydi[2]. Mulklar 350 gektar yerga boʻlib, 40 ta sigir va 36 ta ot mavjud boʻlgan[4].

Vladas Putvinskis 1929-yil 5-martda Kaunasda vafot etgan[5]. U Kelmedagi qabristonga dafn etilgan[2]. Uning dafn marosimi tasvirga olingan. Kadrlar Sovetlardan Andriejus Dručkus tomonidan yashirib kelingan[6]. Keyinchalik tasvir qayta tiklanib, raqamlashtirildi va 2010-yilda YouTube platformasida taqdim etildi[7].

  1. Nefas, Mindaugas (2016). "Šaulių sąjungos kūrėjas ir jo pavardės problema" (lt). Trimitas 5 (1308): 30. ISSN 1392-4753. https://www.sauliusajunga.lt/wp-content/uploads/2018/04/Trimitas_2016_5.pdf. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Kavaliauskaitė, Živilė „Putvinskis-Putvis Vladas“ (lt). Žemaičių žemė. Regionų kultūrinių iniciatyvų centras. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  3. Musneckienė, Regina „Trys Putvinskių kartos patyrė tremtį“ (lt). Šiaulių kraštas (2014-yil 12-iyun). 2018-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  4. Bitautas, Algis; Tamošaitis, Mindaugas (2016). "Putvinskis Stasys" (lt). Lietuvos Respublikos 1918–1940 m. vyriausybių ministrų biografinis žodynas. Vilnius: Mokslo ir enciklopedijų leidybos centras. p. 323. ISBN 978-5-420-01778-4. https://s.vle.lt/doc/Putvinskis-Stasys.pdf. 
  5. Ignatavičius, Stasys „Vladas Putvinskis ir Šaulių sąjunga“ (lt). Voruta (2023-yil 10-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-fevral.
  6. Valiulis, Skirmantas (28 March 2003). "Laiko skeveldros" (lt). 7 meno dienos 561. https://www.7md.lt/archyvas.php?leid_id=561&str_id=1858. Qaraldi: 4 February 2024. Vladas Putvinskis]]
  7. „Vlado Pūtvio laidotuvės 1929 - 1“. YouTube. Lietuvos Respublika (2010-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral. „Vlado Pūtvio laidotuvės 1929 - 2“. YouTube. Lietuvos Respublika (2010-yil 9-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-fevral.