Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Baenko

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vladimir Baenko
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Владимир Владимирович Баенко
Tavallud sanasi 9-fevral 1990-yil
Tavallud joyi Komsomolske, Donetsk viloyati
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Himoyachi
Vazni 84 kg

Vladimir Vladimirovich Baenko ( ukraincha: Володимир Володимирович Баєнко; 9-fevral 1990-yil, Komsomolske, Donetsk viloyati) - Ukrainalik futbolchi, himoyachi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Donetsk viloyatida tug'ilgan. Ukraina yoshlar futbol ligasidagi „Shaxtyor“ (15 o'yin) va „Olimpik“ (50 o'yin, 1 gol) jamoalarida o'ynagan. Keyin viloyat chempionatidagi havaskor jamoalarda to‘p surdi.

U o'zining ilk professional shartnomasini 2011-yilda Dneprodzerjinskning „Stal“ jamoasi bilan imzolagan. Ammo jarohat bilan jamoada debyut qilgan. Professional faoliyatini 2013-yilda „Nikopol“ jamoasida boshlagan. Nikopol klubida bir yil o'tkazgandan so'ng, 2014-yilda „Gornyak“ klubiga ko'chib o'tdi. Jamoa bilan birinchi mavsumda yuqori ligaga koʻtarilishga erishdi. Shundan so'ng Baenko yana 2 yil Ukraina chempionatining Birinchi ligasidagi Gornyak jamoasi tarkibida harakat qildi. 2016-yilning yozida Gornyak tarqatib yuborildi va Baenko yangi klub izlashga majbur bo'ldi. 2016-yil 26-iyunda oldingi mavsumda Premer-ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritgan „Zvezda“ bilan shartnoma imzoladi. Ukraina chempionati oliy divizionida debyutini 2016-yilning 30-iyulida „Zarya”ga qarshi kechgan uy uchrashuvida o‘tkazdi[1]. Mavsumning birinchi yarmida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgandi. Ammo Dario Drudi ishdan bo‘shatilgach, Roman Monaryov bosh murabbiy etib tayinlandi va Baenko sekin-asta asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib, klubni tark etdi. 2017-yil yanvarida O‘zbekistonning „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2018-yilgi mavsum oxirida „Riga“ klubini tark etgan[2]. 2019-yilning avgustida Poltavaning „Vorskla“ klubi bilan shartnoma imzoladi[3].

Baenko futbolchilik faoliyatini 2021-yilda yakunlagan. Xuddi shu yili „Krivbass“ klubining bosh direktori bo'ldi[4].

  • Latviya chempionati g'olibi: 2018-yil
  • Latviya kubogi sohibi: 2018-yil
  • Ukraina kubogi finalchisi: 2019—20
  • Estoniya kubogi sohibi: 2020—21
  1. „Протокол матча Звезда-Заря“. 2016-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  2. „Украинский капитан покинул чемпиона Латвии“. 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-fevral.
  3. „Укріплюючи оборонні редути“. 2019-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-oktyabr.
  4. „Профиль на сайте «Кривбасса»“. 2021-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-oktyabr.