Vladimir Bulgakov
Vladimir Vasilevich Bulgakov | |
---|---|
Vladimir Putin Vladimir Bulgakovni Rossiya Federatsiyasi Qahramoni "Oltin Yulduz" medali bilan taqdirlash jarayoni (2000-yil 28-mart). Foto:Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot xizmati | |
Tavalludi |
1-yanvar 1949-yil Belaya Kalitva, Rostov, RSFSR SSSR |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Qoʻshin turlari | Quruqlikdagi qoʻshinlar |
Xizmatdagi yillari | 1967—2009 |
Unvoni | General-polkovnik |
Jang/urush | Afgʻon Urushi, Birinchi Chechen urushi, Ikkinchi Chechen urushi |
Mukofotlari | |
Isteʼfoda | 2009-yildan |
Vladimir Vasilevich Bulgakov (1949-yil 1-yanvar, Belaya Kalitva, Rostov viloyati) – rus harbiy qoʻmondoni, general-polkovnik (2001), Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2000).
SSSRda harbiy xizmat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Bulgakov 1949-yil 1-yanvarda Belaya Kalitva shahrida tugʻilgan. 1967-yilda Belaya Kalitvadagi shahridagi 8-yillik maktabni, keyinchalik Orjonikidzedagi (Vladikavkaz) Shimoliy Kavkaz Suvorov harbiy bilim yurtini tamomlagan[1].
U 1967-yilda Sovet Armiyasi safiga qoʻshilgan. 1967-yildan 1971-yilgacha Sovet Ittifoqi Qahramoni, zirhli kuchlar marshali P.S.Rybalko nomidagi Toshkent Oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil oladi. 1971-yilda oʻqishni tamomlagandan soʻng u Chexoslovakiya hududidagi Markaziy kuchlar guruhida tank vzvodiga va tank bataloniga qoʻmondonlik qiladi. Katta leytenant, kapitan va podpolkovnik harbiy unvonlari muddatidan oldin berildi[2].
1979-yilda Sovet Ittifoqi marshali R.Y.Malinovskiy nomidagi Zirhli Kuchlar Harbiy Akademiyasini tamomlaydi. Bulgakov Shtab boshligʻi, motooʻq polki komandirining oʻrinbosari, tank polki komandiri lavozimlarida ishlagan. 1985—1987-yillarda Afgʻonistonda jang qilgan, afgʻon piyoda qoʻshinlari diviziyasi qoʻmondoni harbiy maslahatchisi boʻlib xizmat qilgan. Ikki marta yaralangan[3].
Vladimir Bulgakov 1987-yildan beri Belorussiya harbiy okrugidagi (Grodno shahri) motorli miltiq diviziyasi komandirining oʻrinbosari lavozimiga erishadi. 1990-yildan esa Polshadagi Shimoliy kuchlar guruhida 6-gvardiya tank Vitebsk-Novgorod qoʻshaloq Qizil Bayroq diviziyasi qoʻmondoni.
Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Bulgakov 1993-yildan Moskva harbiy okrugining 166-alohida qoʻsh qizil bayroqli Vitebsk-Novgorod 166-gvardiya alohida motorli qurolli brigadasi komandiri. U 1995-yildan Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi 58-qoʻshma qurolli armiyasi qoʻmondoni oʻrinbosari etib tayinlanadi. Bulgakov Birinchi Chechen urushi davridagi jangovar harakatlarning faol ishtirokchisi, 1995-yil bahor va yoz oylarida Chechenistonning togʻli qismida, xususan, Vedeno va Shatoy viloyat markazlarini egallash boʻyicha operatsiyalarni boshqargan. U taktik vertolyot qoʻnishlarini juda muvaffaqiyatli qoʻllagan.
Vladimir Vasilyevich 1997-yilda Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan va Volgograddagi Shimoliy Kavkaz harbiy okrugining 8-gvardiya armiyasi korpusi qoʻmondoni etib tayinlangan. 1998-yil dekabrdan esa Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi qoʻmondonining favqulodda vaziyatlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan.
Bu lavozimda 1999-yil avgust oyidan boshlab u Chechen jangarilarining Dogʻiston Respublikasiga bostirib kirishini qaytarishda, 1999-yil oktyabr oyidan esa Ikkinchi Chechen urushida qatnashgan. 1999-yil oktabrdan „Shimoliy“ tezkor guruhi qoʻshinlariga, 1999-yil dekabrdan „Grozniy“ tezkor guruhi qoʻshinlariga, 2000-yil fevraldan martgacha – „Markaz“ tezkor guruhi qoʻshinlariga (Shatoyda faoliyat koʻrsatgan) qoʻmondonlik qilgan. 2000-yil yanvar oyidagi Grozniyga hujum qilish uchun janglariga bevosita rahbarlik qilgan.
Vladimir Bulgakov 2000-yil mart oyidan – Shimoliy Kavkaz harbiy okrugida qoʻmondonning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. 2003-yil iyuldan esa quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni oʻrinbosari boʻlgan.
2006-yil 8-sentyabrda esa Vladimir Vasilyevich Uzoq Sharq harbiy okrugi qoʻmondoni lavozimiga tayinlangan. 2009-yil yanvar oyidan harbiy xizmatni oʻtash yoshiga yetgani sababli zaxiraga olingan. Hozirda u Rostov-na-Don shahrida yashaydi. Jamoat faoliyati bilan shugʻulladi. Harbiy faxriylar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Rostov viloyati qoʻmitasining raisi. Uylangan, bir oʻgʻli (Rossiya armiyasi ofitseri) va bir qizi bor.
Vladimir Vasilyevich Bulgakov Harbiy fanlar nomzodi hisoblanadi.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2000-yil 24-mart)
- IV darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni
- Jasorat ordeni (1995)
- Qizil Bayroq ordeni (1987)
- Ikkita Qizil Yulduz ordeni (1984, 1990)
- III darajali „SSSR Qurolli Kuchlarida Vatanga qilgan xizmati uchun“ ordeni (1975)
- „Rossiya dengiz flotiga 300 yil“ yubiley medali
- „Moskvaning 850 yilligi xotirasiga“ medali
- „SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi“ yubiley medali
- „SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi“ yubiley medali
- „SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi“ yubiley medali
- „Jangovar hamdoʻstlikni mustahkamlash uchun“ medali (Rossiya Mudofaa vazirligi)
- 1-darajali „Harbiy jasorat uchun“ medali
- II darajali „Harbiy jasorat uchun“ medali
- 1-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
- II darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
- III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
- Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan harbiy mutaxassisi
- Ataman Platov ordeni (2012, Rostov viloyati)
- Chechenistondagi Federal kuchlar birlashgan guruhi qoʻmondoni general-polkovnik A. S. Kulikovdan shaxsiylashtirilgan Makarov toʻpponchasi
- Shaxsiy xanjar (2009).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Реликвии генерала Булгакова“. Qaraldi: 2-noyabr 2023-yil.
- ↑ Strashko V. General Bulgakov – natsionalnaya gordost i legenda. // Suvorovskiy natisk. – 2009. – 1-yanvar. – № 1
- ↑ „Асташкин Н. Булгаков В. В. в интернет-проекте «Успешные люди Дона»“. www.slovar.cc. Qaraldi: 27-oktabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sidjax X. I. Alie pogoni Kubani i Kavkaza. – Maykop: OAO „Poligraf-Yug“, 2003. – 138—139-betlar. – 320 bet. – ISBN 978-5-7992-0768-7.
- Galereya slavi pochyotnix grajdan gorodov i rayonov Rostovskoy oblasti. Pamyat. Nasledie. Gordost. – 2-tom. – Rostov–na-Donu: OOO „Zolotoe sechenie“, 2016. – 234-bet.
- Astashkin N. Dolg soldata. Besedi s legendarnim voenachalnikom. – Rostov-na-Donu: Starie russkie, 2018. – 298 bet. – ISBN 978-5-901377-73-4.