Vladimir Buzayev
Vladimir Buzayev | |
---|---|
Tavalludi |
27-oktyabr 1940-yil |
Fuqaroligi | SSSR |
Vladimir Nikitich Buzayev (ukraincha: Володимир Микитович Бузаєв, 1940-yil 27-oktyabr, Chirchiq) – sovet va ukrain voleybol murabbiyi.
Ukraina milliy terma jamoasi (1992–1995, 2009–2011) va „Severodonchanka“ (Severodonetsk, Lugansk viloyati) 2009-yil voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Ukraina superligasining chempioni boʻlgan jamoaning bosh murabbiyi[1].
Murabbiylik ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir 1940-yil 27-oktyabrda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tavallud topgan.
Vladimir Nikitich 1971-yilda Ukraina SSR chempionatining uchinchi divizioni „Orbita“ (Zaporojye) jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. U bu jamoani Voleybol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi SSSR chempionati oliy ligasiga olib kelgan.
Buzayev Zaporojyening „Orbita“ jamoasi bilan ikki marta ayollar voleybol chempionatining SSSR kubogini (1985–1988), voleybol boʻyicha SSSR ayollar chempionatining bronzasini (1988–1989), CEV kubogini (1989–1990), voleybol boʻyicha ayollar chempionatining Ukraina kubogini va Ukraina chempionatida (1992–1993) gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[2].
1992–1995-yillarda Ukraina milliy va yosh ayollari terma jamoalari bosh murabbiyi boʻlgan. 1993-yilda Vladimirning boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi oʻz tarixidagi eng yaxshi natijaga erishgan va Yevropa chempionatining bronza medali sohibiga aylangan.
1995-yilda bosh murabbiylik lavozimini tark etib, Turkiyaga ishga ketgan. 2000–2007-yillar oraligʻida Turkiyaning Gunes Sigorta jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. „Gunesh Sigorta“ klubini boshqargan davrida doimiy ravishda Yevropa musobaqalarida ishtirok etgan. 2004-yilda klub CEV Challenge Cup musobaqasida gʻolib chiqqan.
Buzayev 2008-yilda Ukrainaga qaytib, „Severodonchanka“ jamoasini boshqargan, 2009–2011-yillarda esa Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham ishlagan.
2008–2009-yilgi mavsumda „Severodonchanka“ jamoasi mamlakat chempioni boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Владимир Бузаев“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „"Мы разбазарили наших волейболисток"“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.