Vladimir Dal
Vladimir Ivanovich Dal [adabiy taxallusi — Kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk shahri.— 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus leksikografi, etnograf va yozuvchi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1838), faxriy akademik (1863). Derpt (hozirgi Tartu) universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan (1829). Asosiy asari — „Jonli velikorus tilining izohli lugʻati“ (1–4 jildlar; 1863–1866) 200 mingga yaqin soʻzni oʻz ichiga olgan. Dal birinchi boʻlib rus tili shevalarini tasnifladi („Rus tili lahjalari haqida“, 1852). „Rus xalqi maqollari“ni toʻplab nashr etdi (1861–1862). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, Dal qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi.Viladimir Ivanivich Dal 1872-yil Moskvadagi Katta Gruzin Ko'chasida so'nggi hayotini oilasi bilan o'tkazgan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Polnoye sobr. soch., t. 1 — 10, Sankt-Peterburg , 1897—98; Tolkoviy slovar jivogo velikorusskogo yazika, t. 1—4, M., 1981; Poslovitsi russkogo naroda, M, 1957.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |