Vladimir Kulikov
Vladimir Nikolayevich Kulikov | |
---|---|
Tavalludi |
4-avgust 1908-yil Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
24-aprel 1990-yil (81 yoshda) Toshkent, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Mukofotlari |
Vladimir Nikolayevich Kulikov (1908-yil 4-avgust, Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi – 1990-yil 24-aprel, Toshkent[1]) – Paxta-Orol sovxozi direktori, Qozogʻiston davlat va partiya yetakchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1959). Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi deputati.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Kulikov 1908-yilda Sankt-Peterburgda tugʻilgan[2]. 1930-yil boshida u Oʻzbekistonga koʻchib oʻtadi va Kermen paxta zavodida ish boshlaydi. Mehnat faoliyatini zavodda mexanik yordamchisi sifatida boshlagan va shu zavoddagi mehnat faoliyatini yakunlagach, uning direktori etib tayinlangan. 1942-yilda Oʻzbekiston SSR paxta sanoati xalq komissarining oʻrinbosari etib tayinlandi. 1943-yildan Ulugʻ Vatan urushida qatnashgan[3]. Demobilizatsiyadan soʻng Oʻzbekistonga qaytib, 1953-yilgacha partiya rahbarlik lavozimlarida ishladi. 1953-yil oktyabrda Chimkent viloyatidagi „Paxta-Orol“ paxtachilik sovxoziga direktor etib tayinlanadi. 1965-yildan Oʻzbekiston SSR Davlat plan komitetida ishlagan.
Vladimir Kulikov rahbarligida „Paxta-Orol“ sovxozi Chimkent viloyatidagi yetakchi qishloq xoʻjaligi kolxozlaridan biriga aylandi. Kolxoz 8,5 ming ga paxta va 2,5 ming ga gʻalla maydonlaridan iborat edi. 1954-yilda sovxoz 5250 gektar ekin maydonining har gektaridan oʻrtacha 34 sentnerdan paxta xom ashyosi oldi. Ushbu yuqori koʻrsatkichlari uchun Vladimir Kulikov Lenin ordeni va Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlangan.
1956—1957-yillarda „Paxta-Orol“ sovxozi paxta xomashyosi hosildorligi gektariga 35 sentnerga yetkazildi. Sovxozni samarali boshqargani uchun Vladimir Kulikov 1959-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi.
Qozogʻiston SSR Kompartiyasi Chimkent viloyat qoʻmitasi aʼzosi, Xalq deputatlari Chimkent viloyat Kengashi va Qozogʻiston SSR Oliy Kengashi deputati etib saylangan.
1990-yil 24-aprelda vafot etgan va Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qizil Yulduz ordeni;
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni;
- Sotsialistik Mehnat Qahramoni – SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1959-yil 25-dekabrdagi farmoni bilan;
- Ikki marta Lenin ordeni.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „КУЛИКОВ ВЛАДИМИР НИКОЛАЕВИЧ(Государственный...)“. www.tashkentpamyat.ru. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Герой Социалистического Труда Куликов Владимир“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Куликов Владимир Николаевич :: Память народа“. www/pamyat-naroda.ru. Qaraldi: 10-noyabr 2023-yil.
- 4-avgustda tugʻilganlar
- 1908-yilda tugʻilganlar
- 24-aprelda vafot etganlar
- 1990-yilda vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar
- Xalq xoʻjaligi yutuqlari koʻrgazmasining oltin medali bilan taqdirlanganlar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Toshkentda vafot etganlar
- Sankt-Peterburgda tugʻilganlar