Vladimir Sotenskiy
Vladimir Nikolayevich Sotenskiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1899-yil 20-mart Тoshkent, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1945-yil 22-aprel (46 yosh) Vyulsburg lageri, Uchinchi reyx |
Mansubligi | SSSR |
Xizmat yillari | 1918—1945 |
Unvoni | general-mayor |
Janglari | Birinchi jahon urushi, Rassiyadagi fuqarolar urushi, Ulug‘ Vatan urushi |
Mukofotlari |
Vladimir Nikolayevich Sotenskiy (1899-1945) — Sovet harbiy rahbari, general-mayor (1940), Birinchi jahon urushi, fuqarolar urushi va Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi. 1941-yilda nemislar tomonidan asirga olingan, 1945-yilda Vyulsburg lagerida o‘ldirilgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Sotenskiy 1899-yil 20-martda Toshkentda chor armiyasida ofitseri oilasida tug‘ilgan. Uning otasi polkovnik, zodagon boʻlgan. 1916-yilda Sotenskiy Toshkent kadet korpusini, keyin esa Mixaylovskiy artilleriya bilim yurtini tugatgan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi, ikkinchi darajali leytenant unvonigacha ko‘tarilgan[1].
1918-yil fevral oyida Sotenskiy ixtiyoriy ravishda Ishchilar va dehqonlarning Qizil Armiyasiga qo‘shilgan. Uch yil davomida fuqarolar urushida Turkiston frontida bosmachi qurolli tuzilmalari bilan birga janglarda qatnashgan. 1925-yilgacha vzvod va batareyaga qo‘mondonlik qilgan. 1926-yilda Sotenskiy artilleriya komandirlari malakasini oshirish kurslarini tugatgan. 1926-1932-yillarda ushbu kursda dars bergan. 1932-1935-yillarda Qizil Armiya artilleriya inspeksiyasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1935-yilda Frunze nomidagi harbiy akademiyaning kechki fakultetini tamomlagan. 1935-1938-yillarda Sotenskiy artilleriya polkida qo‘mondonlik qilgan. 1938-1940 yillarda Kiyev maxsus harbiy okrugi artilleriya boshqarmasi bo‘limida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan[1].
1940-yilda Sotenskiy Kiyev maxsus harbiy okrugi 5-armiyasining artilleriya boshlig‘i bo‘lgan. 1940-yil 4-iyunda unga artilleriya general-mayori unvoni berilgan[1].
Ulug‘ Vatan urushi boshlarida Sotenskiy chegara janglari va Kiyev mudofaa operatsiyasida qatnashgan. Urush oxirlariga borib armiya qurshab olingan va katta yo‘qotishlarga uchragan. 1941-yil sentabr oyining boshida, qamaldan chiqishga urinayotgan paytda, yarador bo‘lgan Sotenskiy asirga olingan. Dastlab Hammelburg kontslageriga yuborilgan. 1943-yil yanvarda fashistlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targani uchun Sotenskiy Nyurnberg qamoqxonasiga va o‘sha yilning sentabr oyida Vyulsburg qal’asiga o‘tkazilgan. 1945-yil aprel oyida yura oladigan mahbuslar Mossburg Alp lageriga evakuatsiya qilingan. 1945-yil 22-aprelda Vyulsburg lagerini tozalash uchun kelgan SS guruhi vakillaridan biri mustaqil harakatlana olmaydigan Sotenskiyni boshining orqa qismiga o‘q uzib o‘ldirgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Свердлов Ф. Д.. Советские генералы в плену. М.: Изд-во фонда «Холокост», 1999 — 246-bet.