Vladimir ot zoti
Qiyofa
Vladimir ot zoti — ogʻir yuk tortuvchi ot zoti. Rossiyaning Vladimir va Ivanovo viloyatlari xoʻjaliklarida 20-asrning 30-y.larida mahalliy yirik yuk tortuvchi ot zotlarini kleydestal, tayr va suffolok kabi Angliya ot zotlari bilan chatishtirib yaratilgan. 1946 yilda zot sifatida tasdiqlangan. V. o.z.ning tuyey toʻriq, peshonasi va oyoqlarida oq belgilari bor. Aygʻirlarining vazni 700 kg , biyalariniki 550 kg , toychalari tugʻilganida 50–60 kg . Mashhur aygʻirlari si nov paytida 16 t dan ortiq yuk tortgan. V.o.z. Rossiyaning oʻrta mintaqalarida boqiladi. Bu zot Oʻzbekistonda ham uchraydi. V. o. z.dan koʻpchilik mamlakatlar va mintaqalarda mahalliy ot zotlarini yaxshilashda foydalanilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |