Kontent qismiga oʻtish

Aroq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vodcadan yoʻnaltirildi)
Sobieski arogʻi, Polsha mahsuloti.

Aroq distillangan yuqori darajali alkogolli ichimlikdir. U suv va etanoldan iborat, shuningdek hid va taʼm beruvchi unsurlar ham qo'shiladi.

Araq (arab. – ter, bugʻlanish) – spirtli ichimlik; tozalangan etil spir-ti (hajmi 40 – 50%)ning aktivlash-tirilgan koʻmir bilan ishlov berilgan suvli aralashmasi. Don, kartoshka va boshqa mahsulotlarni qayta ishlab olinadi. Yuqori sifatli A. bir necha marta to-zalanadi. A.ga arpabodiyon, qalampir, murch, yalpiz va shahrik. oʻsimliklar qoʻshib "maxsus araq"lar tayyorlanadi (qarang Vino-araq sanoati).[1]

Anʼanaviy aroq 38% alkogolli boʻladi. Zamonaviy, ukrain, belarus, polyak, rus va litov andozalariga koʻra tayyorlangan aroq esa 40% alkogollidir. Yevropa Ittifoqida aroq uchun eng kam alkogol miqdori 37.5% qilib koʻrsatilgan.[2] AQShda esa bu koʻrsatkich 40% dan kam emas.[3]

Aroqni odatda shundayligicha ichiladi. Biroq u kokteyllar asosi qilib ham ishlatilishi mumkin, masalan Qonli Mary, Oq Rus kokteyli, Qora Rus kokteyli, martini va hokazo.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Production of vodka by Gin and Vodka Association, Internet Archive
  3. „United States Code of Federal Regulations Title 27, Section 5.22(a)(1)“. United States Government Printing Office. 2011-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-may. (Wayback Machine saytida 2011-11-23 sanasida arxivlangan)