Vofurush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vofurush (fors, vo — ochiq, furush — sotuvchi) — 1) Turkistonda 20-asr boshlarigacha bozor va guzarlarda poyabzal sotuvchi doʻkondor. V.lar, odatda, mahsi, kovush, etik sotishgan, baʼzan oʻzlari ham poyabzal tayyorlashgan, kosiblardan arzon-garovga olib, qimmatroq narxda sotishgan. Xususiy hunarmandchilik davrida Turkiston bozorlarida V.lik avj olgan edi; 2) baʼzi shaharlarda, xususan Toshkentda egar olib sotuvchi doʻkondor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil